Yuqori tartib shartli reflekslar.Shartli ta'sirlovchini shartsiz ta'sirlovchi bilan mustahkamlab hosil qilingan shartli refleks birinchi tartibli shartli refleks deyiladi. Ana shu shartli refleks asosida yangi shartli refleks hosil qilish mumkin. Bu hosil qilingan shartli refleks ikkinchi tartib shartli refleks deyiladi. Masalan, itda lampochka yoqib, so`lak ajralishiga shartli refleks hosil qilinsa, unga qo`shimcha ravishda qo`ng`iroq chalib, yangi shartli refleks hosil qilish mumkin.
Vaqtga, aloqador shartli reflekslar. Muayyan vaqt oralig’ida ham shartli ta'sir paydo bo`lib qolishi mumkin. Bolani har 3 — 4 soatda ovqatlantirib turilsa, bir necha marta ovqatlanganidan so`ng unda shu vaqtda ovqatlanish shartli refleksi paydo bo`ladi. Kun tartibi xususida ham shuni aytish mumkin. Dars tugashiga 1—2 minut qolganda bolalarning diqqati bir oz susayadi. Bunga vaqtga aloqador shartli refleks sababchidir. Maktab yoshidagi bolalarda ularning ma'lum vaqtda uxlashi, uyg`onishi, dars tayyorlashi, ovqatlanishi kabi vaqtga aloqador shartli reflekslarni ko’rish mumkin.Vaqtga aloqador shartli reflekslar miya po’stlog’idagi muayyan sohalarning tegishlicha qo’zg’alishi asosida vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |