Yoyli pech elektrodlari


Download 0.75 Mb.
bet3/18
Sana19.04.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1364823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
02 Электрометаллургия лекция

Nazariy savollar

  1. Pechlarda metallarni aralashtirish uchun qanday uskunalar kerak bo’ladi?

  2. Pechning devorlari qanday materiallardan tayyorlanadi?

  3. Nima sababdan keyingi yillardan elektr pechlarining qoplamlari o’zgartirilgan?



2-MA’RUZA
Mavzu: Po’lat eritish uchun zamonaviy yoyli po’lat eritish elektr pechlari.
Reja:

  1. Elektr pechlari turlari.

  2. Elektr pechlarining qo’llanilish sohalari.

  3. Po’lat eritish uchun zamonaviy yoyli po’lat eritish elektr pechlari.



Tayanch iboralar: Induksion pech, induksion tegel pechi, marten pechi, elektr pechlar, qarshilik pechlari, yoyli pechlar, shlak qayta eritish plazmali pechlar, ferroqotishma, cho’yan ishlab chiqarish, po’lat eritish, ferrosilitsiy, ferrotitan .

Elektr pechlarida eritish orqali tarkibida kam miqdorda fosfor va oltingugurt saqlovchi, legirlovchi mahsulotni kam sarflab yuqori legirlangan po‘lat olish mimkin. Deyarli har qanday tarkibli qotishmalarni olish mumkin.


Maxsus xossali yuqori sifatli legirlangan (korroziyaga chidamli, elektrotexnikali, magnitli, yuqori haroratga chidamli va boshqalar) va boshqa qotishmalarni ishlab chiqarishda yoyli va induksion pechlardan foydalaniladi.
Bu pechlar tuzilishining oddiyligi, tok parametrini o‘zgartirish bilan pech temperaturasining rostlanishi, turli muhitlarda va vakumda ishlashi hamda arzon shixta materiallardan yuqori sifatli, maxsus xossali po‘latlar olinishi kabi afzalliklarga ega.
Elektr pechlar ikki guruhga ajratiladi:
1. Elektr yoyli pechlar. 2. Induksion elektr pechlar.
Quyida bu pechlarning tuzilishi, ishlashi va ularda po‘lat ishlab chiqarish texnologiyasi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Sanoatda keng qo‘llaniladigan ko‘mir grafit elektrod­lari vertikal o‘rnatilgan uch fazali o‘zgaruvchan tokda ishlovchi pechning sxemasi keltirilgan. Bu pechlar devorlari magnezit yoki xromagnezit g‘ishtidan terilgan bo‘lib, sirtidan po‘lat list bilan qoplangan. Pechning shift qismi va tagligi sferik shaklda bo‘lib, segmantlari orqali roliklarga tayanadi (katta hajmli 70—200 t pech­lar shixtani yuklashni osonlashtirish maqsadida shipi ajraladigan yoki suriladigan qilib quriladi). Shixta pechga maxsus mashina (badya) bilan kiritiladi. Kichik hajmli (30 t gacha) pechlarning yon devoridagi darchasi orqali unga shixta materiallari maxsus mexanizm bi­lan kiritiladi. Eritilgan po‘lat uning teshigiga o‘rnatilgan novi orqali kovshga chiqariladi. Buning uchun maxsus gidravlik yoki elektr yuritgich mexanizm yordamida uni teshik tomon 40—45° ga, shlakni chiqarish uchun esa darchasi tomon 10—15° ga buriladi, ish jarayonida esa bekitgichlar bilan berkitiladi. Pech bo‘shlig‘iga o‘z tutqichlariga o‘rnatilgan grafit elektrodlarni maxsus mexanizm bilan ship te­shiklari orqali zaruriyatga ko‘ra tushirish yoki ko‘tarish avtomatik boshqariladi. Elektrodlar diametrlari pech hajmiga qarab 200—600 mm, uzunligi esa 3 m ga yetadi. Odatda shixta materiallari po‘lat lomlar, cho‘yan, temir ruda, flyus va fer­ro qotishmalardan iborat bo‘ladi. Flyus sifatida, asosli pechlardagidek odat­dagi ohaktoshdan, kislotali pechlarda kvaridan foydalaniladi.
Shuni qayd etish joizki, qayta eritiluvchi metallom shixtaning 85—90% hamda cho‘yan 5—10% ini ishg‘ol etishi bilan S va R dan toza bo‘lishi lozim. Aks holda po‘latni tozalashda ko‘pgina elektr energiya sarflanadi. Ma’lumki, pechda havo, kislorod haydalmasligi sababli qo‘shimchalarni oksidlash uchun pechga ma’lum miqdorda ruda ki­ritiladi. Hozirgi zamon po’lat eritish yoy pechlarining asosiy o’ziga xos xususiyatlari:

  1. Pechning yuqori qismidan mexanizatsiyali yuklash;

  2. Alohida ish jarayonlarini mexanizatsiyali uzatish;

  3. Ikkilamchi kuchlanish bosqichida o’zgarishni keng diapazonli pech transformatori kuchlanishni kamaytirib ta’minlashi;

  4. Eritish jarayonida elektrod aralashuvi avtomat boshqarilishida;

  5. Metallning elektromagnit aralashuvi.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling