Yoshlik davri va uning o`ziga xos xususiyatlari mavzu o‘quv maqsadi : Ta’limiy


Yosh va pedagogik psixologiyaning vujudga kelish tarixi


Download 276.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana11.05.2023
Hajmi276.72 Kb.
#1453491
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
SHOKIROV JAVOHIR

1.2.Yosh va pedagogik psixologiyaning vujudga kelish tarixi 
 
Yosh va pedagogik psixologiya fanning alohida tarmog‘i sifatida o‘zining kelib 
chiqish va rivojlanish tarixiga ega. 
Yosh va pedagogik psixologiya fan sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida tarkib 
topadi. Bunda taniqli rus pedagogi K.D. Ushinskiyning asarlari, ayniqsa uning 
“Inson tarbiya predmeti sifatida” nomli asari katta rol o‘ynaydi. 
Bundan 
tashqari 
CH.Darvinning 
evolyusion 
g‘oyalari 
ham 
Yosh 
psixologiyasining taraqqiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Evolyusion ta’limot psixik 
taraqqiyot manbalari muammosiga e’tiborini qaratishga olib keladi. 
XX asrning boshlariga kelib, umumiy psixologiyada o‘tkaziladigan eksperimental 
tadqiqotlarni pedagogika sohasiga shundayligicha o‘tkazish mumkin deb qaraldi. 
Ammo o‘sha davrning umumiy psixologiya fani pedagogika uchun etarli bilimlar 
boyligini bera olmas edi.
1906 yil Peterburgda pedagogik psixologiya bo‘yicha I s’ezd chaqirildi. 
Pedagogik psixologiya namoyondalari – A.P.Nechaev, N.E. Rumyansev va 
boshqalar pedagogik adabiyotlarni keskin tanqid qilib chiqdilar. Psixologiyani 
pedagogik amaliyot bilan yaqinlashtirish eksperimental tadqiqotlarni ta’lim-tarbiya 
jarayonining o‘zida o‘tkazish orqaligina mumkin degan muhim xulosa chiqarildi. 
Ya’ni eksperimental ma’lumotlar tashqaridan emas, balki psixologik-pedagogik 
tadqiqotning o‘zidan olinishi kerak, degan xulosaga kelinadi. Bu maqsadni amalga 
oshirish uchun esa yosh va pedagogik psixologiyaning muhim nazariy, metodologik 
masalalarini hal qilishning to‘g‘ri yo‘llarini izlab topish lozim edi. Shu tufayli psixik 


taraqqiyotning manbalari va uning ta’lim jarayoniga munosabati masalasi Yosh va 
pedagogik psixologiyaning markaziy muammosi bo‘lib qoladi. 
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida AQSH larida pedologiya deb ataluvchi 
yangi fan vujudga keladi. Uning namoyondalari – S.Xoll, E.Meyman, V.Preyer. Bu 
oqim namoyondalari bola rivojlanishining biologik, fiziologik va psixologik 
nazariyalarini mexanik ravishda qo‘shadilar.
20 - 30 yillarda pedologiya “Bola haqidagi yagona marksistik fan” rolini da’vo 
qila boshlaydi va pedagogika hamda bolalar fiziologiyasini siqib chiqarishga harakat 
qiladi. 
Pedologlarning qarashlari idealistik va mexanistik xarakterda edi. Ularning 
o‘quvchilarni “aqliy qobiliyat koeffitsenti”ni aniqlashga oid testlari asossiz bo‘lib, 
psixologiya va pedagogikaga salbiy ta’sir ko‘rsatdi hamda maktabga katta ziyon 
etkazdi. Shuning uchun 30 yillarning boshlarida pedologiyani keskin tanqid qilish 
boshlandi. 1936 yil 4 iyulda VKP (b) MK ining “Xalq maorifi komissarligi 
sistemasidagi pedologik buzg‘unliklar haqida” gi qarori chiqdi. Bu qarorda 
pedologiya fani marksistik nuqtai - nazarga zid ekanligi ta’kidlanib, katta tanqid 
ostiga olindi. SHu tariqa pedologiya faniga barham berildi. 
20 - 30 yillarda pedagogik psixologiyada juda ko‘p ilmiy tadqiqot ishlari olib 
borildi, 
hozirgi 
kunda 
ham 
o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bir qancha 
psixologik-pedagogik qonsepsiyalar vujudga keldi. Ayniqsa, A.S.Makarenkoning 
bola shaxsi va bolalar jamoasiga bo‘lgan ilmiy qarashlari, L.S.Vigotskiyning oliy 
psixik funksiyalarning rivojlanish nazariyasi katta ilmiy qimmat kasb etadi. 
Hozirgi kunda yosh va pedagogik psixologiya - psixologiya fanining eng 
rivojlangan sohasi hisoblanadi. Yosh va pedagogik psixologiya masalalari bilan bir 
qator ko‘zga ko‘rinarli psixologlar shug‘ullanganlar va shug‘ullanmoqdalar. Ulardan: 
B.G. Ananev, L.I.Bojovich, P.YA.Galperin, V.V.Davidov, A.V.Zaporojets, 
L.V.Zankov, G.S.Kostyuk, A.N.Leontev, N.A.Menchinskaya, N.F. Talizina,
D.B.Elqonin va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Bolalar psixologiyasi muammolari 
bilan shug‘ullangan o‘zbek olimlaridan: professorlar M.G. Davletshin, E.G‘. 
G‘oziev, M.Vohidov; R.I. Sunnatova, Z.T. Nishonova, dotsent S.A.Axunjanova, 
SH.A. Do‘stmuhamedova, S.X.Jalilova kabi psixologlarni keltirishimiz mumkin. 

Download 276.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling