Yosh Kimyogarlar
Download 83.93 Kb.
|
Kimyo to\'garak
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi darsning bayoni.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni ongini va tafakkurini o’stirish, dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Darsning turi: Amaliy mashg`ulot . Yangi materialni o’rganuvchi dars. Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob va masalalar yechish Darsning jihozi: Kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi. Yangi darsning bayoni. Ahmad stakandagi rangsiz suyuqlikdan uchta probirkaning har biriga 2—3 ml dan quyib chiqdi. Birinchi probirkadagi suyuqlik ustiga yana o`shancha boshqa rangsiz suyuqlik quyib qattiq chayqatdi, keyin unga 2—3 tomchi ko`kimtir suyuqlik tomizib, ozgina qizdirgan edi, suyuqlik binafsha rangga bo`yaldi.Ikkinchi probirkadagi suyuqlik ustiga ham qanday-dir rangsiz suyuqlikdan 5—6 tomchi tomizganda oq cho`kma hosil bo`ldi. Uni sekin qizdirgan edi, suyuq-lik sariq tusga bo`yaldi.Uchinchi probirkadagi suyuqlikka hech narsa qo`shmasdan qizdirgan edi, suyuqlik oq tusli qattiq moddaga aylandi, «Mana bu muzlab qoldi», — dedi Ahmad bolalarga qarab va hodisaning sababini tushuntira boshladi.Stakandagi suyuqlik oqsil moddaning, ya'ni tuxum oqining suvdagi kolloid eritmasi edi.(Bunday eritma tayyorlash uchun oqi stakanga ajratib olinadi, unga yarim gramm chamasi osh tuzi va yarim stakan suv qo`shib aralashtirilsa, kolloid eritma tayyor bo`ladi. Birinchi probirkadagi oldin quyilgan o`yuvchi natriyning 10 protsentli eritmasi bo`lib, keyingi tomizilgan suyuqlik mis (II)-sul-fat tuzining 3 protsentli eritmasi edi. Bunda byuret reaksiya yuz berdi. Ikkinchi probirkaga konsentrlangan nitrat kislota tomizildi, bunda esa ksantoprotein reaksiyasi yuz berdi . Oqsil modda faqat 52—54° temperaturagacha suvda erigan holda tura oladi.Temperatura yana ko`tarilsa. Oqsil molekulalari ivib qoladi, boshqacha aytganda pishib qoladi. Oqsil iviganda suvdan ajralmaydi. Suv iviqlar orqasida qoladi. Shuning uchun ham oqsil eritmasi qizdirilganda yaxlit massa holida qotadi. Download 83.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling