Yosh onalar maktabi


Download 100.28 Kb.
bet4/6
Sana04.02.2023
Hajmi100.28 Kb.
#1157824
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
yosh onalar maktabi

GO’DAK TAGINI YUVISH


O’g’il bolalar jinsiy olat boshchasini butunlay qoplab turadigan teri qatlami — chekka kertmak bilan tug’iladi. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda chekka kertmak toraygan bo’ladi, bu fiziologik fimoz deb ataladi va bola 3-5 yoshga yetganida o’z-o’zodan o’tib ketadi. Chekka kertmak ichida maxsus ajralma ishlab chiqaradigan yog’ bezlari mavjud. Agar ona go’dak tagini yetarlicha tez-tez yuvib turmasa, chekka kertmak ostida bakteriyalar to’planishi mumkin, ular o’z navbatida jinsiy olat boshchasi yallig’lanishi — balanopostit rivojlanishiga sabab bo’ladi.
Biroq diqqat qiling: gigienik muolajalar jarayonida chekka kertmakni siljitmaslik kerak, chunki bu jinsiy olat boshchasi va chekka kertmakning bir-biriga birikib ketishiga olib kelishi mumkin. Bolani bunday noxushliklardan himoya qilish uchun, chaqaloqni har safar hojat chiqarganidan keyin yuvib turish kerak, agar hojat chiqarish bo’lmasa, har 2-3 soatda.
Ushbu gigiena qoidalari qizlarga ham tegishlidir. Yangi tug’ilgan qizlar jinsiy a’zosi tuzilishining o’ziga xos xususiyatlari shundaki, jinsiy lablar qinga kirish qismini yaxshi qoplamaydi va qin ishqoriy muhitga ega, bu esa infektsiyani osonlik bilan kirishiga yordam beradi. Bundan tashqari, qizlarda siydik chiqarish kanali (uretra) juda kalta, agar gigiena qoidalariga rioya qilinmasa, u yerga patogen mikroorganizmlar kirishi mumkin, yallig’lanish osonlikcha yuqoriga ko’tariladi va chaqaloqda uretrit (siydik yo’llarining yallig’lanishi), sistit (qovuqning yallig’lanishi) rivojlanadi.
Go’dakni jo’mrak suvi ostida yuvishda qo’rqmaslik uchun yaxshisi oldindan jarayonning nazariyasini o’rganib olish, hatto qo’g’irchoqda amaliyot o’tkazib ko’rish mumkin.

TAGLIKNI ALMASHTIRISH


Birinchi qarashda, taglikni almashtirishni hech qanday qiyin tomoni yo’q, ayniqsa, ushbu amaliyotni tajribali ona yoki bolalar hamshirasi bajarsa. Biroq, birinchi marta taglikni almashtirishga urinib ko’rish yosh onaga qiyin bo’lishi mumkin, natijada, bolada taglik bo’lsa-da, uning kiyimlari namlanadi. Va tajriba bo’lmasa, ona o’zini va chaqaloqni bulg’amasdan, defakatsiyadan keyin tagliklarni yechib olishi ancha qiyin bo’ladi.

Download 100.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling