Yosh Kimyogarlar


Mustaqil yechish uchun masalalar


Download 83.93 Kb.
bet26/36
Sana27.02.2023
Hajmi83.93 Kb.
#1234296
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
Bog'liq
Kimyo to\'garak

Mustaqil yechish uchun masalalar.

1. 0,5 M chumoli kislota eritmasidagi vodorod ioni konsentratsiyasi topilsin. (Javob: 9,51 0-3 M).


2. 2,5 % sianid kislota eritmasidagi sianid ioni konsentratsiyasi topilsin. (Javob: 2,41 0-5 M).
3. Agar plavik kislota eritmasining dissotsiatsiya darajasi 1,85 % bo‘lsa, uning dastlabki konsentratsiyasi qanday bo‘lgan?
4. Agar izomoy kislota eritmasining dissotsiatsiya darajasi 1,08 % bo‘lsa, kislotaning va eritmadagi vodorod ionining
konsentratsiyalari qanday bo‘lgan?
5. Agar sut kislota eritmasining dissotsiatsiya darajasi 2,6 % bo‘lsa, 1 l eritmada nechta CH3CH(OH)COOH molekulasi
bo‘lgan? (Javob: 1,251023).


Uyga vazifa: berilgan masalalarni yechib kelish.
13-To`garak mashg`uloti.


Sana: ______________ Kuni: _____________________


Mavzu: Ko`rinmas rassom. Sho`rva, kabob, sut dog`larini tozalash.Mustaqil yechish uchun masalalar.


Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad: Ko`rinmas rassom. Sho`rva, kabob, sut dog`larini tozalash haqida ma’lumotlar berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish;
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni ongini tafakkurini o’stirish, dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Darsning turi: Amaliy mashg`ulot . Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob va masalalar yechish
Darsning jihozi: Kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Yangi darsning bayoni.
Mana bu oq qog`ozlarni diqqat bilan ko`zdan ke-chiring. Ularda bitta qora nuqtadan boshqa hech narsani ko`rmayotgan bo`lsangiz kerak. Ana shu nuqtaga yog`och tayoqchaning cho`g`-langan uchini tegizsam, qog`ozlarning har birida har xil rasmlar — birida yugurib borayotgan quyoncha, birida tuya, yana birida otning rasmi paydo bo`ladi. Bu rasmlarni qaysi rassom chizdi? Nega rassom ko`rinmaydi.Bu rasmlar oldindan chizib qo`yilgan edi, albatta. Ammo ular rang bilan emas, balki boshqa rangsiz modda bilan chizilganidan ko`rinmayotgan edi.Chinni kosachaga stakanga bir qoshiq chamasi qaynoq suv solinadi, unda oz-ozdan kaliy nitrat tuzini eritib (shisha tayoqcha bilan aralashtirib), to`yingan eritma hosil qilinadi. Uchi ingichka qilib yonilgan cho`pni shu eritmaga botirib olib, rasm chiziladi. Rasm chizganda shunga e'tibor berish kerakki, rasm chiziqlari bir-biri bilan kesishmasin, eritma tegmay uzilib qolgan joy bo`lmasin, chiziqning boshlangan joyi bilan tamom bo`lgan joy ham bir-biri-ga qo`shilib ketmasin.Rasm boshlangan yoki tugagan joyga qalam bilan nuqta qo`yiladi.
So`ngra qog`ozlar quritiladi. Qurigandan keyin qog`oz betida nuqtadan boshqa hech narsa ko`rinmaydi.
Eritmaning suvi bug`lanib ketib, kaliy nitrat tuzining juda mayda .kristalchalari qog`oz ustiga o`tirib qoladi. Nuqtaga uchi chog`langan cho`p tegizilganda ana shu kristalchalar o`zidan juda kichik uchqunlar chiqarib, qog`ozni kuydira boshlaydi. Chunki issiqlik ta'sirida kaliy nitrat tuzi parchalanib o`zidan bir atom kislorod ajratadi.KNO3 = KNO2 + O. Bu reaksiya natijasida hosil bo`ladigan issiqlik ta'sirida qog`ozning beti kuyib, qora iz qoldiradi.



Download 83.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling