Yosh fiziologiyasi fani


Download 39.5 Kb.
bet20/22
Sana21.12.2021
Hajmi39.5 Kb.
#182204
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
mustaqil ish fizialogiya

Nafasning ahamiyati. Odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muhitdan kislorod qabul qilib, karbonat angidrid gazini chiqarib turish nafas olish deb ataladi. Nafas olish jarayonida muhim fizologik prochesslar amalga oshadi. Organizm nafas olganda tashqi muhitdagi havo o’pka xujayralariga, u yerdan qonga, qon orqali barcha organ hujayralarni O2 bilan ta’minlab, undagi moddalar almashinuvida hosil bo’lgan CO2 gazi qonga o’tib, qon orqali o’pkaga undan esa tashqi muhitga chiqariladi. Shu bilan bir qatorda qabul qilingan O2 ishtirokida hujayralarda va to’qimalarda oqsil, yog`’, uglevodlar oksidlanib energiya hosil qiladi. Natijada organizmdagi barcha fiziologik jarayonlar ya’ni qo’zg’alish, harakatlanish, ko’payish kabilar ana shu energiya hisobiga amalga oshadi.

Bundan tashqari nafas olish organlari turli xil moddalarning hidini sezish hamda nutuq talafuzida ham ishtirok etadi. Nafas olish tashqi va ichki nafas olishga bo’linadi. Tashqi nafas olishda o’pka bilan qon o’rtasidagi gaz almashinuvi tushuniladi. Ichki yoki to’qimalar aro nafas olishda esa to’qimalar bilan qon o’rtasidagi gaz almashinuvi amalga oshadi.

Nafas olish va nafas chiqarishning bir maromda almashinib turishi nafas akti deb ataladi. Osoyishta nafas olingan paytda tashqi qovurg‘alararo muskullar, diafragma va ko‘krak qafasini kengaytiradigan nafas muskullari qisqaradi, shuning natijasida plevra ichidagi bosim kamayib, o‘pkaning kengayishi uchun sharoit yuzaga keladi. Shu vaqtda atmosfera havosi havo o‘tkazuvchi yo‘llar orqali kirib, alveolalalarni toidiradi. Nafas olish nafas harakatlarining bir daqiqadagi soni nafas tezligi deb ataladi. Nafas tezligi erkaklarda 16 ta ayollarda 18 ta bo‘ladi.


Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling