Mustaqil yechish uchun masalalar.
20 g massali noma’lum ikki valentli metallning suv bilan ta’siridan 11,2 l vodorod ajralib chiqqan bo‘lsa, qaysi metall olinganligini aniqlang. (Javob: kalsiy).
Massasi 17 g bo‘lgan noma’lum modda kislorodda yondirilganda 32 g oltingugurt (IV)-oksid va 9 g suv hosil bo‘lgan bo‘lsa, qaysi modda yondirilgan? (Javob: vodorod sulfid).
Oksidlanish darajasi +6 bo‘lgan elementdan hosil bo‘lgan 0,8746 g massali ikki negizli kislota parchalanganda shu kislotaning 0,8116 g angidridi hosil bo‘lgan bo‘lsa, qaysi kislota parchalangan? (Javob: H2WO4).
Massasi 3,2 g bo‘lgan metall suv bilan ta’sirlashganda 1,792 l (n.sh.) vodorod ajralib chiqqan bo‘lsa, metallning ekvivalentini toping. J. 20).
27,4 g ikki valentli metall suv bilan ta’sirlashganda 4,48 l (n.sh.) gaz ajralib chiqqan bo‘lsa, qanday metall suv bilan
ta’sirlashgan? (J :Ba )
Uyga vazifa: Berilgan masalalarni yechib kelish.
5-To`garak mashg`uloti.
Sana: ______________ Kuni: _____________________
Mavzu: Olov sochuvchi ajdar. Kinolenta yelimi. Mustaqil yechish uchun masalalar.
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad: Olov sochuvchi ajdar. Kinolenta yelimi. haqida ma’lumotlar berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish;
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni ongini tafakkurini o’stirish, dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Darsning turi: Amaliy mashg`ulot . Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob va masalalar yechish
Do'stlaringiz bilan baham: |