Yosh onalar maktabi
KINDIK YARASIGA ISHLOV BERISH
Download 100.28 Kb.
|
yosh onalar maktabi
- Bu sahifa navigatsiya:
- GO’DAK PARVARISHI: CHO’MILTIRISH TEXNIKASI
KINDIK YARASIGA ISHLOV BERISHYangi tug’ilgan chaqaloqqa g’amxo’rlik qilishda kindik yarasi alohida e’tiborni talab qiladi. Bitib ketmagan kindik yarasi parvarish qilish qoidalariga rioya qilinmaganda nafaqat kindikning infektsiyalanishiga (omfalit), balki infektsiyaning qon va organizm to’qimalariga tarqalishiga (sepsis) ham olib kelishi mumkin. Kindik yarasiga har kuni to u to’liq yopilib ketmagunicha va unga ishlov berilganda ajralma chiqishi to’xtamagunicha ishlov berish kerak. Qoida tariqasida, kindik yarasi hayotning 10-19-kuniga kelib butunlay bitib ketadi. GO’DAK PARVARISHI: CHO’MILTIRISH TEXNIKASIChaqaloqni cho’miltirish — bolalar parvarishi qoidalarining eng muhim gigienik muolajalardan biridir va bolaning yengil chiniqishini ta’minlaydi. Go’dakni har kuni cho’miltirish kerak. Cho’miltirish bolani shuningdek yallig’lanishli teri kasalliklaridan chaqaloqni himoya qiladi, ular esa chaqaloq davridagi bolalarda eng tez-tez uchib turadigan kasalliklardan biri. Bu chaqaloqning teri va shilliq qavatining to’siq vazifalari yetilmaganligi, bakterial infeksiyaga chidamliligining pastligi bilan bog’liq. Teri tozaligiga alohida e’tibor berilishi kerak, chunki chaqaloqlarda terining tashqi qatlami (epidermis) kattalarnikiga qaraganda yupqa va ifloslanishga ancha sezgirroq bo’ladi. Bundan tashqari, kichik bolalarda epidermis va dermis (terining asosiy qatlami) o’rtasidagi birikish bo’shroq bo’ladi va terining bunday tuzilishi infektsiyaning tezroq tarqalishiga sabab bo’ladi. Shuningdek, teri orqali, to’g’rirog’i, organizmning ter bezlari orqali ma’lum modda almashinuvi mahsulotlar chiqarib tashlanadi. Cho’milish jarayoni onaga ham, bolaga ham noqulaylik tug’dirmasligi uchun, ko’p narsani oldindan tayyorlab olish kerak: kerakli hamma narsani tayyorlash, o’z o’rniga qo’yish, xonada to’g’ri haroratni ta’minlash, cho’milish uchun tog’oracha va aftobadagi suvning haroratini me’yorga keltirish. Agar barcha harakatlar algoritmlarni oldindan ko’rib chiqsangiz, bola erkin haraktlanishi uchun uni qanday to’g’ri ushlash kerakligini bilsangiz, yanada yaxshi bo’ladi, shuningdek xavfsizlik qoidalarini esdan chiqarmaslik kerak. Download 100.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling