Yoshlar akademiyasi 1-qism biologiya fani biologiya
Download 71 Kb.
|
1-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- J.B.Lamark
- Tekshirish obyektiga ko’ra
1-QISM 1. BIOLOGIYA FANI Biologiya - hayot haqidagi fan bo'lib, yunoncha "bios" - hayot, "logos" - ta'limot (fan) degan ma'noni anglatadi. Biologiya atamasi 1802 - yilda fransuz olimi J.B.Lamark va nemis olimi G.R.Trevinarus tomonidan fanga kiritilgan. Biologik sistemalarda ro’y beradigan fizik jarayonlarni biofizika, organizmlarning Kimyoviy tarkibi,ulardagi Kimyoviy jarayonlarni biokimyo,Tirik organizmlarning yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini biogeografiya fani o’rganadi. Bionika texnik sistemalar yaratishni o’rganadi. Tekshirish obyektiga ko’ra Biologiya fani bir qancha sohalarga bo’linadi. Botanika-o’simlikalar,zoologiya-hayvonlar, mikrobiologiya-mikroorganizmlar, mikologiya-zamburug’lar,gidrobiologiya-suv muhitidagi organizmlar, paleontologiya-qazilma holdagi organizmlar,ekologiya esa organizm va muhit orasidagi munosabat to’g’risidagi fan hisoblanadi. Anatomiya-Organizmlar organlari tuzilishini, fiziologiya esa funksiyasini, embriologiya-murtak(embrion) rivojlanishini, sistematika-organizmlarning sistematik guruhlarini,o’zaro qarindoshlik munosabatlarini, etiologiya-hayvonot olamining xulq-atvorini tadqiq etadi. 2. Biologiyaning ilmiy - tadqiqot usullari a) Kuzatish usuli. Uning yordamida har qanday biologik hodisani tasvirlash, ta'riflash mumkin. Bu usuldan tirik organizmlar miqdor va sifat ko'rsatkichlarini ta'riflashda va turlarni aniqlashda foydalaniladi.K.Linney nomi bilan bog’liq b) Taqqoslash usuli yordamida tirik organizmlarning turli sistematik guruhlar, organizmlar, biogeotsenozlarning tarkibiy qismlaridagi o‘xshashlik va farqini aniqlash yo‘li orqali ularning mohiyatini ochishga asoslangan. Bu usulda olingan ma’lumotlar bilan hujayra nazariyasi, sistematika, biogenetik qonun va irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatorlari qonuni kashf etilgan. Download 71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling