Yosh onalar maktabi


CHAQALOQ PARVARISHI — QOIDALARI, TAVSIYALAR, OYLIK GO’DAK PARVARISHI ASOSLARI, MUOLAJALAR


Download 100.28 Kb.
bet3/6
Sana04.02.2023
Hajmi100.28 Kb.
#1157824
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
yosh onalar maktabi

CHAQALOQ PARVARISHI — QOIDALARI, TAVSIYALAR, OYLIK GO’DAK PARVARISHI ASOSLARI, MUOLAJALAR


Ba’zi yosh onalar chaqaloq bilan uyda yolg’iz qolishganda haqiqiy vahimaga tushishadi. Bunday vaziyatga yo’liqmaslik uchun, homiladorlik paytidayoq onalar tug’ruqxonadan chiqishganidan keyin yangi tug’ilgan chaqaloq parvarishi qanday olib borilishi va nimalar qilish kerakligini aniq bilishlari, tasavvur qilishlari kerak.

CHAQALOQ PARVARISHI ASOSLARI VA ZARURIY MUOLAJALAR


Yangi tug’ilgan chaqaloqning terisi juda nozik, zaif va sezgir bo’ladi, shuning uchun terini noto’g’ri parvarishlash ko’pincha tezda uning infektsiyalanishiga va infektsion-yallig’lanishli kasalliklari rivojlanishiga olib keladi.
Kichkintoylarda terining eng ko’p yallig’lanishi — yo’rgakli dermatitidir (qizarib, achishi), lekin agar teri ta’sirlanishiga infektsiya ham qo’shilsa, vezikulopustuyloz (yiringli toshmalar, ko’pincha issiqlik toshishi, yo’rgakli dermatitga stafilokokk infektsiyasi qo’shilishi fonida teri qatlamlari, bo’yin, dumbada rivojlanadi), po’rsildoq yara (pemfigus, ko’plab yiringli elementlar paydo bo’lishi bilan xarakterlanadi va gavda, oyoq-qo’llar terisi va yirik teri qatlamlarida turli toshmalar paydo bo’ladi) kabi kasalliklar yuzaga kelishi mumkin.
Jiddiy davolashni talab etadigan bunday noxushliklardan qochish uchun, chaqaloq terisi parvarishi qoidalariga rioya qilish kerak.

CHAQALOQNI ERTALAB YUVINTIRISH


Ertalab go’dakni yuvintirish (yuzini yuvish, ko’zi, burni, quloqlarni tozalash) kerak. Yangi tug’ilgan chaqaloqning burun yo’llari juda tor bo’ladi va burundan nafas olishning buzilishi uchun juda kam miqdordagi shilliq yoki qobiq to’planishi yetarli sanaladi. Shuning uchun, onaning vazifasi — chaqaloq burnini har kuni tozalab turishdir. Kichkintoyning ko’zlari ham kundalik parvarishni talab qiladi. Agar gigiena qoidalariga rioya qilinmasa, konyuktivit — ko’z shilliq qavatining yallig’lanishi rivojlanishi mumkin, bunda ko’z shox pardasining qizarishi, uyqudan keyin kipriklar «yopishib» qolishi, ko’zning ichki burchagida ajralmalar ajralishi kuzatiladi.
Elementar gigiena qoidalariga rioya qilmaslik chaqaloqlar dakriosistiti — tug’ilish vaqtigacha burun-ko’z yosh yo’lining to’liq ochilmasligi va infektsiya qo’shilishi oqibatida ko’z yosh xaltasining yallig’lanishi rivojlanishiga turtki bo’lishi mumkin.

Download 100.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling