Yosh Kimyogarlar
Download 83.93 Kb.
|
Kimyo to\'garak
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Tarbiyaviy maqsad
- Darsning jihozi
1-To`garak mashg`uloti.
Sana: ______________ Kuni: _____________________ Mavzu: Kislota bilan xat yozish. BF-2 markali yelim. Mustaqil yechish uchun masalalar. Darsning maqsadi: 1. Ta`limiy maqsad: Kislota bilan xat yozish. . BF-2 markali yelim haqida ma’lumotlar berish; 2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish; 3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni ongini tafakkurini o’stirish, dunyoviy bilimlarini rivojlantirish. Darsning turi: Amaliy mashg`ulot . Yangi materialni o’rganuvchi dars. Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob va masalalar yechish Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi. Yangi darsning bayoni. Mavjuda kabinetga kirib kelganda Gulsum qo`lida-gi shisha tayoqcha bilan qog`oz ustiga nimalarnidir chizib o`tirgan edi.Nima ish qilayotirsiz, o`rtoqjon? deb so`radi.Mavjuda xat yozayotirman, — dedi Gulsum. Mavjuda xaholab kulib yubordi.Qalamingiz shisha tayoq, siyohingiz suvqog`ozga «xat» yozasiz, agar qog`ozning o`rniga taxtami, bo`yrami olsangiz, afsonalardagidek xat yozish bo`lar edi, o`zingiz ham afsonalardagi qahramonlardan bo`lar edingiz, — deb kuldi.Mavjuda o`zingiz bilmaysiz-u, birovlarga ta'na qilishga tilingiz chaqqon. — Gulsum so`z bilan chimchilab oldi. Suv bilan xat yozib bilimdon bo`ladigan bo`lsam, bo`lmay qoya qolay, — deb qoshlarini chimirdi-yu, tezdan qiyofasini o`zgartirib: — kimga qanaqa xat yozdingiz donocha? Xatingizni o`qib ko`rsam maylimiMavjuda erkalangansimon Gulsumning orqasidan kelib yelkasiga qo`lini qo`ydi va iyagini uning o`ng yelkasiga tiragan boshini betiga suykagan holda Gulsum yozgan xatga tikila boshladi. Ammo qog`ozda hech qanday xat ko`rmadi. Ko`z oynagingiz uyda qolmagan bo`lsa o`qib ko`ring Qog`ozga suv bilan xat yozildi nima-yu, muzga xat yozildi nima. Issiqlikda muz suvga aylangani kabi, qog`ozdagi suv bug`lanib ketadi, xatdan asar ham qolmaydi. Bir emas, ikkita ko`zoynak taqqanda ham ko`rib bo`ltnaydi, — dedi Mavjuda Gulsum gugurt chaqib, spirt lampasini yondirdi va qo`lidagi qog`ozni spirt lampasining alangasidan 20— 25 sm balandroqda tutib turdi-da, qog`ozga qarab Ko`rin. Mavjuda opangga ko`rina qol, — dedi. kulimsirab. Oradan bir necha sekund o`tgan ediki, qog`o zda qora dog`lar ko`rina boshladi. NihoyatBu qanaqa bo`ldi? Qani endi bu hodisaning sirini menga tushuntirib bering, donocha! — dedi. Stakandagi suv emas, — deb so`z boshladi Gulsum. Balki suyultirilgan (1:5) sulfat kislota eritmasidir. Suyultirilgan sulfat kislota qog`ozga hech qanday ta'sir qilmaydi. Uni qizdira boshlasak, kislotadagi suvlar bug`lanib ketib, konsentrlangan kislota qoladi. Bu esa, qog`ozni ko`mirlantiradi. Shuning uchun qog`ozning o`sha joylari qorayib, xat paydo bo`ladi. Nega qog`oz ko`mirlanadi? — so`radi MavjudaQog`oz asosan selyuloza (C6H10O5)n dan iborat. Konsentrlangan sulfat kislota esa, organik birikmalardagi vodorod va kislorodni ajratib, suv hosil qilib o`ziga biriktirib oladi. Uglerod esa ko`mir tarzida ajralib qoladi. (C6H1005)n = 6nC + 5nH20 Download 83.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling