Yosh onalar maktabi
Download 100.28 Kb.
|
yosh onalar maktabi
YOSH ONALAR MAKTABI Qo’lida chaqalog’i bor yosh onalarning o’ziga zeb berishga vaqti bo’lmaydi. Shunga qaramay, ayol doim go’zal bo’lib yurishga intilishi darkor. 1. Sochlaringiz doim toza bo’lsin. Yog’langan yoki aksincha qurib ketgan, patak soch ayolni go’zal bo’lishiga yo’l qo’ymaydi. 2. Tirnoqlar vaqtida olingan bo’lishi shart. 3. Uzun sochni turmaklashga vaqt yetmasligi mumkin, lekin chiroyli qilib o’rib qiyilgan soch, ham kun mobaynida buzilmaydi, ham yosh onani yanada go’zal qila oladi. 4. Sochlar turmaksiz ham go’zal ko’rinishga ega bo’lishi uchun go’zal obodoklar, toshli rezinkalar, bezakli nevidimkalar yordam beradi. 5. Qo’lida chaqalog’i bor ba’zi onalar sut tomishi, chaqaloqning ovqati yoki boshqa gigienik vositalarning to’kilishi kabi holatlardan qo’rqib uydagi eng eski kiyimlarni kiyib yurishni xush ko’radilar. Bu davrda ham go’zal bo’lishingiz kerak. Qimmatbaho bo’lmagan, lekin shinam va kulay toza kiyimlarni kiyishga odatlaning. Eskirgan, razmeri to’g’ri kelmaydigan, dog’i bor, yirtiq yoki oqarib ketgan kiyimlarni tashlab yuboring. Siz avallambor ayolsiz. 6. Bo’yanishga vaqt yoki ehtiyoj bo’lmasligi mumkin. Lekin homiladorlikdan so’ng yuzga ozuqa va parvarish kerakligi haqida unutmang. Krem, losyon, yuzni tozalovchi vositalardan foydalanishni to’xtatmang. 7. Ayolning go’zalligi uning charchoviga ham bog’liq. Charchagan ayol go’zal ko’rinishi qiyin. Bola uxlaganida barcha ishingizni surib birga uxlab olishingiz muhim. Dam olish nafaqat go’zal bo’lishga yordam beradi, balki asablaringizni ham tinchlantiradi. 8. «Bolaga sut kerak», deb har narsani yeyish shart emas. Masalan, shokolad, konfet, tort kabi yeguliklar sut ko’payishiga yordam bermaydi, lekin sizga qo’shimcha vazn ta’minlaydi. 9. Kunda hech bo’lmasa, 30 daqiqa davomida yengil jismoniy mashg’ulotlarini bajarishga vaqt toping. O’zingiz bilgan mashg’ulotlar yoki maxsus videodarslar sizga yordam beradi. Jismoniy mashg’ulotlar homiladorlikdan so’ng onaning jismoniy holatini va salomatligini yaxshilaydi. 10. Doim qulay kiyimda yuring. Terlatadigan, uzun, sintetik yoki qo’pol kiyimlar tez-tez terlab turadigan yosh ona teriga salbiy ta’sir ko’rsatadi Download 100.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling