Yosh onalar maktabi
Emizikli ayollarga neontolog maslahatlari
Download 100,28 Kb.
|
yosh onalar maktabi
Emizikli ayollarga neontolog maslahatlari
Ma’lumki, ona bilan bola o‘rtasidagi o‘zaro aloqa homiladorlikning dastlabki kunlaridan boshlanadi. Buni tibbiyotda ona-yo‘ldosh -homila muloqot sistemasi shaklida tushuntiriladi. Farzand dunyoga kelgach esa, bu muloqot davom etadi. Bunda bola onadan ko‘krak suti orqali ozuqa va zarur biologik faol moddalarni oladi. Ona sutida 100 dan ortiq kerakli oziq moddalari bo‘lib, faqat miqdor jihatidan bola ehtiyojini qoplamay, sifat jihatidan ham bolaning yoshiga, sog‘ligiga mos keladi. O‘g‘iz suti va yetilgan ona suti turli kasalliklarni paydo qiluvchi virus va mikroblarga qarshi kurashuvchi moddalarga boy. U bolada immunitet sistemasiniig shakllanishida qatnashadi. Ona sutidagi himoya vafasini bajaruvchi oqsillar bolani turli allergiyalardan ham saqlaydi. Ona sutini emib katta bo‘lgan bolalar o‘z tengdoshlari orasida jismonan va aqlan ajralib turadilar. Ayniqsa, bolalar o‘rtasida ko‘p uchraydigan kamqonlik, raxit, gipotrafiya, allergik kasalliklar aksariyat ona sutiga to‘ymagan bolalarda ko‘proq uchraydi. Ona sutining ajoyib xususiyatlaridan yana biri bola asab sistemasining shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘krak emish orqali ona-bola o‘rtasida aloqa tiklanadi. Onaning bolaga, bolaning onaga bog‘liqligi davom etadi. Bu esa o‘z navbatida, ular o‘rtasida o‘zaro mehr-muhabbat uyg‘otadi. Sog‘lom va baquvvat avlodni o‘stirish uchun har bir ona o‘z farzandini ko‘krak suti bilan boqishi afzalligi keng omma orasida targ‘ib etish zarur. Chaqaloq bolalarni parvarishlash va ovqatlantirish to‘g‘risida onalarga maslahatlar; Tug‘ruqxonada ona va bolaning birga bo‘lishini onadan sanitar-epidemiologik rejimga qat’iy rioya qilishni va tibbiyot xodimlarining talablarini bajarishni talab etadi. Har kuni ertalab ona krovatlari, kushetka, tumbochka, klyonkalar 1 foizli xloramin eritmasi bilan artib chiqiladi va bolaning yuzi berkitilib, xona 20 daqiqa davomida kvartslanadi. Bolani yuvintirish uchun va parvarishlash uchun birinchi kuni hamshira ko‘rsatib tozalangan materiallar bilan ishlashni onaga o‘rgatadi. Qolgan kunlari onalar ertalabdan qo‘llarini sovunlab yuvib, chaqaloqlarni yuvintirishni boshlaydi. Bundan oldin bolaning ko‘zi tozalangan tamponlarda furatsillin bilan ho‘llanib ko‘zining tomirlari burchagidan ichkari tomonga qarab artiladi. Uchinchi tampon bilan yuzi tozalanadi. Bolaning chov sohalari rakovinada iliq oqar suv bilan yuviladi, lekin oyoqlari rakovinaga tegmasligi kerak. Bolani o‘raydigan stol usti 1 foizli xloramin bilan artiladi va o‘raladi. Umuman olganda, ona suti — bu tabiiy resurs hisoblanadi. U hech qanday kuch va mehnat talab qilmaydi. Quydagi tavsiyalar ham mutaxassislar ham onalar uchun muhimdir.
Ona suti — 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun asosiy ozuqa: bolaning to‘g‘ri o‘sishi, rivojlanishi va aqlan tetik bo‘lishini ta’minlaydi. Bolaning immun sistemasini, organizmning himoya kuchini oshiradi va yuqumli allergik kasalliklarning oldini oladi. Download 100,28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling