Yoshlar akademiyasi 1-qism biologiya fani biologiya


Download 71 Kb.
bet5/6
Sana18.01.2023
Hajmi71 Kb.
#1098814
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu (1)

9. Prokariotlar — yadrosi to‘liq shakllanmagan, ya’ni haqiqiy yadroga ega bo‘lmagan organizmlardir. Irsiy belgilar DNK da joylashgan.
DNK — dezoksiribonuklein kislota halqasimon shaklda bo‘ladi. Jinsiy ko‘payish kuzatilmaydi. Hujayra amitoz yo‘l bilan bo‘linadi.
Prokariotlarning ko‘pchiligi erkin azotni o‘zlashtirish xususiyatiga ega.
Oziqlanishi oziq moddalarning hujayra qobig‘i orqali shimib olinishi bilan kechadi. Hazm qiluvchi vakuolalar bo‘lmaydi, ba’zan gazli vakuolalar uchraydi. Prokariotlarga bakteriyalar va ko‘k-yashil suv o‘tlari kiradi.


Bakteriyalar bir hujayrali, ba’zan ipsimon yoki shoxlangan, koloniyali
organizmlar bo‘lib, ular shakl jihatidan uch guruhga ajratilgan:
1. Sharsimon-kokklar; 2. Tayoqsimon-batsillalar; 3. Buralgan-vibrionlar,
Spirillalar
Hujayra po‘sti murein moddasidan iborat.
Bakteriyalar noqulay sharoitda spora hosil qilish xususiyatiga ega.
Tayoqchasimon sil kasalligi sekin rivojlanadigan kasallik hisoblanadi. Bakteriyalar orqali tez tarqaladigan xavfli kasalliklarga o‘lat, vabo, kuydirgi, qizamiq, chechak, ichburug’, qoqshol, terlama va bo’g’ma kabi kasalliklarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Tugunak bakteriyalar yiliga bir gektar maydonda 200 kg gacha azot to‘playdi.


Ko‘k-yashil suvo‘tlar (sianobakteriyalar)
Bir hujayrali va koloniya hosil qiluvchi organizmlar bo‘lib, ko‘p hujayrali vakillari to‘g‘ri yoki bukilgan, hatto spiralsimon shakllari mavjuddir. Hujayrasida xilma-xil pigmentlar uchraydi, lekin ular orasida ko‘k fikotsian va yashil xlorofill pigmentlari ko‘proq bo‘ladi.
Hujayra po‘sti pektindan iborat. Hujayrada fotosintez mahsuli sifatida oqsil donachalari zaxira moddalar sifatida to‘planadi. Ko‘k-yashil suvo‘tlar bo‘limining bir hujayrali vakillariga Xrokokk, ipsimon holdagi vakillariga ossillatoriyani, koloniyali holdagi vakillariga esa tallomli nostokni misol qilish mumkin.



Download 71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling