Yosh gandbolchilarni sport tayyorgarlik asoslari
YOSH GANDBOLCHILARNI O‘YIN TEXNIKASI USULLARIGA O‘RGATISH
Download 368.5 Kb.
|
yosh gandbolchilarni sport tayyorgarlik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Usul bilan tanishtirish. Usulni soddalashtirib o‘rgatish. Usullarni o‘yin holatiga yaqinlashtirib takomillashtirish.
YOSH GANDBOLCHILARNI O‘YIN TEXNIKASI USULLARIGA O‘RGATISH.
O‘rgatish jarayonining tuzilishi. YOsh gandbolchilarni o‘yin texnikasiga o‘rgatishni o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lib, ularga usullar va taktik harakatlarga o‘rgatish qiyin va uzoq davom etadigan jarayondir. O‘yin texnikasini o‘rganish uchun juda ko‘p o‘yin usullarini bajarish lozim va buning uchun bir necha yil kerak bo‘ladi. O‘rgatish jarayonida o‘yin usullarini nafaqat biomexanik nuqta’i nazardan to‘g‘ri va unumli bajarish, balki o‘yin paytida uni qo‘llashni ham o‘rgatish kerak. SHuning uchun texnik usullarga va individual taktik harakatlarga o‘rgatish birgalikda olib boriladi. Bundan tashqari, o‘yinga o‘rgatish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash o‘zaro bir-biriga bog‘lagan holda olib boriladi. Harakatlarga o‘rgatish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash zaminida o‘yinchining harakat malakalarini shakllantirish qonuniyatlari yotadi. Yosh sportchilarni yanada tezroq qo‘l to‘pi o‘yinlarini shakillantirish uchun xarakatli o‘yinlardan keng ko‘lamda foydaniladi, xamda qiziqtirishlarini oshiradi xamda harakat malakalarini egallash jarayonini tezlashtiradi. O‘yin usullarini bajarishda jismoniy sifatlar namoyon bo‘ladi va rivojlanishi tezlashadi. Biroq harakatlarga o‘rgatishda qoida bo‘yicha sharoit engillashib boriladi, ammo jismoniy sifatlarni tarbiyalashda yuklama oshirib boriladi. Har bir usulni o‘rgatish bosqichma-bosqich olib boriladi. eng asosiy e’tibor harakatning asosiy bosqichiga, keyin esa boshqa qismlarini bajarishga qaratiladi. Har qanday usulni o‘rgatishda texnik-taktik harakatlarning ket-maketligi mantiqan to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Usul bilan tanishtirish. Usulni soddalashtirib o‘rgatish. Usullarni o‘yin holatiga yaqinlashtirib takomillashtirish. O‘rganilgan usullarni o‘yinda qo‘llash. Usul bilan tanishtirishda, albatta, ko‘rgazmali qurollardan foydalanib, usul to‘g‘risida ma’lumot berish va tasavvur hosil qilish zarur. Ko‘rgazmali qurollardan kayta foydalanilganda (rasmlar, jadval, videotasmalar) o‘rganilayotgan usul va harakatlarning ancha muhim bo‘laklariga ahamiyat beriladi. O‘yin usullari va harakatlarni ko‘rsatishda usulning ahamiyati va uni o‘yin paytida 1 unumli qo‘llash to‘g‘risida gapirib berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Harakat to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish uchun shu usulni bajarib ko‘rish imkoniyati beriladi. Harakatlarni soddalashtirilgan sharoitda o‘rganish kamchiliklarni bartaraf qilishga yordam beradi. Ushbu holatda qanday muvaffaqiyatga erishish tayyorlovchi va yondashuvchi mashqlarni tanlashga bog‘liq bo‘ladi. Harakat elementlarini his qilish uchun harakatlarni majburiy chegaralab va belgilab qo‘ygan usullari qo‘llaniladi. O‘yin usullarini soddalashtirilgan yoki murakkablashtirilgan sharoitda o‘rgatish uchun o‘yinning dastlabki holati, masofa, yo‘nalish harakati tezligi va har xil xalaqit beruvchi unsurlari kiritiladi. Bu, o‘z navbatida, usulga o‘rgatishdagi to‘siqlarni bartaraf qiladi. Download 368.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling