Yosh fiziologiyasi fani


Download 39.5 Kb.
bet15/22
Sana21.12.2021
Hajmi39.5 Kb.
#182204
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
mustaqil ish fizialogiya

Eshitish analizatori. Eshituv organi tovushlarni eshitish va muvozanat funktsiyasini bajaradi, Eshitish analizatori 3 qismga-tashqi, o`rta va ichki qismga bo`linadi. tashqi quloq, quloq suprasi va tashqi eshituv yo`lidan iborat. Quloq suprasi tovushni tutish va yunalishini bilishga xizmat qiladi. Tashqi eshituv yo`lining uzunligi 2,5 sm. Eshituv yo`li devorchalarida maxsus bezchalar bo`lib, ular yopishqoq moddani ishlab chiqaradi. tashqi quloq bilan o`rta quloq o`rtasida 0,1 mm qalinlikdagi nog`ora parda joylashgan. Uning shakli ovalsimon, bo`lib elastikdir. Nog`ora parda havo to`lqinlarining ta'sirida tebranib, bu tebranish eshituv suyakchalari yordamida o`rta quloqqa o`tkaziladi. O`rta quloq nog`ora bo`shlig`idan, eshituv suyakchalaridan ya'ni - bolg`acha, sandon, uzangi va yevstaxiy nayidan iborat. Bolg`acha dastasi bilan nog`ora pardaga yopishib turadi, boshchasi esa sandonning asosi bilan birlashib bo`g`im hosil qiladi. Uzangining serbar tomoni oval darchaning pardasiga yopishgan. O`rta quloq bo`shlig`i yevstaxiy nayi yordamida burun xalqumga tutashadi. Eshituv suyakchalari nog`ora pardasidagi barcha tebranishlarni takrorlab uni 50 martaga ko`paytiradi. O`rta quloq bo`shlig`idagi bosim tashqi bosimga barobar bo`lgandagina nog`ora pardasi normal ravishda tebranadi. Ichki quloq. Labrentdan iborat bo`lib, yumoloq darcha bilan o`rta quloqqa tutashadi. Suyak laberantning ichida parda laberent bor. Suyak labrent devorchalari o`rtasida kichik bir bo`shliq bo`lib, bu bo`shliq perilimfa degan suyuqlik bilan to`ladi. Parda labrint ichidagi suyuqlik endolimfa deb ataladi. Oval darchaning o`rtasida ichki quloq labrinti dahliz, chig`onoq va yarim doira kanallar bor. Chig`onoqning ichida Kortiev organi bo`ladi. Kortiev organi tovush sezadigan organdir. Tovush qabul qilish bola hali ona qornidayoq shakllangan bo`ladi. Tug`ilishi bilan ishlay boshlaydi. Har xil tovushlarni ajratish 2 – 3 oylik bolada shakllanadi. Eshitish organining funktsional rivojlanishi 6-7 yoshgacha davom etadi, 14-15 yoshda eshitish sezgilari susayadi. So`ngra orta boradi. Odam qo`log`ining tovush sezadigan muayyan chegarasi bo`lib, sekundiga 16 dan 20000 g/s gacha bo`lgan tovush to`lqinlarini sezadi. Yosh ortishi bilan quloqning tovushni sezish chegarasi kamayib boradi. Eshitish organi sog`lom bo`lishi uchun uning gigiyenasiga rioya qilish kerak. Quloqni toza saqlash kerak, quloqni kovlash mumkin emas. O`rta quloqning yallig`lanishi, ya'ni ottit kasalini oldini olishga harakat qilish kerak. Qulog`i yaxshi eshitmaydigan bolalarni oldingi partalarga o`tkazish tavsiya etiladi.

Ichki sekretsiya bezlarining yosh xususiyati va endokrin kasalliklar. Odam organizmidagi barcha funktsiyalar nerv va gumoral yo`l bilan boshqariladi. Gumoral yo`l bilan boshqarilishida odam tanasining turli qismlarida joylashgan bezlar orqali amalga oshadi. Odam tanasidagi bezlar ichki sekretsiya bezlari ham deyilib, ularda ishlab chiqarilgan suyuqlik garmonlar deb ataladi. Gormon termini ingliz fiziologlari Beytiss va Stoling tomonidan 1905 yilda fanga kiritilgan. Ichki sekretsiya bezlari fiziologik aktiv modda gormonlar ishlab chiqaradi. (yunoncha horman- qo`zgatmoq degan so`zdan olingan). Ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqariladigan garmonlar juda oz miqdorda ya'ni gramning miliondan bir qismiga teng bo`lib, ular to`g`ridan to`g`ri qon va limfaga quyiladi.

Ichki sekretsiya bezlariga: gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqon oldi bezi, ayrisimon bez, me'da osti bezi, buyrak usti bezlari va jinsiy bezlar kiradi. Bu bezlar moddalar almashuviga, organizmning o`sishi va rivojlanishiga hamda jismoniy va ruhiy jihatdan rivojlanish, balog`atga yetish va barcha organlarning faoliyatiga ta'sir ko`rsatadi. Bundan tashqari nafas olishga, qon aylanishiga, ovqat hazm qilishga, ayirishga, ko`payish organlari funktsiyasiga ta'sir ko`rsatadi.

Ichki sekretsiya bezlari embrion rivojlanishining boshlang`ich davrlarida shakllanib, ularda ishlab chiqariladigan gormonlar ona qornidagi bolaning o`sishiga o`z ta'sirini ko`rsatadi.

Ichki sekretsiya bezlarining hammasi birga qo`shilgan holda organizmning endokren sistemasini hosil qiladi. Endokrin yunoncha so`z bo`lib «endos» –ichkariga «krino» –ajrataman degan ma'noni bildiradi.

Ichki sekretsiya bezlarining ish faoliyatini gipofiz bezi boshqarib turadi. Gipofiz bezi funktsiyasini esa markaziy nerv sistemasi tomonidan, ya'ni oraliq miyadagi gipotalomusdan ajraladigan neyrogormonlar orqali boshqariladi. Gipofiz bezi morfofunktsiyaonal jihatdan gipotalomusga juda yaqindan bog`liqdir. Shuning uchun ham bular birgalikda gipotalama-gipofizar sistema deb ataladi.

Odam organizmidagi mavjud bezlar uch gruppaga bo`linadi.

1. Tashqi sekretsiya bezlari. Bular o`z suyuqliklarini alohida nay orqali teri satxiga yoki biror organga chiqaradilar, ularga: ter bezlari, yog`` bezlari, so`lak bezlari, jigar, ichak devorlaridagi bezlar kiradi.

2. Ichki sekretsiya bezlari. Bu bezlar tananing turli sohalarida joylashgan, ularning maxsuloti gormonlar bo`lib, to`g`ridan-to`g`ri shu organga kelgan tomirga ya'ni qon va limfaga ajraladi, chunki shu bez kaplyarlarga boy. Gormonlarni ajratib chiqaruvchi bezlar ichki sekretsiya bezlar yoki endokrin bezlar deyiladi. Bu bezlarga gipofiz epefiz, qalqonsimon bez, qalqon oldi bezi, ayrisimon bez va buyrak usti bezlari kiradi.

3. Aralash sekretsiya bezlari. Bu bezlar ham gormon, shira, jinsiy hujayralarni ishlab chiqaradi. Bu bezlarga me'da osti bezi va jinsiy bezlar kiradi.

Gipofiz bezi. Gipofiz bezi tuxumsimon shaklda bo`lib, uning vazni bola tug`ilganida 0,1 g, kattalarda 0,6-0,7 g, Gipofizaning oldingi, o`rta va orqa bo`lagi bor. Oldingi va o`rta qismi – adenogipofiz, orqa bo`lagi neyrogipofiz deyiladi. Gipofizning 55-60 % tashkil etadi. Hamma gormonlar oqsil moddalar hisoblanadi. Gipofizdan 22 tadan ortiq gormon ishlanib chiqadi.

Organizmdagi suyaklarning tuzilishi, ularning yosh xususiyatlari va xillari. Bolalarda qaddi-qomatning shakllanishi va kamchiliklari.

Tayanch-harakat sistemasiga suyaklar va muskullar kiradi va yagona suyak-muskul sistemasini hosil qiladi. Skelet va muskullar organizm uchun tayanch bo'lib, ichki organlarni himoya qilish vazifasini ham bajaradi. Tayanch-harakat sistemasi yordamida organizmning eng muhim funksiyalaridan biri hisoblangan-harakat vujudga keladi. Tayanch-harakat sistemasining uyg'unlashgan faoliyati markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi.


Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling