Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari


Download 257.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana05.02.2023
Hajmi257.14 Kb.
#1168385
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kirish. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari



Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi.
Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari. 
Rеja: 
1. Fanining vazifalari, ahamiyati 
2. Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fani tibbiy, biologik va pedagogik fanlarning tarmog`i.
3. Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining rivojlanish tarixi. 
4. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari.
5. O`sish, rivojlanish va unga ta`sir etuvchi tabiiy va ijtimoiy omillar. 
 
Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining ahamiyati, vazifalari. Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi – 
bolalar va o`smirlar organizmining tuzilishi, funksiyalari va tashqi muhit bilan aloqasini o`rganadi. 
Shuningdek, yosh organizmning normal o`sishi, rivojlanishi, har tomonlama kamol topishi uchun zarur 
bo`lgan sharoitlarni, gigiyenik me`yorlarni (qoidalarni, talablarni) ishlab chiqadi va hayotga tadbiq qiladi. 
Yoshlarning yashash, o`qish, tarbiyalanish sharoitlarining gigiyena qoida va talablari asosida tashkil 
etilganligi, ularning sog`lom, aqliy va jismoniy jihatdan barkamol bo`lishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. 
Aksincha, atrof-muhit sharoitining gigiyena talablariga mos bo`lmasligi bolalar va o`smirlar sog`lig`iga, 
jismoniy va aqliy rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Masalan, kun tartibining noto`g`ri tuzilishi tufayli 
o`quvchi aqliy mehnatni me`yoridan ortiq bajarishi, dam olish va uyquning yetarli bo`lmasligi asab 
tizimining toliqishiga sabab bo`ladi. Bu esa o`quvchining aqliy ish bajarish, o`zlashtirish, esda saqlash 
qobiliyatining pasayishiga, tez charchashga, jahldor bo`lib qolishiga sabab bo`ladi. 
Ma`lumki, gigiyena fani har bir odam, jamiyat a`zolari sog`lig`ini muhofaza qilish, yashash, mehnat 
qilish, jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlari bilan shug`ullanish uchun zarur bo`lgan gigiyenik qoida, 
talab va me`yorlarni ishlab chiqadi. Bu qoida, talab va me`yorlarni amaliy hayotga tadbiq etishga tavsiya 
qiladi. Ularning bajarilishini ta`minlash esa sanitariya nazorati orqali amalga oshiriladi. 

Download 257.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling