Yosh onalar maktabi
Download 100.28 Kb.
|
yosh onalar maktabi
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHAQALOQNI TO’G’RI EMIZISH TEXNIKASI
CHAQALOQNI YO’RGAKLASHBa’zi tug’ruqxonalarda, chaqaloqqa hayotining dastlabki kunlaridan boshlab uydan olib kelingan kiyim-kechaklarni kiydirishga ruxsat beriladi. Shuning uchun ham savol tug’iladi: chaqaloqni to’g’ri yo’rgaklashni o’rganish kerakmi? Ko’plab yangi tug’ilgan chaqaloqlarga katta fazoga moslashish uchun vaqt kerak, shuning uchun yo’rgaklangan holda harakatlardagi ba’zi cheklovlar chaqaloqqa ona qornida bo’lganidagi holatni eslatib turadi. Bunday holatda bola tezda tinchlanib, uxlab qoladi. Yo’rgak bola qo’llari va oyoqlari qimirlata olishi va o’zi uchun qulay holatga o’tishini ta’minlaydigan darajada erkin bo’lishi kerak. Erkin yo’rgaklashning ikki turi bor: birinchisida bolaning qo’llari tashqarida qoladi, ikkinchisida — qo’llari bilan birga yo’rgaklanadi. Birinchi haftalarda bolani kechalari qo’llari bilan qo’shib yo’rgaklagan yaxshi, chunki ko’pchilik chaqaloqlar uyqusida qo’llarini silkitib, uyg’onib ketishadi. CHAQALOQNI TO’G’RI EMIZISH TEXNIKASIYosh onaning tug’ruqxonada o’rganishi kerak bo’lgan yana bir vazifasi — chaqaloqni emizishdir. Agar onaning go’dakni emizish bo’yicha tajribasi bo’lmasa, unda hamshira yoki shifokor chaqaloqni ko’krakka qanday qilib to’g’ri joylashtirishni, qaysi holatda oziqlantirish qulay bo’lishini tushuntirishi va ko’rsatishi kerak. Ba’zi ayollarga ona suti (laktatsiya) ishlab chiqarish uchun bir necha kun kerak bo’ladi. Shu kunlarda chaqaloqni imkon qadar tez-tez ko’krakka qo’yib, emishga undash kerak. Bolani to’g’ri uslubda emizish onaga amalda bunga tezroq o’rganib ketishga, shuningdek sut turib qolishi va ko’krakning yorilishlarini oldini olish imkonini beradi. Download 100.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling