Yosh matematik


-MAVZU:G’iyosiddin Jamshid Koshiy


Download 0.72 Mb.
bet5/34
Sana09.01.2022
Hajmi0.72 Mb.
#259408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
5 10 sinflar yosh matematik togarak

6-MAVZU:G’iyosiddin Jamshid Koshiy.

Ulug’bek ilmiy maktabining yirik olimlaridan biri Jamshid Ko-shiydir. Koshiy 1385 yilda Koshon shahrida tug’ildi. Koshiy yoshligi-danoq o’z davrining yetuk matematik, astronom olimi sifatida shuh-rat qozongan. Ulug’bek uni ham Samarqandga taklif etadi, bu taklif-ni qabul qilib, Koshiy 1417 yilda Samarqandga keladi va Ulug’bek ra-sadxonasini qurishda faol qatnashadi, katta ilmiy ishlar olib boradi.

Ilmiy ishlar natijasini o’zining 10 ta astronomiyaga oid, 3 ta matematikaga oid asarlarida bayon etdi. Jamshid Koshiyning asarla-ridan biri “ Arifmetika kaliti”dir. Bu asar o’rta asr elementar mate-matika ensiklopediyasi hisoblanadi. Koshiy bu asarini 1427 yilda yozgan. “ Arifmetika kaliti” asari kirish va besh qismdan iborat. Kirish qismida arifmetikaning ta’rifi, son va uning turlari haqida yo-zilgan bo’lib, 6 bobdan iborat.

Ikkinchi qism esa kasr sonlar arifmetikasiga bag’ishlangan bo’-lib, 12 bobdan iborat. Bu qismda u turli xil kasrlar, ular ustida amallar bajarish va o’nli kasrlar haqida muhim fikrlar bayon etgan. Koshiy maxrajlari 10, 100, 1000, … bo’lgan kasrlarni, ya’ni o’nli kasrlarni yozish, o’qish terminlarini kiritgan. Koshiy bu kasrlarni ta’riflab, “o’ndan”, “yuzdan”, “mingdan”,…deb o’qishni, yozishda esa butun qismdan keyin kasr qismini yozishni yoki o’nli kasrning butun qismini boshqa rangli siyohda yozishni tushuntiradi. O’nli kasrlar ustida amallar bajarishga oid juda ko’p misollar keltiradi. Shunday qilib, Koshiy o’nli kasrlar nazariyasini asoslagan birinchi olim hisoblanadi.

1424 yilda Samarqandda Koshiy “ Aylana haqida risola”asarini taraqqiyotining eng yuqori cho’qqisi hisoblanadi. Ma’lumki, aylana uzunligining diametrga nisbati o’zgarmas son bo’lib, uni “” harfi bilan belgilanadi. Koshiy bu asarda “” ning qiymatini juda kata aniqlikda verguldan keyin 17 ta raqam bilan aniqlaydi.

“”=3,14159265358997932.

Koshiyning yuqorida ko’rilgan hisoblashlari katta aniqlikka ega bo’lib, hammani hayratga soladi va Koshiy matematika tarixida o’chmas iz qoldiradi.

MMIBDO’: / / B.Teshaboev

Sana:______


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling