Yosh gandbolchilarni sport tayyorgarlik asoslari
Download 368.5 Kb.
|
yosh gandbolchilarni sport tayyorgarlik asoslari
5. GANDBOL O‘YINI TEXNIKASI.
Gandbol o‘yinida turli-tuman to‘p bilan va to‘psiz usullar bajariladi. Qo‘yilgan maqsadga erishmoq uchun o‘yinda qo‘llaniladigan xilma-xil maxsus usullar yig‘indisi qo‘l to‘pi texnikasini tashkil etadi. Texnik usullar — bu gandbol o‘yinini vujudga keltirilishi vositasi demakdir. Yuksak sport natijalariga erishish ko‘p jihatdan qo‘l to‘pi o‘yinchi-larining ana shu xilma-xil vositalarni qanchalik to‘liq bilishiga, raqib jamoasi o‘yinchilari qarshilil ko‘rsatayotgan, ko‘pincha esa charchoq orta borayotgan sharoitdal o‘yin jarayonidagi turli holatlarda ularni qanchalik mohirlik bilan, samarali qo‘llashiga bog‘liq. Qo‘l to‘pi texnikasini yaxshi o‘zlashtirish o‘yinchining har tomonlama tayyorgarligi va har jihatdan kamol topishining ajralmas qismidir. O‘yin taraqqiyotining yuz yildan ortiq tarixi mobaynida qo‘l to‘pi texnikasida muayyan o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu taraqqiyotninj asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: avval keng tarqalgani 1x1 o‘yini o‘rniga hozirgi kunda qiziqarli, doimiy yuqori tezlikda harakat qilishni talab qiladigan 7x7 o‘yini vujudga keldi. O‘yin texnikasida hujum va himoya usullari bir-biridan farq qiladi. To‘pni ilish, uzatish, olib yurish va darvozaga otish hujum texnikasiga tegishlidir. To‘p yo‘lini to‘sish, uni tutib olish, urib qaytarish va darvozabon o‘yinining texnikasi himoyada qo‘llaniladi. Maydonda hujum va himoya harakatlari o‘yin texnikasinini asosini tashkil etadi. Dastlabki holat, turish va tayyorgarlik o‘yinchining harakat qilishni belgilaydi. Baland va past holatda turishlar vaziyatdan kelib chiqqan holda bajariladi. Qaysi o‘yinchi maydonda tez va tejamli harakat qilsa, o‘sha o‘yinchi jamoasiga foyda keltiradi. SHuning uchun har bir o‘yinchi tez start olishni, yugurayotib yo‘nalishni o‘zgartirishni, to‘xtash va sakrashni, orqa bilan oldinga erkin yurishni, yon tomon bilan yurishlarni o‘zlashtirib olishi shart. Qo‘l to‘pi o‘yinining tasnifi texnik usullar umumiy maxsus belgilarga qarab guruhlarga bo‘lishdan iborat. O‘yin faoliyati tavsifiga qarab qo‘l to‘pi texnikasi ikkita yirik bo‘limga ajratiladi: Download 368.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling