Yoshlar psixologiyasi


Psixologik xizmatning vazifalari


Download 0.75 Mb.
bet3/41
Sana20.10.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1712153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
yangi psixologik konsultatsiya (1)

Psixologik xizmatning vazifalari:
har bir shaxsning individual xususiyatlari, qiziqishlari, layoqat va qobiliyatlariga muvofiq rivojlanishida uning psixologik imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanish; shaxsning intelektual, shaxsiy, ijtimoiy rivojlanishidagi ogʼishlarni oʼz vaqtida aniqlash, tuzatish va oldini olish; odamlarning shaxsiy qiziqishlari, moyilliklari, qobiliyatlari, salomatligini inobatga olgan holda psixologik yordam koʼrsatish;

- oilalarda sogʼlom psixologik iqlimni saqlash, kelib chiqishi mumkin boʼlgan nizolarning eng maqbul yechimlarini topish; shaxsning oilada va jamiyatda moslashuvi, ijtimoiylashuvi muammolari boʼyicha ota-onalar yoki qonuniy vakillarning samarali hamkorligini taʼminlash; shaxsni ijtimoiy reabilitatsiya qilish boʼyicha tadbirlarni amalgaoshirish, ularning huquq va manfaatlarini ximoya qilish; joylarda sogʼlom psixologik muhitni tarkib toptirish maksadida psixologik kuzatish va qoʼllab-quvvatlash.




Psixologik xizmatning asosiy yoʼnalishlari:



  1. Psixodiagnostika.




  1. Psixologik targʼibot va tashviqot.




  1. Psixoprofilaktika.




  1. Psixik rivojlantirish va psixokorrektsiya.




  1. Psixologik maslahat.

  1. Kasb - hunarga yoʼnaltirish.



Psixologik diagnostika - insonni psixologik-pedogogik jihatdan chuqurroq oʼrganishga yoʼnaltirilgan boʼlib, individual xususiyatlarini, muloqotdagi va xulq-atvoridagi nuqsonlarning sababini aniqlashga moʼljallangandir. Diagnostik ishlar guruhiy yoki yakka tartibda oʼtkaziladi.


Psixologik profilaktika - aholi orasida inson shaxsining har bir yosh davridagi psixik taraqqiyoti haqidagi psixologik bilimlarni egallash ehtiyojlarini tarkib toptirish, odamda sodir boʼlishi mumkin boʼlgan har qanday salbiy ogʼishlarning oʼz vaqtida oldini olishga qaratilgan psixologik tadbirlardan iboratdir. Shuningdek, oiladagi shaxslararo muomala jarayonini yaxshilashga yordam berish; ogʼir kasalliklarga uchragan mijozlar ruhiyatini tetiklashtirish yuzasidan tavsiyalar berish.



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling