Imtixonlar gigiyenasi. Imtixonlar o`quvchilar eng charchagan vaqtda boshlanadi, shuning uchun bu davrda ular kun tartibiga qat'iy amal qilishi kerak. Imtixonlar oldidan esa vaqtni tejash maqsadida sinfdan tashqari mashg`ulotlar, majlislar sonini kamaytirish, kun tartibini to`g`ri tuzishga yordam berish zarur.
Imtixonga tayorgarlik ko`rayotganda har 45 minutda 10 minut tanaffus qilish, mashg`ulotlar orasida fizkultura va sport bilan shugullanib turish lozim.
Korish va eshitish organlarining xususiyati va gigiyenasi. Yaqindan korish va uni oldini olish. Ko`rish organi ko`z bo`lib, insoniyat ko`zi orqali dunyodagi barcha narsalarning rang-barangligini uning o`simlik va hayvonot dunyosini o`rganish bilan birga o`qishni, yozishni va mehnatning boshqa turlarini o`rganadi. Ko`zning bevosita ta'sirlovchisi yorug`lik bo`lib, yorug`lik ko`z retseptorlariga ta'sir etib ko`ruv sezgisini hosil qiladi. Ko`ruv organi bolaning 11- 12 yoshigacha rivojlanib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |