Yoshlar akademiyasi 1-qism biologiya fani biologiya


Download 71 Kb.
bet2/6
Sana18.01.2023
Hajmi71 Kb.
#1098814
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu (1)

c) Tarixiy usulning biologiyada qo‘llanishi
Ch.Darvinning nomi bilan bog‘liq. Bu usul biologiyada chuqur sifatiy o‘zgarishlarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan omillarni o‘rganadi. Tarixiy usul hayotiy hodisalarni o‘rganishning asosiga aylangan. Mazkur usul yordamida organik dunyoning evolutsion ta’limoti yaratildi. Turli era va davrlarda organizmlarning paydo bo’lishi va organik olam evolutsiyasini o’rganishda qo’llaniladi.


d) Eksperimental (tajriba) usuli
Ibn Sino asoschisi.
Maxsus tashkil etilgan sharoitda tirik organizmlar tuzilishi,hayot jarayonlarni o’rganadi. G.Mendel irsiylanishning qonuniyatlarini o’rganishga bag’ishlangan ishlari fanda tajriba usulini qo’llashning yorqin namunasidir.


e) Modellashtirish usulining mohiyati Tirik tabiatdagi hodisalar va ularning jihatlarini matematik belgilarga aylantirib, model tarzida qayta tiklab o’rganishdan iborat.
Bu metod orqali ro’y berishi mumkin bo’lgan
voqea-hodisalarni oldindan bilish imkoni yaratildi.
3. Hayotiy jarayonlar boshqarilishi :


Bir hujayrali hayvonlar boshqarilishi
gumoral-kimyoviy yo’l bilan amalga oshadi.
Ko’p hujayrali hayvonlar boshqarilishi
nerv-gumoral yo’l bilan amalga oshadi.
O’simliklarda o’sish va morfofiziologik rivojlanishini biologik faol moddalar stimulatorlar-fitogormonlar (auksin,gibberellin,sitokinin) boshqaradi.


4. OZIQLANISH Turlari

Tirik organizmlar energiyaning qanday manbayidan foydalanishiga ko’ra avtotrof va geterotroflarga ajratiladi.




Avtotroflar organik moddalarni anorganik moddalardan sintez qiluvchi organizmlardir.
Organik moddalarni sintezlash uchun energiya zarur. Avtotroflar qaysi energiya turidan foydalanishiga ko’ra fototrof va xemotroflarga bo’linadi.
a) Fototroflar-yorug’lik energiyasidan foydalanib organik moddalarni sintezlaydigan organizmlardir. Fototroflarga barcha yashil o’simliklar va sianobakteriyalar kiradi.
b) Xemotroflar anorganik moddalarning oksidlanishidan hosil bo’lgan energiyani organik birikmalar energiyasiga aylantiruvchi organizmlardir. Xemotroflarga nitrifikator , oltingugurt,vodorod va Temir bakteriyalari kiradi.


Geterotroflar organik uglerod manbayidan foydalanuvchi,ya’ni tayyor organik moddalar bilan oziqlanadigan organimzlardir.Geterotrof organizmlar o’z hayot faoliyati uchun zarur energiyani organik birikmalarni parchalash hisobiga oladi.Geterotrof oziqlanishning bir necha Tiplari farqlanadi:
a) Golozoy oziqlanish bir necha bosqichdan iborat:oziqning yutilishi,hazm qilinishi,ya’ni fermentlar ta’sirida parchalanishi,so’rilishi.
Oziqlanishning bu tipi o’txo’r va yirtqich hayvonlarga xos.

Download 71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling