Yosh gandbolchilarni sport tayyorgarlik asoslari


Maydon o‘yinchisi texnikasi


Download 368.5 Kb.
bet9/15
Sana04.04.2023
Hajmi368.5 Kb.
#1324900
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
yosh gandbolchilarni sport tayyorgarlik asoslari

Maydon o‘yinchisi texnikasi.

  • Darvozabon texnikasi.

    Har qaysi bo‘lim harakatlanish texnikasi va to‘pni boshqarish texnikasi kabi kichik bo‘limlarga ajratiladi. Kichik bo‘limlar turli usullarda ijro etiladigan aniq texnik usullardan-harakatlanish texnikasi uslublari va usullaridan iborat. Bulardan maydon o‘yinchilari va darvozabon foydalanishadi. Usul va turlarda harakatning asosiy mexanizmi umumiy bo‘lib, detallari bilangina farqlanadi. Har xil usullarni ijro etish shartlari qo‘l to‘pi texnikasini yanada turli-tuman qiladi.
    O‘rganilayotgan materialni takrorlash usul turlarini barqaror tushunishga, ularni to‘g‘ri tahlil qilishga, olingan bilimlarni tako-millashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli echishga yordam beradi.
    6. HIMOYA O‘YINI TEXNIKASI.
    Himoya texnikasiga to‘pni olib yurish, urib qaytarish, to‘siq qo‘yish va darvozabonning to‘pni ushlab olish usullari kiradi.
    Dastlabki holatda to‘g‘ri turish himoya harakati tayyorgarligiga zamin yaratadi. O‘yinchi oyoqlarini bukib, gavda og‘irligini oyoq kaftlarining oldingi qismiga baravar taqsimlab, qo‘llarini bukan holda (burchagi taxminan 90°) biroz ikki tomonga yoyib, qo‘l kaftlarini oldinga qaratib turishi kerak. YOn tomonga erkin yura olish va orqa bilan yugura bilish himoyachi harakati texnikasining eng muhim usullaridir.
    To‘pni olib quyish. Bu muhim usul yordamidajamoaning qarshi hujumga o‘tishi ta’minlanadi. Himoyadagi o‘yinchi to‘p uzatilgan vaqtda uni olib qo‘yish maqsadida o‘zi to‘sib turgan hujumchining oldidan to‘pga qarshi chiqish uchun joyidan keskin qo‘zg‘alishi lozim.
    To‘pni urib chiqarish.
    Bu harakat to‘p olib yurgan hujumchi bilan kurashda bajariladi. Himoyachi qulay payt poylab hujumchiga yaqinlashadi, to‘pni urib chiqaradi va uni egallashga harakat qiladi. To‘pni urib chiqarish uni otish uchun qo‘lni orqaga uzatib siltash harakatini bajarishda ham qo‘llaniladi. Himoyachi bunday holatda hujumchining to‘pni otmoqchi bo‘lgan qo‘lini orqaga uzatishini kutadi va shu payt qo‘l kafti bilan to‘pni ko‘taradi.
    To‘pni to‘sish.
    Darvozaga yo‘naltirilgan to‘pga qarshilik ko‘rsatishda qo‘llanila-digan asosiy vosita hisoblanadi. YUqoridan, o‘rta va pastdan kelayotgan to‘pni bir va ikki qo‘i bilan to‘sish) mumkin. To‘sishni bajarayotgan himoyachi hujumchiga qanchalikj yaqin bo‘lsa, to‘p yo‘nalishini aniqlash shunchalik oson bo‘ladi. SHuning uchun himoyachi to‘pni ushlashga tayyorlanishda diqqat bilan hujumchini, shuningdek, to‘pni kuzatishi va o‘z vaqtida to‘p otayotgan o‘yinchini to‘xtatish uchun chiqishi lozim. Hujumchi to‘p otishidan oldin himoyachi bevosita qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib, kaftlarini oldinga qaratib bir-biriga yaqinlashtiradi va to‘pni to‘sishda qo‘l barmoqlarini jarohatdan saqlash uchun mushaklarini taranglashtiradi.
    Erdan sakratib otilgan to‘pni to‘sish sakrab amalga oshiriladi. SHuning uchun himoyachi oldindan oyoqlarini bukkan holatda tayyorlanib turishi kerak.
    Darvozabon jamoada eng qiyin va mas’ul vazifani bajaradi. Uning harakati faqat darvozaning xavfsizligini emas, balki hujumning natijasini ham belgilaydi.
    Darvozabon uchun muhimi - avvalo, bo‘yi (180-190sm), tezlik reaktsiyasi, chaqqonlik, kuch, chidamlilik kabi sifatlaridir.



    1. Download 368.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling