Bilib qo`ygan yaxshi. Smola va surkov moylari dog`larini tozalash.
Birinchi usul. Dog` bo`Jgan joy awal xloroform bilan, so`ngra sovunli suv bilan yuviladi. Bordiyu, gazJamaning rangi o`chadigan bo`lsa, u holda tuxum sarig`ini ko`pirtirib, dog` bo`lgan joyga surkaladi-daustidan toza latta qo`yib sekinlik bilan qaynoq suv quyiladi va boshqa toza latta bilan artiladi, dog` usti-ga qo`yilgan toza latta moyni shimib oladi. Kiyimdagi dog` tamoman ketgandan keyin toza suv bilan chayi-ladi. Ikkinchi usul. Baravar miqdordagi glitserin bilan kartoshka uni aralashtirilib, unga bir necha tomchi denaturat spirt tomiziladi. Bu araJashma dog`ni yaxshi ketkazadi. Uchinchi usul. Mineral surkov moylardan bo`lgan dog`larni ketkazish uchun shunday suyuqlikdan foy-dalaniladi: 0,5 litr suvga 15 g sovun, 50 g 25 protsentli novshadil spirt, 10 g skipidar va 50 g etil sirka efirni aralashtirilib, so`ngra yana bir litr suv qo`shiladi. Aralashma og`zi yaxshi bekitilgan butilkada saqlanadi. Ishlatish oldidan uni chayqatib aralashtirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |