Yoshdagi bolalar shaxsini shakllantirish omillarining pedagogik xususiyatlari


Bola tarbiyasida pedagogik omillar


Download 138.5 Kb.
bet4/5
Sana30.04.2023
Hajmi138.5 Kb.
#1413948
1   2   3   4   5
Bog'liq
OILA MUSTAHKAMLIGI

2.2. Bola tarbiyasida pedagogik omillar


Sharq mutafakkirlarining merosida ta’lim - tarbiya masalalari muhim o`rin egallaydi. Ayniqsa, ular oila va oilada farzand tarbiyasiga katta e’tibor berganlar. Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Kaykovus, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarning asarlarida oilada bola tarbiyasi masalalari va ularni hal etish yo`llari ko`rsatib berilgan. Abu Nasr Farobiyning fikricha bola tarbiyasi bir maqsadga qaratilgan holda olib borilmog`i va u aqliy va axloqiy tarbiya birligidan iborat bo`lmog`i lozim degan xulosaga kelgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish masalalari Abu Ali ibn Sino merosida yoritilganini ko`rishimiz mumkin. Beruniy ota –onalarning bolalari bilan birga harakat qilishlari, turli o`yinlar uyushtirishlari, ular bilan o`zaro suhbatlar o`tkazishlari maqsadga muvofiq deb maslahat beradi. Beruniy tarbiyaning maqsadi va vazifalari haqidagi, shaxsning rivojlanish to`g`risidagi fikrlarining zamirida insonparvarlik g`oyasi yotadi. U har bir ota –ona o`z farzandlariga ana shu g`oyani singdirishi zarur degan xulosaga keladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar hayotini muhim uyushtirish, ularni vaqtdan to`g`ri va unumli foydalanishning asosiy garovi ekanligini ota – onalar o`z farzandlariga o`qtirishlari lozim. Bola tarbiyasi masalalari bo`yicha Abu Ali ibn Sino “Tadbir almanozil” nomli asarini yozgan. Unda olim ota – onaning bolalarni tarbiyalashdagi vazifalarini yoritilgan. Asarda oilada onaning vazifasi va burchiga, oila munosabatlariga to`xtalar ekan, ayniqsa ota –onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va xunarga o`rgatish borasida muxim fikrlar bayon etadi. Yusuf Xos Xojib “Qtudg`u bilig” asarida oilaviy maishiy turmush muammolariga ham katta e’tibor beradi. Ota –onalar nazoratda bo`lgan bolaning ma’suliyat hissi rivoj topadi. Shu sababli ham bola tarbiyasida ota –onaning mavqyei alohida ahamiyatga egadir. Ular tanlagan to`g`ri yo`l farzandlarining kelajakni, kamoloti uchun psixologiyasida muhimdir. Mirzo Ulug`bekning qarashlarida bolaning bilim olishga bo`lgan qiziqishi havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhim o`rin tutadi. Kaykovus “Qobusnoma” pandnomasida o`z farzanding sening haqingda qanday bo`lishini istasang, sen ham ota –ona haqida shunday bo`lg`il deb yoshlarni ota –onasini hurmat qilishga e’zozlashga, mehr –oqibatli bo`lishga da’vat etadi. Bola tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosida ham munosib o`rin egallaydi. U o`zining qator asarlarida ta’lim –tarbiya masalalari umuminsoniyg`oya ekanligini ta’kidlaydi. Ya.A.Komenskiy o`zining “Onalar maktabi” kitobini maktabga tayyorlash bobida, shunday yozadi, barcha insonlar bajaradigan ishlar, ma’lum bir tayyorgarlikni talab qiladi. Komenskiy ota –onalar uchun quyidagi vazifalarni ko`rsatadi: 1. Bolalarda maktabga borganda o`z tengdoshlari bilan o`qigan va o`ynagan xursandchilik hissini tug`dirish; 2. Bolalarni maktabdagi ta’limning mohiyatini tushuntirish, maktabdagi faoliyat turlari bilan tunishtirish; 3. Bolalar bo`lajak o`qituvchilarga nisbatan hurmat va ishonchni shakllantirish. Ta’lim jarayonida bola imkoniyatlarining namoyon bo`lishi ma’lum darajada nasliy omillar bilan ham bog`liqdir. Bolalar o`z temperamenti xususiyatlariga ko`ra ham bir –birlaridan ajralib turadilar: xushchaqchaq, sergap, quvnoq, xayotning o`zgaruvchan sharoitlariga tez moslasha oladigan bolalar sangvennik tipreramentga mansub; qo`shimcha noxush kayfiyatda yuradigan, ta’sirchan, kamgan, sust bolalar – melanxolik temperamentga kiradilar; xotirjam, befarq, kamharakat, nutqi sust bolalar –flegmatik; jaxldor, betoqat, serzarda, xarakatchan bolalar –xolerik hisoblanadilar. Bolalar kattalarning yordamiga muxtoj bo`lishiga ham qarab bir –birlaridan farq qiladilar. Ba’zi bolalar biror xatti- harakatni bajarishni bir necha marta ko`rsatish, tushuntirish kerak. Bolalar o`zlarini qiziquvchanlik, aqliy faolliklariga qarab ham bir – birlaridan ajralib turadilar. Bolalarning maktabga psixologik tayyorgarligi keng va mukammal bo`lib rivojlangan bo`lishi darkor. Bolalarga qanchalik yaxshi bilim bersak, o`ylaymizki ular kelajakda Vatanga sadoqat ruhida, yetuk inson bo`lib yetishadilar. Demak, tarbiyachi bola shaxsida axloqiy his –tuyg`ularni tarbiyalash uchun hamma vosita va metodlarni qullasa, yaxshi xulq namunalarini o`rgatish ancha oson kechadi. Bolani maktabga tayyorlashda tarbiyani har tomonlama jumladan ma’naviy axloqiy, aqliy estetik, jismonan va mehnat tarbiyalarini birgalikda olib borish yaxshi samara beradi. Ma’naviy tarbiyani bolaga o`tmishda Vatan ravnaqi, el –yurt tinchligi va faravonligi yo`lida kurashgan xalq qahramonlari haqida gapirib berish, mustaqillik, qadriyat va an’analarimizni o`rgatish orqali singdirish mumkin. Oilaviy tarbiya jarayonida shaxsning bir qator axloqiy jihatlari shakllanadigan, boshqa hyech qaysi tarbiya ob’kti oiladagidek yuqori natija bermaydi. Kelajak avlodga estetik tarbiya berishda ham oilaning muhim o`rni bor. Oila davrasida qo`shiqlar kuylanishi, biror ertak yoki asarni oila davriasida o`qish, birga spektakl va kino ko`rish va tahlil qilish va hokazolar bolani estetik tarbiyasini shakllantirishdagi jihatlardir. Bola hayotida mehnat tarbiyasi muhim sanaladi. Mehnat bolalarda uyushqoqlik, diqqat, saramjom – sarishtalikni tarbiyalash, shuningdek maqsadga erishishda sabot va matonat kabi iroda xususiyatlarini rivojlantirish vositasidir. Bola hayotining kun tartibi, odatda sog`lom bola kasalmand va zaif bolaga nisbatan maktab kun tartibiga va butun dars davomida o`zida jo`sh o`rib turgan g`ayratlarini tiyib jim o`tirishga tezroq ko`rinadi. Bolani maktab kun tartibiga tayyorlashda, uning sog`ligini mustahkamlashda ertalab ma’lum vaqtda o`rindan turish, ovqatlanish va uyquga yotishga aniq rioya qilinishi kerak.
Odam bolasining shakllanishi – bu muhim jarayon hisoblanadi. Ma'lumki, hayot davomida inson jismoniy va ruhiy jihatdan o'zgarib boradi. Lekin bolalik, o'smirlik va o'spirinlik davrida shakllanish nihoyatda kuchli bo'ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o'sishi, o'zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi. Tarbiya, irsiyat (nasl) va muhit bolaning rivojlanishida asosiy o'rin tutadi. Agar ana shu uchta omil bolaga ijobiy ta'sir qilsa, u kelajakda barkamol inson bo'lishi va salbiy tomondan ta'sir qilsa, badaxloq kimsaga aylanishi mumkin.
Bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqida Islom dini va ulamolarning asarlarida yetarlicha fikr va mulohazalar bildirilgan. Shu bilan birga bolaning rivojlanishi haqida G'arb faylasuflari ham o'zlarining qarashlarini bayon qilishgan. Quyida biz G'arb va Islom dunyosining bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqidagi fikrlarini keltirib o'tamiz.
Bolaning shakllanishi haqida G'arb faylasuflarining fikrlari.
Biologik yo'nalish – bu yo'nalish tarafdorlari odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishida tabiiy – biologik (irsiy) omillar hal qiluvchi rol o'ynaydi deb biladilar. Ularning fikricha, bola ona qornidalik vaqtida avlod-ajdodlardan o'tgan tug'ma xususiyatlargina rivojlanadi. Ular tarbiya va muhitning rolini cheklab qo'yishadi. Yo'nalishning tarafdorlari Aristotel, Platon hisoblanadi.
Preformizm yo'nalishi – XVI asr falsafasida vujudga kelgan bu oqim namoyandalarining fikricha, bo'lajak shaxsga tegishli barcha xususiyatlarga bola ona qornidaligidayoq ega bo'ladi. Ular tarbiya va muhitning rolini butunlay inkor etishidi.
Bixeviorizm yo'nalishi – bu oqimga amerikalik pedagog va psixolog E.Torandayk asos soldi. 
Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, jumladan, ong va aqliy xususiyat ham nasldan naslga o'tadi. Bu bilan E.Torandayk tarbiyaning shaxs rivojlanishiga ta'sirini butunlay inkor etadi va uni shaxsning xususiyatlariga ta'sir etishdan ojiz deb biladi. Insonning shakllanishida Islom dini va mutafakkirlarning fikrlari Islom dini va mutafakkirlarning asarlarida bolaning shakllanishi uchun tarbiya, irsiyat va muhit ta'siri alohida ta'kidlangan. Shu uch omilning ichida tarbiyaning roli, ayniqsa, ahamiyatli hisoblanadi. Ammo tarbiya ta'sirining kuchi va natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi. Chunki nasl va muhitda kamchilik bo'lsa, tarbiyaning ta'siri sezilmasligi mumkin. Quyida biz uchta omil haqida Islom dini va ulamolarning qarashlarini keltiramiz. Bolaning shakllanishida tarbiyaning ahamiyati Tarbiya – inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi va eng muhim omil hisoblanadi. “Tarbiya” arabcha so'z bo'lib, o'stirdi, rahbarlik qildi, isloh qildi degan ma'nolarni bildiradi. Islom ulamolaridan Rog'ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta'rif qiladi: “Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o'tkaza borib, batamom nuqtasiga yetkazishdir. Tarbiyaning ma'nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg'unlik va muvozanat ila o'stirishdir”.
Tarbiyani insonga yetkazishda ota-onaning o'rni beqiyosligini Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ta'kidlaydilar. Abu Hurayra(roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): “Har bir tug'ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) bilan tug'iladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi...”. Bu hadisi sharifdan irsiyat, ya'ni biologik omil insonni shakllanishida asosiy o'rin tutadi degan fikrni ilgari suruvchi G'arb faylasuf va oqimlarining fikrlari asossiz ekanini va tarbiyaning muhimligini bilib olamiz.
O'rta Osiyolik mutafakkirlardan Forobiy va Abu Ali ibn Sino inson tarbiyasiga ta'sir etadigan omillar ahamiyatiga e'tibor berganlar.
Forobiy inson kamolotida ta'lim-tarbiyaning muhimligini ta'kidlab: Munosib inson bo'lish uchun insonda ikki xil imkoniyat: ta'lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Ta'lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo'ldir...” deydi. Abu Ali ibn Sino oila tarbiyasida ota-onaning o'rniga alohida to'xtalib: “Bola tug'ilgach, avvalo, ota unga yaxshi nom qo'yishi, so'ng uni yaxshilab tarbiya qilishi kerak... Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila baxtli bo'ladi” degan fikrni ilgari suradi.
Bola shaxsining rivojlanishida naslning ta'siri deganda ota-onadan bolaga meros bo'lib o'tadigan jismoniy xususiyatlari (tananing tuzilishi, sochining, ko'zining, terining rangi, bo'y-basti) shuningdek, tananing vertikal holdagi harakati, tafakkur va nutq rivojlanishi, mehnat qilish qobiliyati, tug'ma holatda o'tadigan qobiliyatlar va xususiyatlar tushuniladi. Islom dinida naslga alohida e'tibor qaratiladi. Chunki nasl pokiza va ota-ona ma'rifatli, axloqli bo'lsa, bu xususiyatlar tug'ma holatda bolaga o'tadi va kelajakda komil insonga aylanadi. Agar ota-ona ma'rifatdan yiroq va axloqsiz bo'lsa, ulardan tug'iladigan farzand jamiyatga zarar keltirishi mumkin. Lekin ota-onadan tug'ma holatda o'tadigan qobiliyat va xususiyatlar o'z holicha rivojlana olmaydi, go'yo u “mudroq” holda bo'lib, uning uyg'onishi – rivojlanishi uchun qulay muhit va muttasil tarbiya kerak.
Bolaning shakllanishida muhitning ahamiyati Bola kamolotiga ta'sir etadigan omillardan biri tashqi muhit hisoblanadi. Muhit deganda kishiga tabiiy ta'sir etadigan tashqi voqealar majmui tushuniladi. Bunga tabiiy muhit, oila muhiti va ijtimoiy muhit kiradi. Tabiiy (geografik) muhit – insonning hayot tarziga, xarakteri va mehnat faoliyatiga ta'sir etadi. Masalan, shimolda istiqomat qilayotgan inson, janubda yashayotgan insondan nafaqat jismoniy ko'rinishi, shu bilan birga ruhiyati, dunyoqarashi va xususiyatlari bilan ham ajralib turadi. Oila muhiti – insonning shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Chunki bola ko'z ochib ota-onasini, qarindosh-urug'ini ko'radi. Uning jismoniy va ruhiy rivojlanish davri oila ta'sirida shakllanadi. Agar oilada islomiy muhit mavjud bo'lsa, bolaning axloqi go'zal va fazilatli bo'lib ulg'ayadi. Ijtimoiy muhit – ishlab chiqarish munosabatlari va ularni tartibga solib turadigan ijtimoiy qonun-qoidalar insonga alohida ta'sir ko'rsatadi. Ijtimoiy aloqa, ya'ni insonlararo o'zaro munosabatlar natijasida odam bolasi hayotga va mehnatga tayyorlanadi, kerakli tajriba va bilimlarni egallaydi. 
Jamiyatda ma'naviy muhit yaxshi, adolat ustuvor bo'lsa, inson faoliyatiga ijobiy ta'sir qilishi va aksincha bo'lsa, salbiy ta'sir ko'rsatadi. Demak, insonning kamolotga yetishiga ta'lim-tarbiya, muhit va irsiyat muhim hisoblanadi. Nega bugungi kunda o'tmishda yashab o'tgan Imom Buxoriy, Forobiy, Beruniy va G'azzoliy kabi olimlarga o'xshagan insonlarni uchratmaymiz? Chunki ularning irsiyati toza, ota-onalari solih va soliha bo'lishgan, ular yashagan davrda ilm, ma'rifat va taraqqiyot o'zining cho'qqisiga chiqdi, ya'ni muhit yaxshi bo'lgan va eng asosiysi, ajdodlarimizning tarbiyasiga mas'ul bo'lgan ota-onalari va ustozlari o'z vazifalarini a'lo darajada bajarishgan, tarbiyalarida nuqson bo'lmagan. Agar farzandlarimizning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatuvchi bu omillardagi nuqsonlarni bartaraf etsak, albatta kelajak avloddan Imom Buxoriy, G'azzoliyga o'xshagan zabardast olimlar yetishib chiqadi.
Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o’qishi ko’p jihatdan ularning maktabga tayyorgarlik darajalariga bog’liq. Bola avvalo maktabga jismoniy jihatdan tayyor bo’lishi kerak. 6 yoshli bolalarning anatomik-fiziologik rivojlanishi o’ziga xos tarzda kechadi. Bu yoshda bola organizmi jadal rivojlanadi. Uning og’irligi oyiga 150 dan 200 gacha, bo’yi esa 0,5 sm gacha ko’payadi. 6 yoshli bolalar turli tezliklarda, tez va yengil yugura oladilar. Ular sakrash, konkida yugurish, changida uchish, so’zish singari harakatlarni ham bemalol bajara oladilar. Musiqa bo’yicha mashg’ulotlarda bu yoshdagi bolalar xilma-xil ritmik va plastik harakatlarni bajaradilar, turli mashqlarni aniq, tez, yengil va chaqqon bajara oladilar. Shuningdek, 6-7 yoshli bolalar nerv sistemasini mustahkamlash, ularni surunkali kasalliklardan xalos etish, ko’rish va eshitish qobiliyatiga alohida e’tibor berish, shuningdek, umurtqa pogonasining to’g’ri rivojlanishiga ahamiyat berish, nihoyatda muhim. Kattalar shu yoshdagi bolalar bilan ish olib borar ekanlar, bu yoshdagi bolalar organizmi hali o’sishi davom etayotganligini doimo hisobga olishlari lozim. Masalan, bolani majburan yozishga o’rgatish hali barmoq muskullari to’lik, rivojlanmaganlik sababli ularga ma’lum darajada zarar keltyarishi yoki uni chiroyli yoza olmasligi, o’z-o’zidan bolani o’ziga nisbatan ishonchini yoki o’qishga nisbatan qiziqishini kamayishiga olib kelishi mumkin. Keyingisi bolaning aqliy tayyorgarligidnr. Ko’pincha aqliy tayyorgarlik deyilganda bolaning ma’lum bir dunyoqarashi, jonli tabiat, insonlar va ularning mehnatlari haqidagi bilimlari tushuniladi. Ushbu bilimlar maktabda beradigan ta’limga asos bo’lishi mumkin, Lekin so’z boyligi, ma’lum xatti-harakatlarni bajara olish layoqati bolaning maktabga aqliy tayyorgarligining asosiy ko’rsatkichi bo’la olmaydi. Maktab dasturi bolalardan taqqoslay olish, taxlil ega olish, umumlashgira olish, ma’lum bir xulosa chiqara olish, shuningdek yetarli darajada rivojlangan bilish jarayonlarini talab etadi. Masalan, 6-7 yoshli bola tabiat haqida ayrim hodisalaryaigina emas, balki organizmning tabiat bilan bog’liqligini va o’zaro ta’sirini ham tushunishi va o’zlashtirishi mumkin. 6-7 yoshli bolalar aqliy rivojlanishning natijasi bo’lib, yuqori darajada rivojlangan ko’rgazmali obrazli tafakkur bilan bola atrof olamdagi predmetlarning asosiy xususiyatlarini va predmetlar orasidagi bog’liqlikni ajrata olishidir. Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, ko’rgazmali-harakatli va ko’rgazmali-obrazli tafakkur nafaqat 6-7 yoshli bolalar, balki kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning aqliy rivojlanishida ham asosiy funksiyani bajaradi, Bu borada bolada ma’lum bir ko’nikmalarning tarkib topganligi ham nihoyatda muhimdir.
Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o’qishi nafaqat uning aqliy va jismoniy tayyorgarligi, balki shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyogarligiga ham bog’liq. Maktabga o’kish uchun kelayotgan bola yangi ijtimoiy mavqyeini - turli majburiyatlari va huquqlari bo’lgan va unga turli talablar quyiladigan - o’quvchi mavqyeini olish uchun tayyor bo’lmog’i lozim. Katta bog’cha yoshdagi bolalar asosan, maktabda o’qish uchun ehtiyoj syozadilar, Lekin bu xohish va extiyoj motivi turlicha bo’lishi mumkin. "Menga chiroyli forma, daftar, qalam va ruchkalar sotib olib berishadi. "Maktabda o’rtoqlarim ko’p bo’ladi va men ular bilan mazza qilib uynayman?', "Maktabda uxlatishmaydi" "Maktabning tashqi ramzlari, shubhasiz maktabdagi bolalarni juda qiziktiradi, lekin bu maktabda muvaffaqiyatli o’qish uchum asosiy sabab bo’la olmaydi", "Men otamga o’xshagan bo’lishim uchun o’qishim kerak", "Yozishni juda yaxshi ko’raman", "O’qishni o’rganama” "Maktabda qiyin misollarni yechishni o’rganaman". Ushbu xohish va harakat bolaning maktabda muvaffaqiyatli o’qishi uchun tabiiy ravishda asos bo’la oladi. Bolaning endi o’zini katta bo’lganini, bog’cha bolasi emas, balki ma’lum bir majburiyatlari bor o’quvchi bulishnni anglashi, jiddiy faoliyat bilan shugullanayotganligini bilishi nihoyatda muhim. Bolaning maktabga borishini istamasligi ham salbiy holat hisoblanadi. Maktabda shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayergarlik balalarda tengdoshlari, o’qituvchilari bilan munosabatga kirisha olish xususiyatini shakllantirishni ham o’z ichiga oladi. Har bir bola bolalar jamoasiga qo’shila olishi. ular bilan hamkorlikda harakat qila olishi, ba’zi vaziyatlarda ularga yon bosib, boshqa vaziyatlarda yon bosmaslikka erjsha olishi zarur. Ushbu xususiyatlar bolaning maktabdagi yangi sharoitlarga tez moslasha olishini ta’minlab beradi. 6-7 yoshli bolalar o’qishdagi asosiy qiyinchalik, ko’pincha bu yoshdagi bolalar o’qituvchini uzoq vaqt davomida tinglab olmaydilar. O’quv harakatlariga uzoq vaqt o’z diqqatlarini tuplab olmaydilar. Bunga sabab, faqat, shu yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning rivojlanmaganligida emas, balki bolaning kattalar bilan muloqotga kirisha olishi xususiyatiga ham bog’liq. Chunki, shu xususiyati rivojlangan bolalar erkin muloqotga kirisha oladilar, qiziqtirgan narsalar haqida suray oladilar. Natijada ularning o’qishga bo’lgan qiziqishlari ortadi va o’qituvchi gapirayotgan narsalarni diqqat bilan uzoq vaqt eshita oladilar. Demak, bolaning maktabga tez moslashishi va muvaffaqiyatli o’qishida shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyorgarligining ham ahamiyati juda katta.
Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsi rivojlanishining asosiy o’zgarishlari, ularning o’z shaxsiy sifatlari, layohatlari, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarini anglash, o’zini-o’zi anglashi kabi xislarning yuzaga kelishi hisoblanadi, Kichik maktab davri 6-7 yoshdan 9-10 yoshgacha davom etadi. Bu davrda bola maktab o’quvchilariga quyiladigan turli talablar bilan tanishadi, fan asoslarini o’rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayyorlanadi. Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idrokining o’tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqlagi, o’zining qiziquvchanligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinliga, xotirasining kuchliligi, tafakko’riniig yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatdan va shartli barqaror bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o’qish hisoblanadi. Bolaning maktabga borishi, uning psixologik rivojlanishi va shaxsning shakllanishidaga o’rni nihoyatda katta. Bola o’quv faoliyatida o’qituvchi rahbarligida inson ongining turli asosiy shakllarining mazmunini egallaydi va insoniy an’analar asosida harakat qilishni o’rganadi. O’quv faoliyatida bola o’z irodasini o’quv maqsadlariga erishish uchun mashq hildiradi. O’quv faoliyata boladan nutq, diqqat, xotira, tasavvur va tafakko’rini kerakli darajada rivojlanishini talab etgan holda, bola shaxsi rivojlanishi uchun yangi sharoitlarni yaratadi. Birinchi bor maktabga kelgan bola o’z atrofdagilari bilan psixologik jihatdan yangi munosabat tizimiga o’tadi. U hayotining tubdan o’zgarganini, unga yangi majburiyatlar, nafaqat, har kuni maktabga borish, balki o’quv faoliyati talablariga bo’ysunish ham yuklatilganlignni his eta boshlaydi. Oila a’zolarining bola o’quv faoliyati, yutuklari bilan qiziqayotganligi, shuningdek, uni nazorat qilayotganligi, unga qilinayetgan yangi muomala, munosabat uning ijtimoiy mavqyei o’zgarganini to’la his etishiga, o’ziga nisbatan munosabatining o’zgarishiga asos bo’ladi. Kattalar bolalarni amaliy jihatdan o’z vaqtlarini to’g’ri taqsimlash borasida yaxshi o’qish, o’ynash, sayr qilish va boshqa narsalar bilan shugullanishga o’rgatadilar. Demak, oilada bola u bilan hisoblashadigan, maslahatlashadigan yangi bir o’rinni egallaydi, o’quvchining maktabdagi muvaffaqiyati uning keyingi psixik rivoshi va shaxsining shakllanishida -to’liq ijobiy asos bo’ladi.
Bola insoniy munosabatlar tizimida ham alohida o’rin egallayotganini, ota-onasi, yaqinlari, atrofdagilari unga yosh boladek emas, balki o’z vazifalari, majburiyatlari bor bo’lgan, o’z faoliyat natijasiga ko’ra hurmatga sazovor bo’lishi mumkin bo’lgan alohida shaxs sifatida munosabatda bo’ladilar. Buning natijasida bolaning o’z-o’zidan oilasi, sinfi va boshqa jamoalardagi o’z urnini anglay boshlaganini ko’rish mumkin. Bu davrda bolaning "Men shuni xohlayman? motividan "Men shuni bajarishim kerak" motivi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o’quvchida psixik zo’riqish kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida, balki xatti-harakatida ham, ya’ni ma’lum darajada qo’rquvni kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namoyon bo’ladi. Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan o’zaro munosabatda ma’lum bir natijalarga erishgan, o’zi xoxlayotgan narsalarni hamda, o’z oilasida o’zi egallagan o’rnini aniq biladigan bo’ladi. Shuningdek, u o’zini-o’zi boshqarish malakasiga ega bo’ladi, vaziyat va holatga qarab ish yurita oladi. Bu yoshdagi bolalar xatga-harakatlari va motivlari ularning o’zlariga beradigan baholariga qarab "Men yaxshi bolaman” emas, balki bu xatti-harakatlar o’zgalar ko’z o’ngida qanday namoyon bo’lishiga qarab baholanishini tushuna boshlaydilar. Bola maktab ta’limiga bog’chada tarbiyalanyotganida tayyorlanadi. Maktabga kelish arafasida bolaning so’z boyligi o’z fikrini bayon eta oladigan darajada ortadi. Agar bu yoshdaga normal rivojlanayotgan bola o’z nutqida 500-600 so’zni ishlatsa, olti yoshli bola 3000-7000 so’zni ishlatadi. Boshlang’ich sinf yoshidagi bolalar nutqi asosan ot, fe’l, sifat, son va boglovchilardan iborat bo’ladi. Bu yoshdagi bolalar o’z nutqlarida qaysi so’zlarni ishlatgani afzalu, qaysilarini ishlatish mumkin emasligini farqlay oladilar. 6-7 yoshli bola o’z jumlalarini murakkab grammatik tizimda to’za oladi. Bola butun bolalik davrida nutqni jadal ravishda egallab borib, nutqni o’zlashtirishi ma’lum bir faoliyatga aylana boradi, 7-9 yoshli bolalarning o’ziga xos yana bir xususiyati bola nutqida o’z fikrini bayon etibgina qolmay, balki o’z suhbatdoshining diqqatini o’ziga jalb qilish uchun ham gapiradilar, Bu davrda yozma nutq ham shakllana boshlaydi.
Birinchi sinfga kelgan bola predmetlarning rangi, shakli va kattaligani, ularni makonda joylashishini bilish bilan, birga ularni taqqoslay oladi. Maktabda muvaffaqiyatli o’qish uchun bola sensor rivojlanganlik darajasini yuqori bo’lishi juda muxim. Maktab yoshiga kelib, normal rivojlanayotgan bola rasm va suratlar real hayotni aks ettirayotganligini yaxshi tushunadilar. Shuning uchun ham surat va rasmlarda nimalar aks ettanini real hayetga taqqoslagan holda bilishga harakat -qiladilar. Bola rasmlarda atrofhayotdagi narsalarni kichiklashtirib tasvirlanganligini anglay biladilar. Bu tasvirlar bolalarda estetik va badiiy didni rivojlantiradi. Chunki, bola shu rasmlar orqali olam go’zalligini, uning turfa ranglardan iborat ekanligini anglaydi, ajratadi va o’z munosabatini bildira oladi. Tafakkurning rivojlanishini kichik maktab yoshidagi bola psixikasining sog’lomligida, uning bilish faolligida ko’rish mumkin. Bolaning qiziquvchanligi, asosan, atrof-olamni bilish, o’rganishga qaratilgan bo’ladi. Bola o’ynab turib, olam sir-sinoatlari, sabab-hodisalari va bog’liqlaridan xabardor bo’lishga intiladi. Masalan, bola o’zi mustaqil ravishda qanday predmetlar suvda cho’kishi, qaysilari esa suzishni tadqiq qila oladi. Bola aqliy munosabatlarda faol bo’lsa, u bugunchalik ko’p savol beradi va bu savollar, asosan, xilma-xil bo’ladi, Bolani qor, yomgir qanday yohishi, quyosh kechasi qayerda bo’lishi, mashina qanday qilib yurishi, yerdan osmongacha bo’lgan masafani bilishi juda qiziqtiradi. Bu ularning «Nima uchun?», «qanday qilib?», «Nima orqali?» kabi savollariga javob olishga qaratilgan bo’ladi. Bu yoshdagi bolalar asosan o’zlari ko’rib turgan narsa haqida chuqurroq fikr yurita oladilar. Bu yoshdagi bolalar tafakko’rining asosiy turi obrazli tafakkurdir. 6-10 yoshli bola mantiqiy fikrlay oladi, lekin, bu yosh asosan ko’rganlariga tayanib, ta’lim olishga senzitiv bo’lgan davr hisoblanadi. So’zsiz bugungi jamiyatimizda bolalarning aqliy rivojlanishi yangi bilimlarni tuzilish tipiga ham bog’liq bo’lib, ular ma’lum darajada shakllangan kattalar tomonidan tuziladi. Chunki, aqliy rivojlanish ijtimoiy omillar bilan belgilanadi-individ ijtimoiy munosabatlar bilan o’zgaradi. Bolaning maktabda muntazam ravishda o’qishga o’tishi uning atrof-hayotdagi narsa-hodisalarga nisbatan fikrini va munosabatlarini o’zgarishiga olib keladi. Kichik maktab yoshidash o’quvchilarning tafakkuri mantiqiy fnkrlash, muloxaza yuritish, hukm va xulosa chiqarish, taqqoslash tahlil qilishning turli usullarini qo’llashdek o’ziga xos xo’susiyatlari bilan maktabgacha yoshdagi bolalar va o’smirlardan farq qiladi. Ta’lim jarayonida tafakkur operasiyalariga, mustaqil fikrlashga o’rgatish kichik maktab yoshidgi o’quvchilarni kamol toptirishning garovidir.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida diqqatni irodaviy zo’r berish bilan boshqarish va vaziyatga moslash imkoniyati yaxshi bo’lmaydi. Buning asosiy sababi, ularda ixtiyoriy diqqatning kuchsizligi va beqarorligidir. Bolalarda ixtiyorsiz diqqat ko’proq rivojlangan bo’ladi. Boshlang’ich sinf o’quv materiallarining yaqqolligi, yorqinligi, jozibadorligi, o’quvchida baxtiyor his-tuyg’ular uyg’otadi, irodaviy zo’riqishsiz, osongina fan asoslarini egallash imkonini beradi. 1-2 sinf o’quvchilari diqqatining o’ziga xos xo’susiyatlaridan biri - uning yetarlicha barqaror emasligidir. Shuning uchun ham ular o’z diqqatlarini muayyan narsalarga qarata olaydilar va diqqat obyektlar ustida uzoq tura olmaydi. Ta’lim jarayoni kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning ixtiyoriy, barqaror, mustahkam, kuchli, faol ongli diqqatni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratadi. Bilim olish jarayonida mustaqil aqliy mehnat qilish, misol-masalalar yechish, mashqlar bajarish, takrorlash irodaviy zo’r berish jarayonida ixtiyoriy, ongli diqqat tarkib topadi.
XULOSA

Hozirgi zamon ko‘p bolali oilalarda o‘sib kelayetgan yesh avlodni har tomonlama tarbiyalashning barcha vositalari, shakl va uslublaridan amalda unumli foydalanilmoqda.


Hozirgi kunda ota-onalar hal qilishlari nihoyatda zarur bir qancha tarbiyaviy muammolar mavjud. Bunday muammolar noto‘liq oilalarda nisbatan ko‘p bo‘lib, ular bolalarning ruhiy kamolotida namoyen bo‘lmoqda. Ota-onalar esa har doim ham bu holatni bilib, to‘g‘ri tushunavermaydilar. Ba’zan esa bolalar ham aqli yetadigan masalalar bo‘yicha kattalarga murojaat etmasliklari, masalani ijobiy hal etmasliklari natijasida onalari yeki katta yeshdagi kishilar hayetini, turmushini mushkul ahvolga solib qo‘yadilar.
Umuman olganda hamma oilalar tarbiyasi uchun yaroqli umumiy formula topish mumkin emas, lekin bolalar tarbiyasi bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajribalar asosida oilaning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib, kelajakda kutilish mumkin bo‘lgan tarbiya natijalarini hisobga olib, bir necha omillar haqida maslahat berish mumkin. Masalan, bolalar tarbiyasida oilaviy muhit maxsus ta’sir kuchiga ega. Muhit deyilganda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari, bolalarga ta’sir ko‘rsatish usullari, oilada mavjud bo‘lgan boshqa shakl va uslublar yig‘indisiga aytiladi. Oila muhitining mazmuni ota-onalarning, katta yeshdagi a’zolarining g‘oyaviy-siyesiy ongliliklarida namoyen bo‘ladi.
Bolalar maktab yoshiga yetgach, shaxs shakllanishining yangi mazmuni boshlanadi. Kichik maktab, o’smirlik va katta maktab yoshi davrlarida shaxs shakllanishining yuqori bosqichi namoyon bo’ladi. Inson shaxsini o’rganish masalasi bilan falsafa, psixologiya, pedagogika kabi fanlar shug’ullanadi. Hozirgi davrda inson muammo aniq va gumanitar fanlarning umumiy tadqiqot obyektiga aylanib bormoqda. Shunga qaramasdan, bir tomondan, insonni o’rganishda differensiasiya hodisasi yuz bermoqda, ikkinchi tomondan, inson taraqqiyotining sintetik tavsifi bo’yicha adgoyegrasiya holati ko’zga tashlanmoqda. Inson bir qator fanining tadqiqot obyektiga ekanligini yiri tarzda tasavvur etish uchun uni biososial va sosiobiologik jihatdan o’rganish maqsadta muvofiq. ma’lumki, inson hayoti va faoliyatining operasional (o’quv, operasiya, harakat, malaka) mexanizmi uning ontogenezida funksional mexanizmga o’sib o’tadi, binobarin, unda komillik belgisi shakllanadi, natijada u kamolot cho’qqisini muayyan darajasiga erishadi. Inson - jamiyat - tabiat - turmush munosabatlarini tekshirgan rus olimlari S.Rubinshteyn, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontyev, G.Ananyev odamnivng ular bilan har xil turdagi va ko’rinishdagi kao’zal, strukturaviy, funksional, fazoviy va makoniy aloqalar gazimi mavjudligini ta’kidlab o’tganlar. Birinchidan, inson u yoki bu aloqalar tizimiga binoan biologik mahsuli «Nomo Sapiens sifatida o’rganiladi. Ikkinchidan, tarixiy jarayonning ham obyekti, ham subyekti Tariqasida shaxs tadqiqi etiladi. Uchinchidan, individ muayyan ko’lamda o’zgaruvchan, taraqqiyotning genetik dasturiga asoslanuvchi alohida xususiyatli jonzot tarzida ilmiy jihatdan tekshiriladi. Insonni jamiyat ishlab chiqarishning yetakchi tarkibi, bilish, kommunikasiya va boshqaruv tarbiya predmeti sifatida tadqiq etilishi muhim ahamiyatga ega. Inson va uning borliq bilan ko’p qirrali hamda aloqaga kirshlishi quyidagi tarzda namoyon bulishi mumkin:
-tabiatning biologik va abiotik omillari - inson;
-jamiyat va uning tarixi taraqqiyoti - inson;
-inson - texnika; -inson madaniyat - inson va jamiyat yer va fazo; XXI asrda ham odam individ, shaxs, subyekt, komil inson sifatida talqin qilinishda davom ettiriladi, Lekin har bir tushuncha mohiyatida sifat o’zgarishlari yuz berishi mumkin.



Download 138.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling