Yosh fiziologiyasi fani
Ovqat hazm qilish organlariga
Download 39.5 Kb.
|
mustaqil ish fizialogiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ovqatlanish tartibi va ovqatlanish gigiyenasi
- Qon aylanish sistemasi va qon aylanish sistemasining ahamiyati.
Ovqat hazm qilish organlariga: og’iz bo’shlig’i va undagi organlar, xalqum, qizil o’ngach, meda, iingichka va yo’g’on ichaklar hamda meda osti bezi, jigar kabi organlardan tashkil topgan. Ularning ish faoliyati markazi uzunchoq miyada bo’lib, markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi.
Og’iz bo’shlig’i ovqat hazm qilish organlarining boshlang’ich qismi bo’lib, dahlizi va haqiqiy og’iz bo’shlig’idan tashkil topgan. Ovqatlanish tartibi va ovqatlanish gigiyenasi Bolaning bir kunda yeydigan ovqati shu vaqt ichida sarf etilgan energiya o`rnini qoplashi va o`sishni ta'minlashi kerak. Bolalarni ovqatlantirishda ovqat tarkibidagi mahsulotlar nisbatini olish kerak. Umumiy o`rta ta'lim maktablarida va maktab internatlarida birinchi smenadagi o`quvchilarga ertalabki nonushta 7.30dan 8gacha bir kunlik ovqat normasining 25%, ikkinchi nonushta 11-12 da ovqat normasining 15-20% ni, maktabdan qaytgandan so`ng tushlik yeyishi kerak, bu ovqat normasining 35% tashkil etadi, kechki ovqat 19-20 da ovqat normasining 20-25% tashkil etishi kerak. Oziq moddalari energiya manbai va qurilish materiali hisoblanadi. Shuning uchun ular to`la qimmatli ovqat yeyishlari kerak. Shundagina ular yaxshi o`sadi, turli kasalliklarga chidamli bo`ladi. Bolalar ovqati barcha zaruriy moddalardan, o`simlik va hayvon mahsulotlaridan, sifatli mahsulotlardan va yetarli darajada bo`lishi, to`q tutishi kerak. Ovqatlanish tug`ri tashkil qilish katta ahamiyatga ega. o`rta maktab o`quvchilari 4 marta ovqatlanishlari, nimjon bolalar tez-tez ovqatlanishlari zarur. Ovqatlanishda shaxsiy gigiyenaga, stol atrofida o`zini tutishga, dasturxon go`zalligiga rioya qilish kerak. Xayotda ovqatdan zaharlanish ko`p uchrab turadi. Katta yoshli odam uchun 1 kecha-kunduzda o'rta hisobda 100g yog' kerak. Iste'mol qilingan yog'ning 70-75% hayvon, 25-30% o'simlik o'silik yog'idan iborat bo'lishi shart. 6 Oylikdan 4 yoshgacha bo'lgan bolalarning har kg vazniga 3,5-4 g, maktabgacha yoshda 2-2,5g yog' zarur. Yog`’larni yetishmaganda bola ozib ketadi, organizmning chidamliligi pasayadi. Yog`'larni ortiqcha qabul qilganda oziq moddalar va oqsillarni o'zlashtirish buziladi. Qon aylanish tizimining yosh xususiyati va gigiyenasi. Qon aylanish sistemasi va qon aylanish sistemasining ahamiyati. Qon aylanish sistemasiga yurak, arteriya, vena va kapillyar hamda limfa tomirlari kiradi. Yurakning avtomik qisqarib-kengayib turishi natijasida qon katta arteriya va kapilliyarlar orqali tananing hamma to'qima va hujayralariga tarqalib, so'ngra mayda o'rta, yirik vena qon tomirlari orqali yurakka qaytib keladi. Qon aylanish sistemasining faoliyati tufayli barcha to'qima va hujayralarga oziq moddalar, kislorod, gormonlar, mineral tuzlar boradi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan qoldiq moddalar va karbonat angidrid ayirish organlariga yetkaziladi, Shuning uchun bu sistema «tashuvchi sistema» deb ham yuritiladi. Qon aylansh sistemasi 2 ta, katta va kichik qon aylanish doirasidan iborat. Katta qon aylanish doirasi yurakning chap qorinchasidan chiquvchi eng katta arteriya qon tomiri-aortadan boshlanadi. Aortadan chiqadigan arteriya qon tomirlari o'z navbatida o'rtacha, mayda tomirlarga, ular esa eng mayda kapillyarlarga bo'linadi. To'qimalar va hujayralardagi moddalar almashinuvi jarayoni ana shu kapillyarlar orqali amalga oshadi, ya'ni kapillyarlardagi qon tarkibidagi oziq moddalar, gormonlar, kislorod hujayralarga o'tadi. Hujayralardagi moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan qoldiq moddalar, karbonat angidrid vena kapillyarlariga, undan kichik, o'rta, yirik vena qon tomirlari orqali yurakning o'ng bo'lmachasiga quyiladi. Kichik qon aylanish doirasi yurakning o'ng qorinchasidan chiqadigan o'pka arteriyasidan boshlanadi. O'pka arteriyasi ikkiga bo'linib, o'ng va chap o'pkalarga boradi. O'pkalarda kapillyar qon tomirlariga aylanib, o'pka alveolalari bilan gazlar almashinuvini amalga oshiradi. Vena kapillyarlaridagi qon kislorodga to'yinib, arterial qonga aylanadi, o'pka venasi orqali yurakning chap bo'lmasiga quyiladi. Yangi tug'ilgan bolada to'liq qon aylanishi 12 sek da, 3 yoshda 15 sek da, 14 yoshda 18 sek da, katta odamda 22 sek da sodir bo'ladi.
Download 39.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling