Yoshlik davri va uning o`ziga xos xususiyatlari mavzu o‘quv maqsadi : Ta’limiy


Download 276.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana11.05.2023
Hajmi276.72 Kb.
#1453491
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
SHOKIROV JAVOHIR

Pedagogik psixologiya vazifalari: 
1) ta’lim jarayonlarini boshqarishning psixologik masalalarini o‘rganish; 
2) bilish jarayonlarining shakllanishini tadqiq qilish; 
3) aqliy taraqqiyotning ishonchli ko‘rsatkichlarini aniqlash; 
4) ta’lim jarayonida aqliy taraqqiyotning samarali bo‘lish sharoitlarini 
o‘rganish; 
5) pedagog bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi, o‘quvchilar bilan o‘quvchilar 
o‘rtasidagi o‘zaro munosabat xususiyatlarini o‘rganish;
6) o‘quvchilarga individual yondoshish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni 
o‘rganish. 
7) pedagogik faoliyatni amalga oshirishning psixologik qonuniyatlarini 
o‘rganish. 
Pedagogik psixologiyaning quyidagi bo‘limlari mavjud: 
1.Ta’lim psixologiyasi. 
2.Tarbiya psixologiyasi. 
3.Pedagogik faoliyat psixologiyasi. 
Yosh va pedagogik psixologiyaning birligi yosh va pedagogik psixologiya 
o‘rganadigan ob’ektning umumiyligidadir. Bu ikkala fanning o‘rganish ob’ekti – 
bolalar, o‘smir va o‘spirinlar bo‘lib, yosh psixologiyasi ularni yosh taraqqiyoti 
bo‘yicha o‘rgansa, pedagogik psixologiya tarbiyalanuvchi yoki ta’lim oluvchi 
sifatida, ya’ni pedagogning ta’lim-tarbiya jarayonida biror maqsadga qaratilgan 
ta’siri sifatida o‘rganadi. 
Ma’lumki, muayyan yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini bilmay 
turib, ularga maqsadga muvofiq ravishda ta’lim va tarbiya berib bo‘lmaydi. Bolaning 
har bir Yoshi o‘z qiyinchiliklariga ega bo‘ladi va o‘ziga nisbatan maxsus 
munosabatda bo‘lishni talab qiladi.


Ta’lim va tarbiya jarayonida individual munosabatda bo‘lishning sharti 
o‘quvchining psixologik xususiyatlarini har tomonlama va chuqur bilishdan iborat. 
Bu esa o‘quvchining psixik dunyosidan yaxshi xabardor bo‘lishni, psixologik jihatdan 
kuzatishni to‘g‘ri tashkil qila olishni va tabiiy eksperiment uyushtirishni bilishni 
taqozo qiladi. 
Pedagogik psixologiya ham, Yosh psixologiyasi ham umumiy psixologik 
qonuniyatlarni ochib beradigan psixik jarayonlarni, psixik holatlarni va shaxsning 
individual psixologik xususiyatlarini o‘rganadigan fan – umumiy psixologiyaga 
asoslanadi. 
Lekin yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya pedagogik jarayonni tashkil 
qilish uchun tayyor retsept yoki tavsiyanomalar berishni da’vo qilmaydi. Yosh va 
pedagogik psixologiyaning materiallari va xulosalaridan ta’lim - tarbiya ishlarini 
to‘g‘ri tashkil qilishda foydalaniladi. Bu haqda rus pedagogi K.D. Ushinskiy ham 
ta’kidlab o‘tgan edi: 
“Biz pedagoglarga unday yoki bunday qilinglar deb aytmaymiz, ammo biz 
ularga o‘zingiz boshqarmoqchi bo‘lgan psixik hodisalarning qonunlarini o‘rganing va 
bu qonunlarga amal qiling hamda ularni tadbiq qilmoqchi bo‘lganingiz sharoitlarini 
hisobga olib ish qiling, deb aytamiz”.


Download 276.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling