Yosh Kimyogarlar


Download 83.93 Kb.
bet14/36
Sana27.02.2023
Hajmi83.93 Kb.
#1234296
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Bog'liq
Kimyo to\'garak

Bilib qo`ygan yaxshi. Smola va surkov moylari dog`larini tozalash.


Birinchi usul. Dog` bo`Jgan joy awal xloroform bilan, so`ngra sovunli suv bilan yuviladi. Bordiyu, gazJamaning rangi o`chadigan bo`lsa, u holda tuxum sarig`ini ko`pirtirib, dog` bo`lgan joyga surkaladi-daustidan toza latta qo`yib sekinlik bilan qaynoq suv quyiladi va boshqa toza latta bilan artiladi, dog` usti-ga qo`yilgan toza latta moyni shimib oladi. Kiyimdagi dog` tamoman ketgandan keyin toza suv bilan chayi-ladi. Ikkinchi usul. Baravar miqdordagi glitserin bilan kartoshka uni aralashtirilib, unga bir necha tomchi denaturat spirt tomiziladi. Bu araJashma dog`ni yaxshi ketkazadi. Uchinchi usul. Mineral surkov moylardan bo`lgan dog`larni ketkazish uchun shunday suyuqlikdan foy-dalaniladi: 0,5 litr suvga 15 g sovun, 50 g 25 protsentli novshadil spirt, 10 g skipidar va 50 g etil sirka efirni aralashtirilib, so`ngra yana bir litr suv qo`shiladi. Aralashma og`zi yaxshi bekitilgan butilkada saqlanadi. Ishlatish oldidan uni chayqatib aralashtirish kerak.


Mustaqil yechish uchun masalalar.

1. Hajmiy ulushi 40 % bo‘lgan (=0,9352 g/ml) eritma tayyorlash uchun 950 g suvga 95 %-li (=0,8042 g/ml) etil spirti eritmasidan qancha hajm olish kerak? Hosil bo‘lgan eritmadagi etil siprtining massa ulushi qanday bo‘ladi?


2. 26,4 g massali ammoniy sulfatni 61,6 g massali suvda eritganda 1,172 g/ml zichlikli eritma hosil bo‘lgan, shu eritmaning molyar konsenyasini toping.
3. Zichligi 1,84 g/ml bo‘lgan 98 %-li H2SO4 eritmasidan 400 ml 5 M eritma tayyorlash uchun qancha hajm kislota olish kerak?
4. 700 ml 5 %-li (=1,25 g/ml) va 300 ml 15 %-li (=1,17 g/ml) natriy gidroksid eritmalari aralashtirilganda hosil bo‘lgan eritmaning molyar konsentratsiyasini aniqlang. (Javob: 2,41 M).
5. Kalsiy nitratning 10 oC dagi eruvchanlik koeffitsienti 114,6 g bo‘lsa, shu haroratda to‘yingan eritmadagi Ca(NO3)2 ning massa ulushini toping. (Javob: 0,534).



Download 83.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling