Yosh tarixshunoslar
Download 474.67 Kb.
|
@yosh ustozlar tarix fani toʻgarak
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inqilobning sabablari.
- Inqilobning boshlanishi.
Uyga vazifa berish
O’quvchilarni baholash Sana: Mavzu: XVII asrda Angliya burjua inqilobi . Sanoat tontarishining boshlanishi Mashg’ulot maqsadi: O’quvchilarda XVII asrda Angliya burjua inqilobi . Sanoat tontarishining boshlanishi haqida bilim berish Angliya inqilob arafasida. XVI asr Angliya uchun muvaf- Ш faqiyatli yakunlandi. Dengizdagi yakka hukmronlik uning chet ellar bilan savdo-sotiq ishlarini tobora kengaytirib bordi. London tashqi savdoda monopol huquqni qo ‘lga kiritdi. Natijada bu shaharda badavlat savdogarlar gumhi vujudga keldi. Ichki savdo hamrivojlandi. 1600- yilda Londonda dastlabki birja ochildi. Qishloq xo‘jaligida ham bozor munosabatlarining qaror topishi tezlashdi. Bu omillaming barchasi katta mavqega ega bo‘lgan о‘rta tabaqaning shakllanishiga olib keldi. Ular, asosan, «isloh qilingan din»ga e’tiqod qilar edilar. О‘rta tabaqa vakillari qirol hokimiyatini inkor etmagan. Aksincha, uning parlament bilan hisoblashishining tarafdori bo ‘lganlar. Burjuacha hayot tarzi - tejamkorlik, mehnatsevarlik va izlanuvchanlik jihatlaii tobora chuqur ildiz otib bordi. Inqilobning sabablari. Angliya qiroli mamlakat parlamenti va «isloh qilingan din» cherkoviga qarshi kurash boshladi. Buning oqibatida vujudga kelgan qarama-qarshilik inqilobning asosiy sababiga aylandi. Qirol Yakov ning maqsadi parlament mavqeini yo‘qqa chiqarish va eski feodal tartiblarni saqlab qolish edi. Qirol mahsulot sifati yomonlashadi, degan bahona bilan yangi ixtirolarni qo‘llashni taqiqlab qo‘ydi. Bu esa manufaktura ishlab chiqarishi rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Hukmron tabaqa, davlat amaldorlari о‘rtasida davlat xazinasini talon-taroj qilish kuchaydi. Qirol hatto ba’zi tovarlarni ishlab chiqarish va sotish uchun mxsatnomani tadbirkor va savdogarlarga xohlagan narxda o‘zi solar edi. Oqibatda savdogarlar xarajatlami qoplash uchun narx-navoni oshirishga majbur bo ‘lardilar. Yakov I ning tashqi siyosatidan ham buijuaziyaning noroziligi kuchayib bordi. Bunga bosh raqib Ispaniya bilan murosasozlik qilinayotganligi asosiy sabab bo‘ldi. Karl I qirolligi davrida (1625-1649) ham vaziyat o‘zgarmadi. U jamiyatda yuz berayotgan о ‘zgarishlami tushunish va ulami qabul qilishni istamadi. Aksincha, Karl I Fransiya monarxi kabi cheklanmagan huquqqa ega bo ‘lishga intildi. Ayni paytda yangi - kapitalistik jamiyat tarafdorlari ham qo ‘1 qovushtirib о ‘tirmadi. Parlament amalda ularning qo ‘lida edi. 1628- yilda parlament qirolning «Huquqlarto‘g‘risidagi bill» va«Huquqlar to‘g‘risidagi petitsiya»ni imzolashiga erishdi. Bu ikki hujjat qirolga parlament roziligisiz birorta yangi soliq joriy etmaslik va sudning mxsatisiz qamoqqa olishlami taqiqlash majburiyatini yukladi. Bunga javoban qirol parlamentni tarqatib yubordi. Shu tariqa mamlakatda qirolning yakka hukmronligi о ‘matildi. Inqilobning boshlanishi. Shunday sharoitda qirol muxolifatning talabi bilan parlamcntni chaqirishga majbur bo ‘ldi. 1640- yilning 3- noyab- rida parlament ish boshladi. Bu sana Angliya burjua inqilobining boshlanishi kuni bo‘ldi. Jamoalar palatasining katta qismini eski tuzumga qarshi tabaqa vakillari tashkil etdi. Parlament birinchi navbatda favqulodda sudlami tarqatib yubordi. Cherkov sudini mhoniy bo‘lmagan shaxslarni sud qilish huquqidan mahrum etdi. Qirol huzuridagi «Maxfiy kengash»ning Oliy sudni amalga oshirish vakolati bekor qilindi. Siyosiy mahbuslar ozodlikka chiqarildi. Matbuot mustaqilligi e’lon qilindi. Qonunsiz to ‘lovlar va jarimalar bekor qilindi. Qirol parlamentning jamoalar palatasini shu palataning roziligisiz tarqatmaslik to ‘g ‘risidagi qonunni imzolashga majbur etildi. Download 474.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling