Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifalari Axmedov Baxtiyor Shodiyorovich


Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining asosiy mazmunini


Download 59.12 Kb.
bet2/4
Sana26.02.2023
Hajmi59.12 Kb.
#1233748
1   2   3   4
Bog'liq
IIV Akademik litseyga Axmedov B.Sh.

Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining asosiy mazmunini:
Vatanini himoya qilishda O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining Konstitusion burchini tushuntirish;
mamlakat mudofaasini kelgusida kuchaytirish masalalari bo’yicha Hukumat qarorlari bilan tanishtirish;
davlatning Qurolli Kuchlari bilan hal qilinadigan masalalar, ularning vazifasi va xususiyatlarini tushuntirish;
O’zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risi”gi qonuni, Mudofaa doktrinasi, Harbiy qasamyod va Umumharbiy nizomlarning taalluqli qismini o’rgatish;
yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlashning maqsad va vazifalari, asl mohiyatini tushuntirish;
ajdodlar merosi, buyuk, mard va jasur ota-bobolarimizning jangovar an’ana va udumlarini targ’ibot qilish kabilar ochib beradi.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi o’zida quyidagi omillarni qamrab oladi:
jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lish;
harbiy texnika va o’q otish qurollaridan foydalana olish;
birinchi tibbiy yordam ko’rsatish bilimlariga ega bo’lish;
harbiy mashq va usullarni qo’llay olish;
fuqarolik burchi, majburiyati va mas’uliyati anglash va ularga amal qilish;
mamlakatning strategik maqsadini bilish;
milliy tarixni bilish va u bilan g’ururlanish;
milliy qahramonlar faoliyatidan xabardor bo’lish;
milliy manfaatlarni mazmun va mohiyatini bilish kabilardir.


Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy
yo’nalishlari va bosqichlari
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari quyidagi yo’nalishlarda olib boriladi:
chaqiruvga qadar bo’lgan fuqaro yoshlar yo’nalishida;
armiyada xizmat o’tayotgan harbiy xizmatchi yoshlar yo’nalishida.
Chaqiruvga qadar bo’lgan fuqaro yoshlar yo’nalishida olib boriladigan ishlar ta’lim-tarbiya muassasalari, mahalla va tashkilotlar kesimida quyidagi tadbirlarni o’z ichiga oladi:
jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalarida:
harbiy-vatanparvarlik ruhidagi she’r va qo’shiq o’rgatish, ertak va hikoyalar yetkazish;
teatrlashtirilgan sahna ko’rinishlarini namoyish etish;
tegishli mavzularda rasm chizish, shakllar yasash tanlovlarini o’tkazish;
harbiy-vatanparvarlik ruhidagi multfilmlarni namoyish etish;
harbiy-vatanparvarlik bog’lariga ekskursiyalar uyushtirish;
maktabga tayyorlov guruhlarida “Men ham harbiy bo’laman!” shiori
ostida estafetalar o’tkazish;
ofiser, serjantlar, kursant va “Temurbeklar maktabi” o’quvchilari
ishtirokida uchrashuvlar tashkil etish.

Download 59.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling