Urganch Davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti tyutori Xayitboyev
Xasanboy fakultet talabalari bilan “Yoshlar orasida huquqbuzarlikni oldini olish va jinoyatchilikni bartaraf etish” mavzusida Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mayori Sapoyev Eldor Bekchanovich ishtirokida o‘tkazilgan tadbir
Bayonnomasi
23.11.2021y. Urganch sh.
Qatnashdilar: Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mayori Sapoyev Eldor Bekchanovich, Jismoniy madaniyat fakulteti tyutorlari X.Xayitboyevlar ishtirok etdilar.
KUN TARTIBI
Yoshlar orasida huquqbuzarlik haqida tushuncha
Yoshlar orasida huquqbuzarlikni oldini olish va jinoyatchilikni bartaraf etish.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masalasi hisoblanib kelingan. Inson tinch va xotirjam yashashni hohlaydi. Tinchlik bo‘lgan joyda baraka va rivojlanish bo‘ladi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida O‘zbekistonning jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi maqsadlari aniq va ravshan bayon etildi.Jinoyatchilikni oldini olishda mahalla instituti imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarur hisoblanadi. Shu bois, Respublikamizda mahalla fuqarolar yig‘inining "Mahalla posboni" jamoatchilik tuzilmasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Qolaversa, Prezidentimiz ta’kidlagandek, sodir etilgan jinoyatlarni mahallada keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilishni profilaktik ahamiyatga ega. Negaki, jinoyatchilikka qarshi kurashish faqat huquq tartibot organlarining emas, balki keng jamoatchilikning vazifasi bo‘lmog‘i zarur.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yilning 9 fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonda haftaning har payshanba kuni jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni, deb e’lon qildilar.
Tadbir davomida turli chiqishlar, turli raqs va qo’shiqlar ijro etildi.
Qaror qabul qiladi:
Yoshlar orasida huquqbuzarlik oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rilsin
Yoshlar orasida huquqbuzarlikni oldini olish va jinoyatchilikni bartaraf etish bo‘yicha hujjatli film va video roliklar taqdim qilish.
Jismoniy madaniyat fakulteti dekani: dots.S.U.Ko’palov
Jismoniy madaniyat fakulteti
yoshlar bilan ishlash bo’yicha
dekan muovini: B.A.Satipov
Jismoniy madaniyat fakulteti tyutori: X.Xayitboyev
Do'stlaringiz bilan baham: |