Suyaklarning tuzilishi va tarkibi. Odam tanasidagi barcha suyaklar birikkan holda skelet deb yuritiladi va ular organizmda asosan uch xil funktsiyani bajaradi. Ularga tayanch, himoya va suyaklarning ko`mik qismida qonnning shaklli elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) ishlab chiqariladi. Odam tanasida jami 206 ta suyak bo`lib, ularning 85 tasi juft 36 tasi toq suyaklardan tashkil topgan. Suyaklarning vazni: katta odamlarda ya'ni erkaklar umumiy tana vazning 18 %, ayollarda 17 % , Yangi tug`ilgan bolalarda tahminan 14 % ni tashkil etadi.
Har bir suyak suyak to`qimasi, suyak usti pardasi va suyak miyasidan tuzilgan bo`lib, qon va limfa tomirlari hamda nerv tolalari bilan ta'minlangan. Suyaklarning yuzasi pishiq yupqa parda yoki suyak usti pardasi bilan qoplangan. Bu parda biriktiruvchi to`qimadan iborat bo`lib, unda qon, limfa tomirlari va nerv tolalari bo`ladi. Bu parda suyakni oziq modda bilan ta'minlashda, singanda, yorilganda jarohatning bitishida katta rol o`ynaydi.
Suyak tarkibida 60 % mineral moddalar 30 % organik moddalar, 10 % suv bo`ladi. Organik moddalardan oqsillar, uglevodlar, fermentlar bo`ladi. Meniral moddalar suyaklarga qattiqroq, organik moddalar qayishqoqlik beradi. Bola tug`ilganida yoki yosh bolalarda suyak to`qimasida ko`proq organik moddalar ko`p bo`ladi. Shuning uchun ham ularning suyaklari nisbatan qayishqoq va elastik bo`ladi. Masalan: bolalarnnig noto`g`ri harakat qilishi yoki o`tirishi, yotqizish oqibatida ayrim qismlari qiyshayib qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |