Yoyli pech elektrodlari


Download 0.75 Mb.
bet1/18
Sana19.04.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1364823
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
02 Электрометаллургия лекция


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI



PO’LAT VA FERROQOTISHMALAR ELEKTROMETALLURGIYASI”
O‘QUV FАNIDАN


TAYANCH KONSPEKT



NAVOIY-2021
1-MA’RUZA
Mavzu: Elektr pechlarining qo’llashning afzalligi. Elektr pechlar turlari va elektr pechlarining qo’llaniladigan sohalari.
Reja:

  1. Metallarning xalq xo’jaligidagi o’rni.

  2. Dunyoda keng tarqalgan yirik po’lat eritish zavodlari.

  3. Elektr pechlarining qo’llaniladigan sohalari..



Tayanch iboralar: Po'lat, indiksion pech,marten pechi, elektr pechlar, qarshilik pechlari, yoyli pechlar, shlak qayta eritish plazmali pechlar, ferroqotishma , cho’yan ishlab chiqarish.

Metallarning texnik ahamiyati faqatgina ularning tabiatda tarqalganligi bilan emas, balki asosan radiotexnikadagi zarurati va ularni ajratib olish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Oxirgi ikki faktor alohida metallarni ishlab chiqarish ko‘lamini belgilab beradi.


Hozirgi kunlarda metallardan eng ko‘p miqdorda temir, ya’ni cho‘yan va po‘lat ishlab chiqarilmoqda. Sof holatdagi temirni faqat laboratoriya sharoitida olish mumkin. Temir va uning qotishmalari barcha ishlab chiqarilayotgan metall mahsulotlarning tahminan 95% ini tashkil qiladi. Ularni ishlab chiqarish va ularga bo‘lgan ehtiyoj, yer sharida eng keng tarqalgan metall, ya’ni alyuminiyga nisbatan bir necha o‘n barobar ko‘proqdir. Pulga nisbatan olib qaraganda rangli metallar boshchilik qiladi va bu ularning qora metallarga nisbatan ancha qimmatbaho ekanligi bilan izohlanadi. Temir ishlab chiqarish (cho`yan, po‘lat va ferroqotishmalar) hozirgi vaqtda yiliga 800 mln. tonnani tashkil qiladi. Rangli metallarning yilllik ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari esa quyidagicha mln.t: 14-15 alyuminiy; 10-11 mis; 0,5-0,7 nikel; 4-5 qo‘rg‘oshin; 5-6 rux; 0,2-0,3 magniy; 0,2-0,25 qalay; ~0,15 molibden va ~0,1 titan.
Metallarni rudadan va boshqa turdagi metall saqlovchi xom ashyodan ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan ulkan og‘ir sanoat sohasi – bu metallurgiyadir. Metallurgiya kon-metallurgiya sanoatining umumiy halqasidagi markaziy bo‘g‘in bo‘lib hisoblanadi. U o‘z ichiga geologiya, konchilik ishi, foydali qazilmalarni boyitish, xususan metallurgiya, quymakorlik sanoati va metallarga turli usullar (bosim, temperatura, mexanik usullar va h.k) bilan ishlov berish kabi yo‘nalishlarni oladi.
Metallurgiya, sanoat sohasi sifatida, material va energiya sig‘im strukturasi bo‘yicha murakkab sanoat sinfiga kiradi. Uning asosida kimyoviy texnlogiya tamoyillari yotadi. Metallurgik jarayonlarni amalga oshirishda qayta ishlanayotgan materiallar ko‘plab fizik-kimyoviy o‘zgarishlarga (beqaror kimyoviy birikmalarning parchalanishi, o‘zaro kimyoviy ta’sir, suyuqlanish, erish, quruq haydash va b.) uchraydi. Fizika va kimyoning asosiy qonunlarini bilmay turib, metallurgik jarayonlarni xatosiz boshqarish va metallurgiya sohasini rivojlantirishning iloji yo‘q. Shu sababdan, fan va sanoat sohasi sifatida, metallurgiya fizika, kimyo va ayniqsa fizik kimyo bilan chambarchas bog‘liq. Fizik kimyo nazariy va amaliy metallurgiyaning ilmiy asosi bo‘lib hisoblanadi.
Yildan yilga metallurgiyaning matematika bilan aloqasi ortib bormoqda. Yangi ishlanmalarni amalga oshirishda va metallurgiya sanoatini boshqarishda EHM bilan birga qo‘llaniladigan matematik metodlar metallurgiyada yanada keng qo‘llanilmoqda.
Hamdo’stlik mamlakatlari hududida qora va rangli metallarni ishlab chiqarish ko‘p yuz yilliklar oldin paydo bo‘lgan. Arxeologlar bir necha bor mamlakatning Yevropa qismida, Uralda, O‘rta Osiyoda, Sibirda va Armanistonda ruda va metallurgiya sanoati qoldiqlarini topishgan.
Dunyodagi dastlabki temir ishlab chiqaruvchilardan biri Qirim yarim orolining shimoliy sharqidagi Kerch bo‘lgan. U yerda temir rudasini qadimdan ochiq usulda qazib olishgan. Mamlakatimiz hududida tarixdan ilgarigi davrdan beri temir tayyorlangan boshqa ko‘plab tumanlar ham ma’lum. Qadimiy yashash joylari yaqinlarida, ko‘plab regionlarda, temir quyish ishlari aniqlangan. U yerlarda 2,5-3 ming yil ilgari temir eritib olishgan, undan mehnat qurollari, qurol yaroq va turmush anjomlari yasashgan. Arxangel va Olonets guberniyalarida hali XV-XVI asrlarda ko‘p bo‘lmagan miqdorda mis quyilgan. XVII asrda birinchi temir va mis eritish zavodlarining qurilishi hujjatlar asosida tasdiqlangan.
XVIII va XIX asrning birinchi yarmida Rossiya cho‘yan eritish bo‘yicha birinchi va mis, kumush va qo‘rg‘oshin ishlab chiqarish bo‘yicha etakchi o‘rinlardan birini egallagan. Cho‘yan va mis hattoki chetga ham chiqarilgan. Birinchi jahon urushining boshlanishi bilan Rossiyada metall eritish miqdori kamayib bordi va 1918 yilga kelib deyarli to‘liq to‘xtatildi.
Hamdo’stlik respublikasi xalq xo‘jaligini rivojlantirish va qayta tiklashning birinchi yagona davlat istiqbolli rejasi 1920 yilda ishlab chiqilgan va kun tartibiga energetika va metallurgiya sanoatini qayta tiklash va rivojlantirish masalasi qo‘yilgan. Umumiy quvvati 1,5 mln. kWt bo‘lgan issiqlik va gidroelektr stansiyalari qurish, 6,5 mln. tonna po‘lat, 80 ming tonnadan ko‘proq mis, tahminan 10 ming tonna alyuminiy ishlab chiqarish GOELRO rejasi bilan belgilangan. Bu ulkan dastur, mamlakat olimlari, muhandis xodimlar va mehnat kollektivining tirishqoqligi sharofati bilan, 1931 yilning boshiga kelib to‘liq bajarildi. 1922 yil 5 mayda Uraldagi Kalatin (hozirda Kirovograd) mis quyish zavodi qayta tiklandi va ishga tushirildi va yilning oxirigacha 425 t mis chiqarib berdi. Bu metall o‘sha vaqtda mamlakatning yillik mis ishlab chiqarish quvvatini tashikl etgan. 1926 yilda mamlakatda 4,3 mln. tonna po‘lat quyilgan va bu miqdor 1913 yildagi inqilobgacha bo‘lgan Rossiyadagi maksimal ishlab chiqarish darajasiga mos keladi.
Hozirgi vaqtda mamlakatning metallurgiya sanoati material ishlab chiqarishning yuqori rivojlangan sohasi bo‘lib hisoblanadi. Agar inqilobgacha bo‘lgan Rossiyada faqat cho‘yan, po‘lat, mis, qo‘rg‘oshin, kumush, oltin va rux ishlab chiqarilgan bo‘lsa, hozirda metallurgik korxonalar tomonidan Mendeleev davriy jadvalidagi 78 element sanoatda ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan, metallardan tashqari, turli tozalik darajasidagi mineral o‘g‘itlar, turli tuzlar, sulfat kislotasi, erkin oltingugurt, sement va ko‘plab miqdordagi tovar mahsulotlari ishlab chiqariladi. Oxirgi 60-70 yil davomida mamlakatda alyuminiy, nikel, titan-magniy sanoat sohalari yangidan yaratildi. Xrom, marganets, kobalt, volfram, molibden, va ko‘plab boshqa rangli metallar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Mamlakat metallurgiyasiga ko‘p sonli etakchi rus va sovet olimlari katta hissa qo‘shishdi.
Hozirgi zamon po’lat eritish yoy pechlarining asosiy o’ziga xos xususiyatlari:

  1. Pechning yuqori qismidan mexanizatsiyali yuklash;

  2. Alohida ish jarayonlarini mexanizatsiyali uzatish;

  3. Ikkilamchi kuchlanish bosqichida o’zgarishni keng diapazonli pech transformatori kuchlanishni kamaytirib ta’minlashi;

  4. Eritish jarayonida elektrod aralashuvi avtomat boshqarilishida;

  5. Metallning elektromagnit aralashuvi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligida (MDH da) ishlab chiqarilgan pech tavsiflari.
Jadval №1

Sonlar tavsifi

Me’yoriy hajm , T

50

100

200

1. Pech transformatorining me’yoriy kuchlanishi.

20

32

50-08

2. Transformator ikkilamchi yuklamasi chegarasi.

430-116

480-150




3. Elektrod eng katta toki.

26,9 kA

38.5 kA

43.3 kA

4. Grafitlangan elektrod diametri, mm

500

550




5. 1 tonna shixta eritilgandan nisbiy elektroenergiya sarfi.

440

415

400

Hamma pechlarda yuklash bariy yordamida mexanizmlar orqali yuklatiladi, bunda yuklangan to’plam vertical o’q bo’ylab 90o burchakka aylanadi. Taglik ishdan chiqmasligini oldini olib va eritsh jarayonini tezlatish uchun pechning ustki himoya qatlamini futerovka bilan aylantirish mexanizmi bilan hamma pechlar ta’minlangan.


Barcha pechlar metallni elektromagnit aylantirish moslamasi bilan jihozlangan.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling