Yosh Kimyogarlar


Download 83.93 Kb.
bet25/36
Sana27.02.2023
Hajmi83.93 Kb.
#1234296
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
Bog'liq
Kimyo to\'garak

Darsning jihozi: Kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Yangi darsning bayoni.

Kamola yaxshilab maydalangan to’q sariq tusli kristalchalardan 5 gramm chamasi olib, bir parcha tunuka ustiga uyib qo’ydi-da, qo’lidagi uzun simning uchini spirt lampa alangasiga tutib qizdira boshladi. Simning uchi qizib cho’g’langandan keyin uni uyib qo’yilgan to’q sariq kukunga tezlik bilan botirdi va shu holda ,bir-ikki sekund tutib turgan edi, sim atrofida tutunsimon moddalar chiqa boshladi.


Karima simni chiqarib oldi, ammo tutun chiqishi susaymadi, balki tobora ko’paya borib vulqon otilishini eslatadigan olov uchqunlari va qoramtir tusdagi kulsimon moddalar atrofga sochilib tusha boshladi. Bir necha minutdan keyin “Vulkan” otilishi susaya borib, nihoyat so’ndi. Tunuka ustida so’ngan vulqon shaklida konussimon ko’kimtir qora uyum hosil bo’ldi. Endi bu uyumning hajmi olingan to’q sariq modda uyumi hajmidan 2-3 marta katta edi. To’q sariq tusli modda nima edi?, nega u valkanga o’xshab otilib chiqdi v anima uchun otilish mahsuloti katta hajmni egalladi?To’q sariq kristall modda ammoniy bixromat tuzidir. U issiqlik ta’sirida parchalanib, xrom (III) – oksid, suv bug’I va azot gazini hosil qiladi. (NH4)2 Cr2O7= Cr2O3 + 4H2O + N2 .
Hosil bo’lgan azot gazi va suv bug’I shiddat bilan yuqoriga otilib chiqadi va o’zi bilan birga xrom (III)- oksidini ham ko’taradi. Suv bug’I va azot gazi havoga tarqalib ketadi, xrom (III)- oksidi esa konussimon uyum hosil qiladi. Bu raktsiyaning boshlanishi uchun issiqlik talab qilinadi. Ammo reaktsiyada ko’p issiqlik chiqadi, shuning uchun qizdirilgan sim chiqarib olinsada, reaktsiya davom etaveradi. Hosil bo’layotgan gazlar va issiqlik ta’sirida xrom (III)-oksid g’ovaklashadi, binobarin uning hajmi kattalashadi.
BILIB QO`YGAN YAXSHI. Jun gazlamadan tikilgan kiyimdagi kirlangan joyni tozalash


Kirlangan joyni suv bilan namlab, toza, quruq mayda qum sepiladi. Namlangan dag`al cho`tka bilan artiladi.
Kiyim qurigandan keyin qumlarni cho`tka bilan tozalanadi va kirlangan joy toza suv bilan yuviladi.



Download 83.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling