Yosh matematik


-Mavzu:   Masalalarni tenglamalar sistemasi yordamada yechish


Download 0.72 Mb.
bet8/34
Sana09.01.2022
Hajmi0.72 Mb.
#259408
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
Bog'liq
5 10 sinflar yosh matematik togarak

9-Mavzu:   Masalalarni tenglamalar sistemasi yordamada yechish.
Masalalarni tenglamalar sistemasi yordamida yechish ko`pincha quyidagi sxema bo`yicha olib boriladi, ya'ni:

1) noma'lumlar uchun belgilashlar kiritiladi va masala mazmuniga mos tenglamalar sistemasi tuziladi;

2) tenglamalar sistemasi yechiladi;

3) masala shartiga qaytib, javob yoziladi.

Masala. Agar ikki son yig`indisining ikkilangani ularning ayirmasidan 5 ta ortiq, shu sonlar yig`indisining uchlangani esa ular ayirmasidan 8 ta ortiq bo`lsa, bu sonlarni toping.

1) Tenglamalar sistemasini tuzish.

Aytaylik, x, y — izlanayotgan sonlar bo`lsin. Bu holda masalaning shartiga ko`ra, quyidagiga ega bo`lamiz:                                                                            



                                                       (3)

2) Sistemani yechish.



Avval (3) sistemaning tenglamalarini soddalashtiramiz:

                                                                         (4)

(4) dagi ikkinchi tenglamani hadlab, 2 ga bo`lamiz va uni birinchi tenglamadan ayiramiz: _ x + 3y = 5

  x + 2y = 4

 ___________

        y = 1

y = 1 ni (4) sistemaning birinchi tenglamasiga qo`yib, x + 3·1 = 5, x = 2 ekanini topamiz.

Javob. Izlanayotgan sonlar 2 va 1. ▲

1-masala:



13000 so`mga 4 kg shakar va 7 kg oliy navli un sotib olindi. Agar 3 kg un ikki kilogramm shakardan 1300 so`m qimmat tursa, 1 kg shakar va 1 kg unning narxini toping.

A

1150 so`m, 1250 so`m

B

1150 so`m, 1200 so`m

C

100 so`m, 1350 so`m

D

1200 so`m, 1100 so`m

2-masala





Birinchi o`quvchi 3 soat ikkinchisi esa 2 soat ishlab birgalikda 36 ta detal tayyorlaganlar. Agar ular birgalikda 1 soatda 14 ta detal tayyorlashgan bo`lsa, har biri nechtadan detal tayyorlaganlar?

A

24 ta, 12 ta

B

30 ta, 16 ta

C

18 ta, 18 ta

D

14, ta 22 ta

3-masala





Bolalar bog`chasi uchun kilogrami 2000 so`m va 2500 so`mlik ikki xil 10 kg pechenye sotib olindi va hammasiga 22000 so`m to`landi. Har turdagi pechenyedan necha kilogram olingan?

A

6 kg, 3 kg

B

5 kg, 5 kg

C

6 kg, 4 kg

D

3 kg, 7 kg

4 -masala




4 ta ot va 10 ta sigir uchun kuniga 88 kg ozuqa ajratishdi. Agar 2 ta otga 5 ta sigirga qaraganda 4 kg ortiq berishganligi ma`lum bo`lsa, har bir otga va har bir sigirga kuniga qanchadan ozuqa berishgan?

A

12 kg, 3 kg

B

10 kg, 6 kg

C

12 kg, 4 kg

D

12 kg, 6 kg

    MMIBDO’: / /     B.Teshaboyev

Sana_____



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling