Bilib qo`ygan yaxshi. Ko`kat dog`ini tozalash.
100 g suvda 20 g osh tuzi eritib, dog` bo`lgan joyni shu eritma bilan yuviladi. Bunday dog`ni ozgina novshadil spirt qo`shilgan sovun silliq suv bilan yuvish ham mumkin.
Mustaqil yechish uchun masalalar.
1. Kumush, xlor, marganets, bor, xrom, oltingugurt, bariy, mishyak, magniy, natriy elementlaridan qaysilari kislotali oksid hosil qila oladi? (Javob: Cl, Mn, B, Cr, S, As).
2. Kalsiy, rux, xrom (VI), xrom (III), magniy, fosfor (V), kremniy (IV), azot (I) oksidlardan qaysilari ishqorlar bilan ta’sirlashadi? (Javob: ZnO, CrO3, P2O5, SiO2).
3. Natriy, litiy, kremniy, kaliy, marganets (II), xrom (II), uglerod (II), kalsiy, alyuminiy oksidlaridan qaysilari asosli oksid hisoblanadi? (Javob: Na, Li, K, Mn (II), Cr (II), Ca).
4. Kalsiy, natriy, fosfor (V)oksidlar, konsentrlangan sulfat va xlorid kislotalardan qaysilarini oltingugurt (VI)oksidni quritish uchun ishlatish (Javob: konts. H2SO4, P2O5
5. Xlorid kislota quyidagi oksidlardan qaysi biri bilan ta’sirlashishi mumkin: SiO2, SO3, CuO, CO2, CrO3, CrO2, N2O?
(Javob: CuO, CrO).
Uyga vazifa: berilgan masalalarni yechib kelish.
8-To`garak mashg`uloti.
Sana: ______________ Kuni: _____________________
Mavzu: Miltiq qayerda otildi? Meva va qulupnay dog`ini tozalash.. Mustaqil yechish uchun masalalar.
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad: Miltiq qayerda otildi? Meva va qulupnay dog`ini tozalash. haqida ma’lumotlar berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish;
Do'stlaringiz bilan baham: |