Yosh fiziologiya mustaqil Quyidagi topshiriqlarni bajaring


Download 141.55 Kb.
bet2/3
Sana26.02.2023
Hajmi141.55 Kb.
#1231953
1   2   3
Ishning borishi: Bo‘yning o‘lchami (sm). Bo‘yning balandligi, rostomer-bo‘y o‘lchash asbobi yordamida o‘chanadi. Tekshiriluvchi orqasi bilan rostomerga turadi. Bunda tekshiriluvchining kuraklari, dumbasi va tavoni rostomerga tegib turishi kerak. Tik turganda bo‘y rostomer shkalasining chap qismidan aniqlanadi.
1. O‘tirgan holda o‘lchanganda tekshiriluvchining kuraklari va dumbasi rostomerga tegib turishi kerak. O‘tirgan holda odamning bo‘yi rostomerning o‘ng tomonidan o‘lchanadi.
2. Ko‘krak qafasi aylanasi. Ko‘krak qafasining aylanasi uchta holatda-maksimal nafas olganda, nafas chiqarganda va pauzada o‘lchanadi. Bunda tekshiriluvchi qo‘llarini yonga ochib turadi. Erkaklarda ko‘krak aylanasi o‘lchanganda (sm) lenta kurakning pastki uchiga va ko‘krak bezini o‘rtasiga qo‘yiladi. Ayollarda ko‘krakning yuqori qismidan aylantirib o‘lchanadi.
3. Bosh aylanasi peshona usti bilan aylantirib o‘lchanadi.
4. Vazn tibbiyot tarozisida o‘lchanadi.
SOMATOSKOPIYA
1. Tashqi qoplam. Terining elastikligini bilish uchun bosh va ko‘rsatkich barmoqlar bilan teri yuqoriga tortib qo‘yib yuboriladi.
2. Muskullar. Muskullarni ushlab ko‘rib uni yaxshi rivojlangan yoki yaxshi rivojlanmaganini bilish mumkin.
3. Suyak skeleti. Suyaklarni ushlab ko‘rib yirik yoki nozik ekaligini bilish kerak.
4. Oyoqlar shakli. Oyoqlar shakli N, O va X shaklida bo‘ladi. Normal oyoqlarda son, boldirlar, tizzalar bir-biriga tegib turadi. O- shaklida tizza bilan oyoq panja bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. X- shaklida tizza ichkariga bukilgan bo‘ladi.
5. Ko‘krak qafasi shakli. Uch xil ko‘krak qafasi shakli farq qilinadi. 1-konik, 2-silindrik, 3-yassi.
Konussimon ko‘krak qafasi muskullari rivojlangan odamda bo‘ladi. YAssi ko‘krak qafasi muskullari yaxshi rivojlanmagan odamlarda kuzatiladi. Silindrik ko‘krak qafasi normal xisoblanadi.
6. Qaddi-qomat. Qaddi-qomat bosh, elka kamari, ko‘krak qafasining shakli, umurtqa pog‘onasi, qorin, tos kamari, muskul va nerv sistemasiga bog‘liq bo‘ladi.
Normal qaddi-qomatda bosh to‘g‘ri joylashadi, elka biroz orqada, umurtqa pog‘onasi normal egriliklarga ega, ko‘krak qafasi silindr yoki konus shaklida bo‘ladi.

Download 141.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling