Yoshlar akademiyasi 1-qism biologiya fani biologiya
Download 71 Kb.
|
1-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Eslatma !!! Suvda yashovchi ko‘pchilik hayvonlar suvni tozalovchi — biofiltr
- 7. Tiriklik
8. Biogeotsenoz ( Ekotizm)
a) Organizmlar munosabatlari: - hamtovoqlik (kommentsalizm) - hamsoylik (sinoykiya) - mutualizm - parazitizm - yirtqichlilik b) Energiya to’plash va taqsimlash 9. Biosfera (ekosfera) a) Moddalar davriy aylanishi b)Energiya davriy aylanishi c) Uglerod davriy aylanishi. d) Azot davriy aylanishi: - ammonifikatsiya - nitrifikaatsiya - denitrifikatsiya - azotfiksatsiya 6. Eslatma !!! Suvda yashovchi ko‘pchilik hayvonlar suvni tozalovchi — biofiltr organizmlar. Тashqi muhitning har xil ta’sirlariga sodda hayvonlarning beradigan javob reaksiyasi asosan harakatlanish orqali amalga oshirilib, u taksis deyiladi. Sodda hayvonlar (1 hujayrali hayvonlar) ning muhim biologik xususiyatlaridan biri noqulay sharoitda sista hosil qilishidir. 7. Tiriklik shartli ravishda 2 guruhga: Hujayrasiz va hujayraviy shakllariga ajratiladi. Hayotning hujayrasiz shakllariga viruslar misol bo‘ladi. Hayotning hujayraviy shakllari yadrosiz – prokariotlar va yadroli – eukariotlarga ajratiladi. 8. Viruslarni virusologiya fani o’rganadi. Viruslar avtonom genetik tuzilmalar deyiladi. Bakteriali filtrdan kichikligi uchun o’ta oladi. 1892- yilda rus olimi D.I.Ivanovskiy tamaki o‘simligida uchraydigan tamaki mozaikasi virusini kashf etdi. F.Leffler va P.Froshlar uy hayvonlarida uchraydigan oqsil kasalligini qo‘zg‘atuvchi virusni kashf etishdi 1917- yil kanadalik bakteriolog F.de Erell bakteriyalarni zararlovchi bakteriofag virusini kashf etdi. Viruslar faqat hujayra ichi parazitidir. Viruslar hujayradan tashqarida erkin va faol holatda uchramaydi, ko‘payish xususiyatiga ham ega emas. Viruslar DNK yoki RNK saqlovchi guruhlarga ajratiladi. Bakteriofag, adenovirus kabi viruslar DNK ga ega, ensefalit, qizamiq, qizilcha, qutirish, gripp kabi kasalliklarni keltirib chiqaradigan viruslarda RNK bo‘ladi. Virus qobig‘i kapsid deb ataladi. Viruslar nukleoproteinlarga o’xshaydi. Sababi oqsil va nuklein kislotadan iborat. Download 71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling