Yosh gandbolchilarni sport tayyorgarlik asoslari


Maydon o‘yinchisi taktikasi hujum taktikasi


Download 368.5 Kb.
bet12/15
Sana04.04.2023
Hajmi368.5 Kb.
#1324900
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
yosh gandbolchilarni sport tayyorgarlik asoslari

Maydon o‘yinchisi taktikasi hujum taktikasi.
Hujum jamoaning o‘yin davridagi asosiy vazifasi hisoblanadi. To‘g‘ri tashkil qilingan, oldindan puxta o‘ylab chiqilgan va hujumda to‘g‘ri bajarilgan harakatlar yutuqqa erishishga imkoniyat beradi.
Hujum taktikasi tasnifi quydagi chizmada ko‘rsatilgan.
Individual harakatlar
Jamoa harakatlarining natijasi ko‘pincha o‘yinchilarning shaxsiy mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. Har bir hujumchining o‘yin olib borish uslublari va vositalari qanchalik xilma-xil bo‘lsa, g‘alabaga erishish shunchalik oson bo‘ladi. O‘yin usullarini bilish va ularni amalda qo‘llay bilish himoyachiga qarshi yakka kurashda ustunlik beradi.
To‘pni erga urib olib yurishni qo‘llash. To‘pni erga urib olib yurishni bajarishdan oldin, albatta, bu usulni qo‘llashdan maqsadni aniqlash lozim:
1) himoyachini aldab o‘tish va darvozaga hujum qilish;
2) to‘pni erga urib olib yurib, darvozabon maydoniga yakuniy zarba berish uchun yaqinlashish;
3) bir necha himoyachini ta’qib qilishga majbur etish va ta’qibdan ozod bo‘lgan sherigiga to‘pni uzatish.
Agar oldinda erkin turgan jamoadoshi bo‘lsa, to‘pni erga urib olib yurish lozim emas. Uzluksiz ravishda qaysi jamoadoshga to‘pni uzatish kerakligini aniqlash lozim. To‘pni ta’qib etayotgan o‘yinchi uzoq masofada bo‘lsa, qo‘lda erga urib olib yurish kerak. Ta’qib etuvchi qanchalikyaqin bo‘lsa, to‘pning erga uribib qaytishi shunchalik past bo‘lishi kerak. Ta’qib qiluvchi yaqinida to‘pni tez-tez erga urib olib yurish maqsadga muvofiq emas. YUqori tezlikda yugurib ketayotgan o‘yinchiga to‘pni uzatib berish uning to‘psiz tezlikka erishib, to‘pni erga urib olib yurish imkonini beradi.
Bu usul raqib darvozaboni o‘zining maydonida joylashgan bo‘lsa va o‘yin maydoniga chiqmagan bo‘lsa qo‘llaniladi.
To‘pni uzatishni qo‘llash.
To‘pni uzatish davrida jamoadosh o‘yinchining maydondagi joylashishi, tezligi, harakatlanish yo‘na-lishi va ta’qib etuvchi raqibining yaqinligini inobatga olish kerak. Bu omillar to‘pni uzatish usulini tanlashga ta’sir ko‘rsatadi.
To‘p uzatishlar ochiq va maxfiy bo‘ladi.
Ochiq to‘p uzatishlarda to‘p tayyorlov harakatlarga muvofiq yo‘naltiriladi.
Ochiq to‘p uzatishlar quyidagi turlardan iborat:

  • oldinga to‘p uzatish (bu ochiq to‘p uzatish turida to‘p
    jamoadoshiga uzatiladi. Uzatish o‘z o‘rnida turib yoki harakatda
    bajarilishi mumkin);

  • kuzatuvchi to‘p uzatish (bu ochiq to‘p uzatish turida to‘p jamo­adoshga izma-iz uzatiladi);

  • qarshi to‘p uzatishlarda to‘p jamoadosh harakati yo‘nalishiga qarshi yo‘nalishda amalga oshiriladi.

Yashirin to‘p uzatishlarida to‘p tayyorlov harakatlarga muvofiq bo‘lmagan yo‘naiishlarda uzatiadi. Bularga qo‘l panjalari yordamidagi bel vabosh ortidan, oyoq ostidan bajariladigan to‘p uzatishlar kiradi. Bu to‘p uzatishlarni amalga oshirish jamoadoshlar o‘zaro bir-birini yuqori darajada tushunishni, butun diqqat-e’tiborini o‘yinga qaratishni talab etadi, chunki bu to‘p uzatishlar faqat kichik masofalarda va raqib jamoasi o‘yinchilarining yaqinida amalga oshiriladi. Hujum natijasi ko‘pincha yashirin to‘p uzatishlarni mahorat bilan qulay bilishga bog‘liq bo‘ladi.
Yashirin to‘p uzatishlarni amalga oshirish shartlari:

  • to‘pni qabul qiluvchi jamoadoshi yo‘nalishiga harakat qilmaslik;

  • to‘pni qabul qiluvchi jamoadoshiga nazar tashlamasdan, faqatgina pereferik qarash bilan uni nazorat qilish;

  • to‘pni tez va aniq uzatish (to‘p uzatishning maxfiyligi oshkor bo‘lmasligi uchun);

  • ta’qib etuvchi uzatilgan to‘pni olib qo‘ymasligi uchun bevosita ta’qib etuvchining yaqiniga borish kerak.

Har bir aniq o‘yin holatida to‘pni uzatish usulini puxta tanlab olish, to‘p uzatish tezligini to‘g‘ri rejalashtirish, to‘pni qabul qiluv­chi jamoadoshining maydondagi joylashishini to‘g‘ri aniqlab olish muhim ahamiyatga ega.

Download 368.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling