Yoshdagi bolalar shaxsini shakllantirish omillarining pedagogik xususiyatlari


Download 138.5 Kb.
bet2/5
Sana30.04.2023
Hajmi138.5 Kb.
#1413948
1   2   3   4   5
Bog'liq
OILA MUSTAHKAMLIGI

Kurs ishining maqsadi: Oila mustahkamligi yo’lida maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsini shakllantirish omillarining pedagogik xususiyatlari haqida ma’lumot berish.
Kurs ishining vazifalari:
- Oila haqida tushuncha berish;
- Oila mustahkamligi yo’lida bolalar tarbiyasi haqida;
- Maktab muhitida bolalar ta’lim-tarbiyasi;
- Bola tarbiyasida pedagogik omillarining ta’siri.
Kurs ishining tarkibi: Kurs ishi kirish, 2 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatdan iborat.
I BOB. OILA MUSTAHKAMLIGI MUQADDAS TUSHUNCHA
1.1. Oila haqida tushuncha

Oila – kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o‘zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi. «Jamiyat» va «oila» tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Bu bog‘liqlik jamiyatning oilalarsiz mavjud bo‘lmasligi hamda o‘z navbatida oilaning ma’lum bir jamiyat tarkibida vujudga kelishi va yashovchanligida ko‘rinadi. Oila hamda jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ikki tomonlama aloqadorlik xususiyatiga ega. Har bir oila umumjamiyat talablari asosida faoliyat yuritadi. Jamiyat taraqqiyotining rivoji esa uning bag‘rida mavjud bo‘lgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy qiyofasining shakllanganlik darajasiga bevosita bog‘liqdir. CHunonchi, ijtimoiy borliqning oilalar zimmasiga qo‘yadigan talablari ularning manfaatlariga zid bo‘lmasa, aksincha, oilalar farovonligi, tinchligini ta’minlashga yordam bersa, oilalar tomonidan ijtimoiy talablarning qo‘llab-quvvatlanishi, ularning amaldagi ijrosini ta’minlash ko‘rsatkichi shuncha yuqori bo‘ladi.


Ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik hamda falsafiy asarlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, oila bola uchun eng asosiy tarbiya muhiti bo‘lib, bu muhitda shaxs kamoloti uchun muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, harakter va dunyoqarash shakllanadi. Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko‘radi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoa orasida, oilaviy munosabatlarni tashkil etish jarayonida anglaydi.
Oilaviy munosabatlar – ota-onalar yoki bolaning kamoloti uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar (buva-buvilar) hamda farzandlar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda tashkil etiluvchi munosabatlardir.
Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta’minlab, ota-onalarda o‘ziga hos faollikni ham yuzaga keltiradi. Xususan, farzandlarning bevosita ta’siri tufayli ularning qiziqish hamda faoliyatlari doirasi kengayadi, o‘zaro aloqalari mazmunan boyib boradi, real hayot mohiyatini chuqurroq anglash, ya’ni, farzandlar kamoloti, kelajagi timsolida o‘z umri davomiyligini kurish holati ro‘y beradi.
Shaxsning ma’naviy sifatlarga ega bo‘lishi, unda ma’naviy bilimlarni egallashga nisbatan ehtiyoj va qiziqishning paydo bo‘lishida oila tarbiyasi asosiy rolni bajaradi. Oilada qaror topgan sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit farzandlarning etuk, barkamol bo‘lib voyaga etishlari uchun beqiyos ahamiyatga egadir.
SHarqda azal-azaldan oila tarbiyasiga yuksak baho berib kelingan. Totalitar tuzum davrida esa oilaning shaxs tarbiyasida tutgan o‘rni inkor etilib, uni ijtimoiy borliq vositasida tarbiyalashga harakat qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida fuqarolarda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usining qaror topganligi, o‘tmish hadriyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishning ortganligi oilaning shaxs kamolotida tutgan o‘rni va rolini holisona baholash imkonini berdi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagi fikrlarni bayon etadi: «Oila turmush va vijdon qonunlari asosiga quriladi, o‘zining ko‘p asrlik mustahkam va ma’naviy tayanchlariga ega bo‘ladi. Oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab-ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. O‘zbekistonning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oilaning, qarindosh-urug‘lari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarining omon-esonligi to‘g‘risida g‘amho‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir».
Davlatning oilaga nisbatan g‘amho‘rligi qabul qilinayotgan qonun va qarorlarda o‘z ifodasini topmoqda. Respublikada «Oila» ilmiy-amaliy Markazi tashkil etilganligi buning yorqin dalilidir.
Ma’lumki, Islom dinining muqaddas manbalari – «Qur’oni Karim» va «Hadisi SHarif»da oila, oilaviy munosabatlarga oid qarashlar o‘z ifodasini topgan. «Qur’oni Karimda»: «Hotinlaringiz zirotgohingizdir» deyiladi. Buning ma’nosi oila qurishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – farzand ko‘rish, ularning komil insonlar bo‘lib voyaga etishlarini ta’minlash ekanligidir. SHuningdek, Islom ma’naviyatida oilani halol, pok saqlash, erkak va ayolning bir-biriga bo‘lgan sadoqati, maishiy buzuqlikning katta gunoh ekanligi takror-takror uqtiriladi. CHunonchi, «Agar bir shaharda loqal bir ayol bir marta buzug‘lik ko‘chasiga kirib, harom orttirsa, bu shahardan qirq yil fayzu barakat ko‘tarilib ketadi» deyilgan. SHunday ekan, ma’naviy jihatdan kamolotga etishmay turib, iqtisodiy farovonlikni ta’minlash mumkin emas.
Oila qurish balog‘atga etgan har bir yigit-qiz uchun hayotiy zaruriyat bo‘lib, ularning o‘zaro ahdu-paymoni asosidagi ijtimoiy birlik sifatida namoyon bo‘ladi. Oilaning mustahkamligi oila a’zolarining totuvligi, er-hotinning oila yuritish ko‘nikma va malakalariga egalik darajasiga bog‘liq. Oilaning mustahkamligida ayolning alohida roli bor. Zero, oila tashvishlarining aksariyati uning zimmasida bo‘ladi. Bu borada buyuk mutafakkir Alisher Navoiy quyidagilarni qayd etadi: «... Er bilan hotin bir-biriga mos tushsa, o‘rtada boylik va saranjomlik bo‘lur. Uy bezagi undan va uylanganning tinchligi undan. Husni bo‘lsa ko‘ngilga yoqimli bo‘lur, yaxshiligi bo‘lsa eon ozig‘idir. Aqlli bo‘lsa turmush intizomli va ro‘zg‘or kerak yorog‘i tartibli va saranjomli bo‘ladi.
Kishi bu hildagi juftga erishsa, balki bunday baht qo‘lga tushsa, yashirin g‘am va kulfatda sirdosh va hamdaming bo‘lur. Turmushdan har jafo ersa, hasratdoshing ul va aylanuvchi osmondan har balo kelsa ko‘makdoshing ul. Ko‘ngling g‘amidin ul g‘am chekadi, badaning zaifligi horg‘inligidan u qiynaladi. ... Nosoz juft uy uchun ham ochiq ham yashiring qo‘rqinchli kasallikdir. Uyatsiz bo‘lsa ko‘ngil undan ozorlanadi, yaramas bo‘lsa undan azob tortadi. Tili yomon bo‘lsa kuyovning ko‘ngli yaralanadi, yomon ishlik bo‘lsa erga yuz qoralik keladi. Mayho‘r bo‘lsa, uy obodligi yo‘qoladi va buzuqi bo‘lsa, uy ichi rasvogarchilikka aylanadi.
Oila tarbiyasi, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, ota-onalar yoki shaxs kamoloti uchun mas’ul shaxslar tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama etuk, sog‘lom etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. Ota-onalar o‘zlarining ijtimoiy burchlarini bajarar ekanlar, farzandlarida mehnatga, uni tashkil etuvchilarga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat tuyg‘usini shakllantirish, ularni ijtimoiy-foydali mehnatga tayyorlash, turli ko‘rinishdagi munosabatlarni uyushtirish vaqtida tartib-intizomga amal qilish, ijtimoiy me’yorlarga og‘ishmay rioya etish, sog‘lom turmush tarzini yaratish, o‘z shaxsiy hayotlari mazmunini belgilashda maqsad, so‘z va faoliyat birligini ta’minlash borasida har tomonlama ijobiy ibrat namunasini ko‘rsatadi.
Shaxs shakllanishiga ta’sir etishning ijtimoiy-ruhiy asosiga ega oila jamiyatning ajralmas bo‘lagi sifatida ijtimoiy vazifalarni bajarish bilan birga o‘ziga hos xususiyatlarni ham akslantiradiki, bunday xislat psixologik qarama-qarshilik hamda harakterlar to‘qnashuvidan iborat ijtimoiy munosabatlardan toliqqan inson organizmi ning ishchanlik qobiliyatini qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan mo‘’tadil iqlimni hosil qila oladi. Bu tuyg‘u halqimiz ruhiyatidagi o‘ziga hos xususiyatlardan biridir.
Oila tarbiyasida ob’ektiv va sub’ektiv omillarning roli katta. Oilaning moddiy ta’minoti va farovonlik (maishiy turmush) darajasi, oila byudjetining mavjud holati, undan oqilona foydalanish borasidagi tajriba, sog‘lom ruhiy muhitning barqarorligi va hokazolar ob’ektiv omillar sanalsa, oiladagi shaxslararo munosabatlar mazmuni, oila a’zolarining fiziologik, psixologik, madaniy jihatdan komillik hamda ma’lumot darajasi, ularning qiziqish va ehtiyojlari o‘rtasidagi mutanosiblik, oilaviy hayotni tartibga solish borasidagi o‘zaro yordam, hamkorlik, birlik tamoyillariga tayanish kabilar sub’ektiv omillar sirasiga kiradi.
Bolalarda ijtimoiy-dunyoviy bilimlarni egallashga bo‘lgan intilish, ijtimoiy faoliyatning shakllanishida ota-onalarning samarali ishtirok etishlari hal qiluvchi omil bo‘lib, bu oia tarbiyasini muvafiqiyatli amalga oshirishning zarur shartlaridan biri.
Oila tarbiyasida bolalar hayotini to‘g‘ri yuritish ularni vaqtdan to‘g‘ri va unumli foydalanishlarining asosiy garovidir. Bolalarning oiladagi vaqtini o‘yin, mehnat va o‘qish faoliyatlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash nihoyatda muhimdir.
Oila jismoniy va psixologik jihatdan sog‘lom, ma’naviy barkamol, mehnat, ijtimoiy hamda oilaviy hayotga tayyor shaxsni shakllantirib berishi lozim. Oila tarbiyasining mazmuni bolalarga ijtimoiy tarbiyaning mazkur yo‘nalishlari – jismoniy, axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy-g‘oyaviy hamda jinsiy ta’lim berish, ularda faoliyat ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Oila muhitida tashkil etiladigan jinsiy tarbiya o‘zida bolani jinsiy jihatdan chiniqtirish, ularni tozalik va ozodalikka o‘rgatish, o‘z sog‘ligi uchun g‘amho‘rlik qilish va mas’uliyatli bo‘lishni ta’minlashga qaratilgan harakatlarning mazmunini ifoda etadi. Bolalarning sog‘lom bo‘lishlarida ularning kundalik hayotiy rejimga amal qilishlari nihoyatda muhimdir. Ota-onalar yoki oilaning katta vakil avlodlari bolalarning mehnat qilishlari va dam olishlarini tartibga solishga ahamiyat berishlari kerak.
Organizmning bir maromda ishlashi bola salomatligini saqlash va mustahkmlashgagina yordam berib qolmay, shu bilan birga uning barcha yumushlarni tartibli va sifatli bajarishi uchun imkon yaratadi.
Markaziy asab tizimining mustahkamlanishi uchun yaxshi dam olish talab etiladi. Tiniqib uhlash bosh miya asab hujayralarini to‘la orom olishini ta’minlaydi. Bu esa butun organizmning mo‘’tadil o‘sishiga, uning ish qobiliyatini saqlash va qayta tiklashga yordam beradi.
Inson salomatligini saqlashda ertalabki badan tarbiyaning ahamiyatini bolalarga tushuntirish hamda ularning ertalabki badan tarbiya bilan shug‘ullanishga ko‘niktirib borish ota-ona nazoratini talab etadi. Badan tarbiya bolani saranjomlik, intizomga ham o‘rgatib boradi.
Ovqatlanishning to‘g‘ri tashkil etilishi ham bolaning sog‘lom bo‘lib o‘sishining asosiy omillaridan biridir. Ota-onalar tomonidan bolaning belgilangan muayyan soatlarda ovqatlanish, ovqatlanishdan avval qo‘lni yuvish, ovqatdan keyin og‘izni chayish, shuningdek, kuniga ikki marta (ertalab va kechqurun) tish tozalash, haftada bir marta vanna (yoki dush, hammom)da cho‘milish, qo‘l va oyoq tirnoqlarini olishga odatlantirib borishlari zarur. Ushbu holatlar bolalarda jismoniy madaniyat unsurlarini shakllantiradi.
Axloqiy tarbiya oila tarbiyasining o‘zagini tashkil etadi. Oilada uyushtirilajak axloqiy tarbiyaning maqsadi bolalarda eng oliy axloqiy sifatlar ota-ona hamda oilaning boshqa a’zolari, shuningdek, atrofdagilarga nisbatan mehr-muhabbat, kattalarga hurmat, kichiklarga muruvvat, kamtarlik, to‘g‘riso‘zlik, mehnatsevarlik, sahovat, insonparvarlik, adolat, vijdon, or-nomus, g‘urur, intizom, ijtimoiy burchni anglash va hokazolarni shakllantirishdan iboratdir. Shaxsda mazkur sifatlarning qaror topishida oiladagi sog‘lom muhit, oila a’zolarining psixologik jihatdan o‘zaro yaqinliklari, ehtiyoj, qiziqish va hayotiy yondoshuvilaridagi umumiylik, bir-birlarini har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlay olishlari, ota-onalar tomonidan barcha farzandlariga nisbatan qo‘yilayotgan talablar, shuningdek, ularga ko‘rsatilayotgan e’tiborning bir hil bo‘lishi oila tarbiyasida ijobiy natijalarga erishishning omillari sanaladi. Oilada muayyan an’ananing qaror topganligi, unga oila a’zolari tomonidan bildirilayotgan hurmat, shuningdek, keksa avlod vakillarining shaxsi, ularning ijobiy sifatlari, mehnatda erishgan (garchi u oddiy bo‘lsa ham) yutuqlari, atrofdagilar bilan munosabati borasidagi suhbat yoki hotiralarning tashkil etilishi bolalarda hayotiy e’tiqodning shakllanishini ta’minlaydi.
1.2. Oila mustahkamligi yo’lida bolalar tarbiyasi

Hozirgi zamon oilalarning tarbiya jabhalaridagi umumiy va xususiy tomonlarini, vazifalarini bilish nihoyatda ahamiyatlidir. Chunki bir bolalarning bog‘cha va maktabda olayetgan bilimlarini, aqliy qiziqishlarini hisobga olganimizdagina oilaviy tarbiya ishi samaradorligini ta’minlashimiz mumkin. Biz tarbiyaviy vazifalarimiz xususiyatlaridan kelib chiqib, bolalar kamolotiga yakka holda yendashish, aqliy, axloqiy, mehnat tarbiya ehtiyejini shakllantirish, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish malakasi, maishiy mehnat, ietimoiy mehnatga ma’naviy-ruhiy tayyerlash kabi mezon va qoidalarni hisobga olib ish tutishimiz ijobiy maqsadga muvofiqdir. Bunisiz tarbiya jarayenini ijobiy hal qila olmaymiz.


Oiladagi tarbiyaviy jabhalarning saviyasi uning tuzilishiga, ko‘p bolalik yeki kam bolalik, ikki yeki uch avlodning birgalikda yashashi, ota-onaning mavjudligi yeki ulardan birortasining yo‘qligi, har ikki jinsdagi (o‘g‘il-qiz) bolalarining borligiga, ota-onalarning ma’lumot saviyasiga, oila a’zolarining ijtimoiy ahvoliga, bolalar tarbiyasi bo‘yicha o‘z burchlarini his etishlari, er va xotinning tarbiyaviy jabhalarga munosabati kabi ijtimoiy omillarga bog‘liq. Shuningdek, oilaviy tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini aniңlashda oila tuzilishining milliy o‘ziga xosligini aniqlashda oila tuzilishining milliy o‘ziga xosligini va milliy an’analardan foydalanish darajasini hisobga olish lozim.
Bolalar tarbiyasi oilaning insonni buned etuvchi tabiiy va ijtimoiy moxiyati bilan uzviy bog‘liqdir. Xuddi shu ma’noda tarbiya o‘z mohiyatiga ko‘ra shunday bir jarayenki, u tarbiyalanuvchining biologik, ijtimoiy ehtiyej turlarini, o‘zining qadri, qiziqish va g‘oyalarini jamiyat talablariga bo‘ysundirishda namoyet bo‘ladi.
Bola oilada, maktabda, ota-onalar bilan munosabatda, jamoat joylarida, katta yeshdagilar, o‘rtoqlari bilan muloqotda tajriba orttirib boradi.
Oilalarda bolalarga tarbiya berishda ota-onaning namunasi, ularning mehnatsevarligi, oilaviy ishlarga javobgarligi, ish yuritishi, o‘g‘il bolalarga nisbatan otaning, qizlarga esa onaning ustozlik, rahnamolik ishlari asosiy o‘rinni egallaydi. Bu fikrlar oilalarda o‘tkazilgan anketa ma’lumotlari yerdamida aniqlandi.
Anketa mazmunida quyidagi savollar bor edi.
1. Familiyangiz, ismingiz, otangizni ismi, tug‘ilgan yilingiz, ma’lumotingiz, kasbingiz va adresingiz.
2. Oilangizda necha farzandingiz bor.
3. Sizning sevgan mashg‘ulotingiz.
4. Bolangiz sevgan mashg‘ulotlarni sanab bering.
5. Oilangizda farzandlaringiz mashg‘uloti uchun qanday sharoitlar mavjud. Maxsus xona, stol, stul, kitob shkaflari, radio va boshqalar.
6. Bolangizni tarbiyalashda qiynalyapsizmi. Ha yeki yo‘q.
7. Sizningcha oila tarbiyasini nima qiyinlashtiryapti. (Tarbiyaga oid bilimlarning yetishmasligi, ota-onalarning bemaslahat ish olib borishi, bolalarni ish bilan band etmaslik, yeshiga, qiziqishlariga qarab muomala qilmaslik, xo‘jalik ishlarining bajarilishida ishtirok etmasligi va hokazo).
8. Siz tarbiya ishida uslublar zarur deb hisoblaysizmi. Ha yeki yo‘q. Bir kunda necha soat bola tarbiyasi bilan shug‘ullanasiz.
9. Oilangizda bola tarbiyasi bilan kim ko‘proq shug‘ullanadi, bobosi, buvisi, onasi, otasi, akasi, opasi va boshqalar.
10. Siz ko‘proq nima tufayli bolangizga tanbeh berasiz, jazolaysiz, kelisha olmaysiz.
11. Siz va bolalaringizning kelajak haqidagi qarashlarida qarama-qarshilik mavjudmi. Fikrlaringiz to‘g‘ri keladimi. Ha yeki yo‘q.
12. Bolangiz nima sababdan u yeki bu noo‘rin xatolarga yo‘l qo‘yishi hollariga e’tibor berasizmi. Ha yeki yo‘q. Sababini surishtirmay jazolaysizmi. Sababini hisobga olasizmi.
13. Oilangizda o‘z-aro munosabatni qanday baholaysiz.
14. Qizingiz yeki o‘g‘lingiz haqida kimlardan ko‘proq ma’lumot olib turasiz. Kishilardan, jamoatchilikdan, o‘qituvchilardan yeki boshqalardan.
15. Tarbiyaga oid Adabiyotlarni, ro‘znoma va oynomalarni muntazam o‘qib borasizmi. Tarbiya ishlari haqidagi qanday gazeta va jurnallarga obuna bo‘lgansiz.
16. Tarbiyaga oid oynai jahon ko‘rsatuvlarini tomosha qilasizmi. Eshittirishlarni muntazam eshitasizmi.
17. Oilangizda bolalaringizga ertak, maqol, topishmoqlar aytib berasizmi.
18. Shu o‘quv yilida necha marta va nima sababdan maktabda bo‘ldingiz.
19. Necha marta va qanday maqsad bilan sinf rahbarlari uyingizda bo‘ldi. Har oyda necha marta sinf rahbari siznikiga keladi.
20. Bolalarning o‘zlashtirishi va tarbiya sifatlarini yaxshilash uchun qanday maslahat berasiz.
Kuzatishlarning ko‘rsatishicha, kam bolali oilalarga nisbatan ko‘p bolali oilalarda tarbiya imkoniyatlari ko‘r va rang-barangdir.
Yeshlarni oilaviy hayetga, nikohga tayyerlashda, oila mustahkamligini ta’minlashda nikohlanuvchilarning ota-onalari saviyasiga, turmush tarziga, xarakter xususiyatlariga va nihoyat, kasb faoliyatlariga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir.
Oila xo‘jaligida mehnat taqsimoti eng qadimiy va madaniy ijtimoiy bir holdir. Hozirgi kunda esa, shahar va qishloq oilalarida er va xotin o‘zaro mas’uliyatli ishlarni bo‘lishib olishning ko‘plab turlarini vujudga keltirishdi. Aniqroq qilib aytganda, barcha oilaviy ishlarni bajarishda teng huquqlilik yo‘nalishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayniqsa, bu bolalar tarbiyasi vazifasining bajarilishida ko‘proq namoyen bo‘lmoqda.
Bitta yeki kam bolali oilalarda bola tarbiyasi.
Tug‘ilish axloqning rivojlanishi, o‘sish ko‘rsatkichidir. Biroq keyingi o‘n yilliklar ichida ko‘p bolali oilalarning keskin kamayishi hisobiga bitta, ikkita bola bilan cheklanish, oilada tug‘ilishning pasayishiga olib keldi.
Bola tarbiyasiga ko‘p vaqt sarf qilinadi. Lekin oilada tug‘ilgan yakka farzand kattalarning jonli o‘yinchog‘i, seviklisi, kattalarning diqqat markazi, quvonchi va erkatoyi sifatida voyaga yetadi. Uning biron narsadan noroziligi va yig‘isi ota-ona dunesini qorong‘ilashtiradi. O‘zlari yemay-ichmay, yakka farzandlarini oq tarab, kiyintirib, hatto turli-tuman sovg‘alar uyushtiradilar. Bu bilan bolasining kelgusi taraqqiyetini buzayetganliklarini o‘yoashni ham yeqtirmaydilar.
Oila tarbiyasida sharoit, ya’ni ularning qishloq yeki shaharda yashashlari ham bolalar tarbiyasiga u yeki bu darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Odatda, qishloq sharoitida yashovchi oila farzandlari yeshligidan boshlab kuchi yetadigan ishlarga jalb etiladi, ya’ni ular uy yumushlarini bajarish, uy hayvonlarini parvarishlash, ularga yem, suv berish, ota-onalariga dalalardagi hosilni, poliz ekinlari, mevalarini yig‘ib-terib olishlarida yaqindan yerdam berishadi. Qizlar esa uy yumushlarini, ya’ni tozalash, ovqat pishirish, xamir qorish, nrn yepish va hokazo mashgulotlarni jon-dilidan bajaradilar. Shahar oilalaridagi sharoit ulardan tubdan farq qiladi. Ozchilik bo‘lsa-da shahar oilalarining bolalari maktabning turli jonli burchaklarida, tajriba ishlarida, daraxtlarni parvarish qilishda ishtirok etishadi. Lekin bu ishlarni ota-onalarining ishtirokisiz, har zamonda bajaradilar. Natijada bekorchilik kuchayadi yeki sport maydonchalaridan beri kelishmaydi, shahar bo‘ylab sang‘ib yurishadi.
Ko‘p bolali oilalarda bolalar tarbiyasi
Ziyeli va xizmatchilar oilasining qishloqda yeki shaharda yashashlariga qarab bolalariga beriladigan tarbiyada ham birmuncha farqlar mavjud. Shaharlarda yashovchi ko‘p bolali ziyeli yeki xizmatchi oilalaridan farqli o‘laroq qishloqlardagi shu toifadagi oilalarda bolalar siyesiy, madaniy-oqartuv ishlaridan tashqari ota-onalari ham, bolalar ham xo‘jalik dalalarida, bog‘ va polizda mehnat qiladilar. Qo‘lidan ish keladigan barcha yeshlar ota- onalari yenida muntazam mexnat qilish bilan band bo‘ladilar, jismoniy mehnatga nisbatan tayyer bo‘lib voyaga yetadilar.
Tarbiyaning samaradorligi oiladagi bolalar mehnati, ularning uy xo‘jaligidagi faol ishtiroki, shuningdek, oilaviy turmush sharoitlari bilan belgilanadi. Qishloq oilalaridagi tarbiya o‘zining strukturasi va mazmuniga ko‘ra ishchi, xizmatchi va ziyeli oilalardan tubdan farq qiladi. Ayrim holatlarni hisobga olmaganda qishloq oilalari bolalari yilning deyarli barcha fasllarida ham mehnat faoliyatiga tortilgan bo‘ladi.
Ko‘p bolali dehqon oilalaridagi tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shuki, bunday oila bolalar jamoasining markazi, asosiy tarbiya vositasi esa ota-onaning namunasi, ularning xulqi, odobi, bir-birlariga bo‘lgan iliq muomalalari, oiladagi, ishlab chiqarishdagi aktiv jismoniy mehnatlaridir.
Bolalar nutqi shakllanishi, rivojlanishi asosida ularni kattalarga hurmat, do‘stlik, insoniylik, halollik kabi odob qoidalariga o‘rgatib boriladi. Shu asosda oilada kundalik ish davomida bolalarda xulq-atvor mezonlarini qaror toptirib boradi. Xuddi ana shu xulqiy mezonlar asosida keyinchalik axloqning murakkab shakllari – jamoatchilik, vatanparvarlik, hayetning ijtimoiy-siyesiy tomonlariga qiziqishning dastlabki shakllanish jarayeni davom etadi. Oiladagi axloqiy tarbiya faqat xulqni tarbiyalash bilan cheklanmasdan, balki barkamol inson axloqini to‘g‘ri tasavvur qildiradi, uning tarkibi, ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Mana shu asosda oila a’zolarida inson xarakteri, hayet bosqichlari qaror topadi. Oilaviy hayetning o‘ziga xosligi ham mana shunda.
Hozirgi zamon ko‘p bolali oilalarda o‘sib kelayetgan yesh avlodni har tomonlama tarbiyalashning barcha vositalari, shakl va uslublaridan amalda unumli foydalanilmoqda.



Download 138.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling