Yosh Kimyogarlar
Download 83.93 Kb.
|
Kimyo to\'garak
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ta`limiy maqsad
- Darsning usuli
Uyga vazifa: Berilgan masalalarni yechib kelish.
3-To`garak mashg`uloti. Sana: ______________ Kuni: _____________________ Mavzu: Suvda sut hosil qilish. Zang dog`ini tozalash.Mustaqil yechish uchun masalalar. Darsning maqsadi: 1. Ta`limiy maqsad: Suvda sut hosil qilish. Zang dog`ini tozalash haqida ma’lumotlar berish; 2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish; 3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni ongini tafakkurini o’stirish, dunyoviy bilimlarini rivojlantirish. Darsning turi: Amaliy mashg`ulot . Yangi materialni o’rganuvchi dars. Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob va masalalar yechish Darsning jihozi: Kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi. Yangi darsning bayoni. Diqqat qiling, suvdan qanday qilib sut hosil bo`lishini ko`rasiz. Grafmdan stakanga tiniq toza suv quyib, ana shu suvga bir chimdim tuz solinsa, stakandagi suv sutga aylanadi.Nega qozondagi sho`rvaga har qancha tuz solinsa ham u sutga aylanmaydi. Mana sizga ichi quruq bo`sh stakan. Buni stol usti-ga qo`ying. Endi mana bu ikki stakandagi tiniq suvni ikki qo`lingizga oling.(Ichish yoki mazasini totib ko`rish yaramaydi). Faqat ko`z bilan sirtdan qarab ularning tiniqligi va tozaligiga qanoat hosil qilsangiz bas. Shundan keyin har ikki stakandagi suvni stol ustidagi bo`sh stakanga birdaniga quying Nima ko`rasiz.Qiziq! Stakanga suv quydim. Ammo stakan sut bilan to`ldi.Nega shunday bo`ldi? Bilmadingizmi?Grafindan stakanga tiniq «suv» quyilganda ham, ikkita stakandagi suvni bir-biriga quyganda ham kimyoviy hodisa — almashinish reaksiyasi ro`y berdi. Almashinish reaksiyalari vaqtida ikkita murakkab modda molekulalarining tarkibiy qismlari o`zaro almashinadi. Birinchi tajribada olingan stakandagisuyuqlik toza suv bo`lmasdan bariy xlorid — BaCI2 tuzining tiniq eritmasi bo`lib, uning ichiga tashlangan tuz esa osh tuzi emas, balki glauber tuzi (Na2SO4-10H2O) edi. Ikkinchi tajribadagi stakanlarning birida bariy xlorid tuzi erit-masi, ikkinchisida esa glauber tuzi eritmasi bor edi. Bariy sulfatning rangi oq va suvda erimaydi, shuning uchun u oq tusli loyqa hosil qiladi. Bu esa sutga o`xshab ko`rinadi. BaCI2 + Na2SO4 = BaSO4+ 2NaCl Download 83.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling