Yoshlik davri va uning o`ziga xos xususiyatlari mavzu o‘quv maqsadi : Ta’limiy


Pedagogik psixologiyaning predmeti


Download 276.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana11.05.2023
Hajmi276.72 Kb.
#1453491
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
SHOKIROV JAVOHIR

Pedagogik psixologiyaning predmeti – ta’lim va tarbiya jarayonlarining 
psixologik qonuniyatlarini hamda pedagogik faoliyatning psixologik xususiyatlarini 
o‘rganishdir. 
Psixolog I.A.Zimnyaya bo‘yicha pedagogik psixologiyaning predmeti –inson 
tomonidan 
ijtimoiy-madaniy 
tajribani 
o‘zlashtirishning 
qonuniyatlari, 
mexanizmlarini, Shuningdek, bu jarayon natijasida yuzaga keluvchi ta’limning turli 
sharoitlarida pedagog tomonidan tashkil etiluvchi va boshqariluvchi o‘quv faoliyati 
sub’ekti sifatida inson shaxsi rivojlanishi va intellektual darajasidagi o‘zgarishlarni 
o‘rganishdan iborat.
Pedagogik psixologiya - ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir 
etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganuvchi fandir. Pedagogik 
psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash 
qonuniyatlarini, 
bu 
jarayonlarda 
sodir 
bo‘ladigan individual tafovutlarni, 
o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tatqiq 
etishdir. Pedagogik psixologiyaning muhim vazifalaridan biri – maktabdagi ta’lim 
jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan 
iborat bo‘lib,bu hol yangi ta’lim dasturiga o‘tish bilan bog‘liqdir. Pedagogik 
psixologiya uch bo‘limdan iborat: ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi va 
o‘qituvchi psixologiyasi. 
Pedagogik psixologiyaning muammolari quyidagilar: 
1.Bolaning rivojlanishida uning hayotidagi har bir senzitiv davrni topish va undan 
iloji boricha ko‘proq foydalanish muammosi. Bu masalaning muammoliligi 
shundaki, birinchidan, bola shaxsi va intellekti rivojlanishining barcha senzitiv 


davrlari ma’lum emas, uning qachon boshlanishi, qancha davom etishi va qachon 
tugashi noma’lum. Ikkinchidan, har bir bolaning hayoti o‘ziga xos individual bo‘lib, 
turli davrda har xil kechadi. 
2. Bolaga ongli tashkil etilgan pedagogik ta’sir va uning psixologik taraqqiyoti 
orasidagi bog‘lanish muammosi. Bolaga ta’lim va tarbiya ta’sir etadimi, yoki bola 
faqat bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lib, intellektual va axloqiy 
rivojlanishga ta’sir qilmaydimi? Har qanday ta’lim bolaning rivojlanishiga ta’sir 
qiladimi yoki faqat muammoli va rivojlantiruvchi ta’limmi? 
3. Ta’lim va tarbiyaning umumiy va yosh muammolari. Bola hayotining har bir aniq 
davrida ta’limga yoki tarbiyaga urg‘u berish kerakmi?- bola hayotining ayni 
davrida nimaga ko‘proq ehtiyoj sezadi: kognitiv –intellektual yoki shaxs sifatida 
rivojlanishgami? 
4.Pedagogik ta’sirlarning kompleksligi va bola taraqqiyotining sistemali xarakteri 
muammosi. Bola taraqqiyotini kognitiv va shaxsiy hislatlarning o‘zgarishi sifatida 
tasavvur qilsak, ularning har biri alohida rivojlanishi mumkin, o‘z navbatida ularga
bog‘liq. 
5. Bola xulq-atvori va psixologik xarakteristikalarining rivojlanishi ta’lim va
etilishga, layoqat va qobiliyatlar, genotip va muhitga bog‘liqligi muammosi. 
6. Bolaning ongli ta’lim va tarbiyaga psixologik tayyorligi muammosi. Bu 
muammoni hal qilishda ta’lim va tarbiyaga psixologik tayyorlik deganda nima 
nazarda tutilishi: bolada layoqatlarning mavjudligi ma’nosidami yoki ta’lim va 
tarbiyaga qobiliyatning rivojlanganligi ma’nosidami, bolada yaqin taraqqiyot zonasi 
va rivojlanish darajasi mavjudligi ma’nosidami, intellektual va shaxsiy etuklikning 
ma’lum darajasiga erishilganligi ma’nosidami? 
7. Bolaning pedagogik qarovsizligi muammosi. Bolaning pedagogik ta’sirlarni 
o‘zlashtira olmasligi unga bolaligida yomon ta’lim va tarbiya berilganligi. 
8. Ta’limni individuallashtirishni ta’minlash muammosi.Bolalarning layoqat va 
qobiliyatlari asosida guruhlarga bo‘lib o‘qitish, har bior bolaning individual 
xususiyatlarga mos ta’lim va tarbiya metodlarini tanlash tushuniladi. 
YUqorida 
keltirilgan 
psixologik-pedagogik 
muammolarni 
hal 
qilish 
o‘qituvchilardan yuqori kasbiy mahoratni, psixologik bilim, ko‘nikma va malakalarni 
talab qiladi. 

Download 276.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling