Yosh Kimyogarlar


Download 83.93 Kb.
bet21/36
Sana27.02.2023
Hajmi83.93 Kb.
#1234296
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
Bog'liq
Kimyo to\'garak

2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish;
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni ongini tafakkurini o’stirish, dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Darsning turi: Amaliy mashg`ulot . Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob va masalalar yechish
Darsning jihozi: Kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Yangi darsning bayoni.
Kimyo kechasida Qodir shunday dedi: Inson qadim zamonlardan buyon olovdan foydalanib kelmoqda. Ammo olovning tabiati, yonish jarayoni uzoq vaqt qandaydir bir sirli narsa bo’lib tuyulgan. Kishilar olov chiqarish yo’lini bilmaganlar. Tabiiy o’zgarishlar tufayli o’z-o’zidan alangalanishnatijasida yuzaga kelgan olovdan foydalanganlar. Hosil qilingan olovni uzoq vaqtlargacha o’chirmasdan saqlsb qolishga uringanlar. Axir, olovdan maxrum bo’lgan insonning holi qanday bo’lishini o’ylab ko’rng-a.Bora-bora kishilar ikkita quruq cho’pni bir-biriga uzoq vaqt va shiddatli ravishda ishqalab olov chiqarishni o’rganganlar. Ammo bu oson ish emas edi. Keyinchalik ular chaqmoqtosh bilan temir parchasini bir-biriga urganda chaqnaydigan uchqundan olov chiqarishga odatlanganlar. Yonish kimyoviy hodisa ekanligi aniqlangandan keyin kimyoviy yo’l bilan olov chiqara boshlandi. Buning uchun kishilar dastlab oltingugurtdan, keyinchalik esa xavfsiz gugurtdan foydalanadigan bo’ldilar. Mana men buni hozir ko’rsataman, - dedi Qodir biroz kerilib. U stakandagi oq poroshok ustiga pipetkada bir necha tomchi «suv» tomizdi. Poroshok yonib ketdi. Shisha tayoqcha uchini probirkadagi «Povidlo»gas al botirib oldida, uni keltirib spirt lampasi piligiga tegizdi, pilik yonib ketdi. Ho’sh, Qodir qanday qilib gugurtsiz olov chiqarganini kim tushuntirib bera oladi?Oq poroshok qand bilan bertole tuzi aralashmasi, «suv» esa konsentrlangan sulfat kislota edi
. Probirkada kaliy permonganat bilan konsentrlangan sulfat kislota aralashmasidan iborat «povidlo» tayyorlangan edi. Har ikki holda ham olov hosil bo’lishiga sabab reaktsiyalar natijasida ajralib chiqadigan atomar kisloroddir.



Download 83.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling