Yosh fiziologiyasi va gigiyena
Download 1.36 Mb.
|
Ёш ФГ УУМ 2022.doc.yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buning uchun
Ishni bajarish tartibi:
1.Talabalar 3 kishidan iborat kichik guruhlarga bo’linadi. 2.Har qaysi kichik guruh tajriba natijalarini yozish uchun karta tayyorlaydi (forma ilovada). 3.Kichik guruh talabalari bir birovlarini tinch holatdagi o’pka tiriklik sig’imini (O’TS) o’lchab kartaga yozadi. Buning uchun: a) tekshiriluvchi spirometrga yaqin borib, tikka turadi; b) ikki marta chuqur nafas olib, nafas chiqaradi; c) uchinchi marta chuqur nafas olib, burnini barmoqlari yoki qisqich bilan qisib o’pkasidagi havoni sekinlik bilan spirometr trubkasiga bor kuchi bilan puflaydi. d) shu payt tekshiruvchi talaba spirometr strelkasi yoki chizig’i orqali raqamlarga qarab tekshiriluvchining o’pkasini tiriklik sig’imini aniqlab kartaga yozadi. Izoh: normada o’pkaning tiriklik sig’imi erkaklarda 3 – 3,5 litr, ayollarda – 2,5 – 3 litr, o’smir o’g’il bolalarda (15 yosh)- 2,5 – 3 litr, o’smir qiz bolalarda (15 yosh) 2 – 2,5 litr, chiniqqan sportchilarda – 5 – 8 litr bo’ladi. 4. Shundan keyin tekshiriluvchi 2 minut dam oladi. SHu vaqtda u hamrohini o’pkasining tiriklik sig’imini o’lchaydi. 5.Tinch holatda o’pkaning tiriklik sig’imi kichik guruhning hamma talabalarida aniqlangandan so’ng, funksional tajribalar yordamida tashqi nafasni o’zgarishi aniqlanadi. Buning uchun Rozental tajribasi o’tkaziladi: tekshiruvchi har 15 sekundda chuqur nafas olib spirometr nayiga 5 marta ketma–ket puflaydi. Tekshiruvchi эsа spirometrdagi raqamlarni (natijalarni) kartaga yozib boradi. Izoh: sog’ligi yaxshi va chiniqqan kishilarda 5 marta ketma – ket o’lchaganda o’pkaning tiriklik sig’imi oshib boradi yoki bir xilda turadi. Sog’ligi ojiz va chiniqmagan kishilarda bu ko’rsatgich asta – sekin kamayib boradi. 6. SHundan keyin tekshiriluvchi 3 minut davomida dam oladi. SHu vaqtda ikkinchi talabada Rozental tajribasi o’tkaziladi. 7. Uch minutlik dam olishdan keyin SHtanga tajribasi o’tkaziladi: bunda tekshiriluvchi 2–3 marta nafas olib chiqaradi, so’ng chuqur nafas olib, nafas chiqaradi va burnini barmoqlari bilan qisib nafas olmay turadi. Tekshiruvchi эsа soat sekundomeriga qarab turadi. Nafas olmasdan qancha uzoq vaqt tura olsa, uning yurak va nafas olish organlari shuncha sog’lom va chiniqqan bo’ladi. Izoh: Normada erkaklarda bu ko’rsatgich 40–60 sekund, ayollarda 30–40 sekund, chiniqqan erkaklarda 100–120 sekund, chiniqqan ayollarda 80–100 sekund, olti yoshli bolalarda 15–20 sekund. 8. SHundan keyin tekshiriluvchi 3–5 minut dam oladi. SHu vaqtda ikkinchi talabada SHtanga tajribasi o’tkaziladi. 9. Uch – besh minutlik dam olishdan keyin Gench tajribasi o’tkaziladi: tekshiriluvchi 2–3 marta nafas olib chiqaradi, so’ng chuqur nafas olib, burnini barmoqlari bilan qisadida nafas chiqarmay turadi. Tekshiruvchi soat sekundomeriga qarab vaqtni belgilaydi. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling