Shartli tormozlanish. Shartli ya'ni ichki tormozlanish markaziy nerv sistemasining yuqori bo`limlariga xos bo`lib, shartli ta'sirlovchi shartsiz ta'sirlovchi bilan mustahkamlanmaganda, ikkita qo`zg`alish o`chog`i vaqtining bir-biriga zid kelishi natijasida hosil bo`ladi. Shartli tormozlanish hayot davomida asta-sekin paydo bo`ladi. Shartli tormozlanish so`nuvchi, qiyosiy va kechikuvchi turlarga bo`linadi.
So`nuvchi tormozlanish. Agar odam egallagan bilim, hunar, kasbini uzoq, vaqt davomida takrorlab turmasa, uning esidan chiqadi, hosil bo`lgan shartli refleks so`nadi, ya'ni bu refleksning miyadagi markazida ichki so`nuvchi tormozlanish holati yuzaga keladi. Natijada odamning o`rgangan bilimi, hunari esidan chiqadi. Ammo bu bog`lanish yo`qolsa ham ma'lum vaqtgacha uning izi qoladi. Shuning uchun odam unutgan narsalarini takrorlasa u tez esiga keladi. Odamning— kundalik hayotida so`nuvchi tormozlanish muhim ahamiyatga ega. So`nuvchi shartli refleks qaytadan tiklanishi mumkin, bu nerv sistemasining tipiga, so’nish darajasiga, bolaning yoshiga bog`lik bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |