Yoyli pech elektrodlari
-rasm .Yoy pechlarining nazariy elektr xususiyatlari
Download 0.75 Mb.
|
02 Электрометаллургия лекция
17-rasm .Yoy pechlarining nazariy elektr xususiyatlari .
Ish sharoiti va elektrod sifatiga qarab elektrod sarfi juda katta oraliqlarda o’zgarib turadi. O’rtacha bir tonna erigan po’latda 5-7 kg granitli yoki 10-15 kg ko’mirli elektrodlar bo’ladi. Alohida bandlar bo’yicha olib haramanda umumiy sarf taxminan quyidagicha % larda taqsimlanadi: Yuza oksidlanishiga 55-75% Yoyda sochilishiga 15-25% Elektrodlar kuyinishiga 10-20% bo’linadi Shunday qilib elektrodlar sarfi bandlar bo’yicha yuza oksidlanishida eng katta miqdorni tashkil etadi. Bunda asosiy qism (70% ga) barcha elektord sarfida shixta erish davriga to’g’ri keladi. Yuza oksidlanishini kamaytirish uchun asosiy ahamiyatni pechning (ayniqsa, elektrodlar pechga ulangan joylarda). Buning uchun elektrod yuza haroratini chegaralash va elektrodlar qizdirilgan erini kamaytirish kerak. Elektrod yuza harorati berilgan qiymatlarda tok zichligini, issiqlik va elektro o’tkazuvchanlikka bog’liq bo’ladi. Tokni ruxsat etilgan qiymati sharoitga moslab o’rnatiladi. Elelktrodning yuza haroratida ruxsat etilgan eritmalar ortishi kerak emas. Elektrod diametri va ko’ndalang kesimi yuzasi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi: Sэ= , sm2 dэ=2 , sm bu yerda: I – tok kuchi, A – tok zishligi A/sm2 Sэ – elektrod ko’ndalang kesimi yuzasi, sm2 Elektrodlar uzunligi qisqarishi yon yuzadan elektrod sarfiga yaxshi ta’sir qiladi, lekin u pech konstruksiyasi bilan chegaralanadi va erish sharoitiga bog’liq bo’ladi. Elektrod materiallar sochilishi sarfi asosan elektrod sifatiga, elektr o’tkazuvchanlikka yoki nisbiy elektr qarshilikka bog’liq. Elektrod sarfining umumiy o’zgarishi nisbiy qarshilik qiymatiga bog’liq. 18 tonnali hajmga ega pech misolida quyidagi jadvalni berish mumkin Shunday qilib, elektrod qarshuligining nisbiy kamayishi oqibatida 9;4*10-4 gacha elektrod sarfi o’rtaga pasayadi. Singan va qoldiq elektrodlar sarfi yuqori haroratda (termomustahkam) elektrodning mexanik mustahkamligiga bog’liq. Shuningdek elektrodlardan avaylab va to’g’ri foydalanilsa, elektrod sarfi oz bo’ladi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki barcha sharoitlardan to’g’ri foydalanilsa, elektrod sarfi 1 tonna po’lat uchun 0.2 kg ni tashkil etadi. Elektrodlar hisobi Elektrod hisobining asosiy ko’rinishi ruhsat etilgan tok zichligida elektrod diametriga bog’liq. Rasmda elektroddagi issiqlik oqimini taqsimlanishi sxemasi ko’rsatilgan. q|s va q||s yo’qotishlar – bu suvli yo’qotish elektr ushlashigichlarni (1) va elektr xalqalar (2) ni sovitadi. Elektrod diametric quyidagi formula bilan topiladi: dэ= , sm bu yerda k – o’lchovsiz koeffitsiyent bo’lib, yuza effektda qarshilik ortishini hisobga oladi (300,500,750 mm diametrli elektrodlar uchun 1,04; 1,10; 1,25) larga teng. q – elektrod yuzasidan atrof muhitga beriladigan nisbiy issiqlik berish; I – tok kuchi , A S – nisbiy elektr qarshilik , om*sm*10-4 I – tokning o’rtacha kvadrati hisobnatijalariga ko’ra diametr o’rniga shunday son qo’yishimiz kerakki bunda u yo’l qo’yilgan tok zichligiga mos kelsin yoki oxirgi qiymatiga e’tibor berish kerak. Elektr pechlarida eritish orqali tarkibida kam miqdorda fosfor va oltingugurt saqlovchi, legirlovchi mahsulotni kam sarflab yuqori legirlangan po‘lat olish mumkin. Deyarli har qanday tarkibli qotishmalarni olish mumkin. Maxsus xossali yuqori sifatli legirlangan (korroziyaga chidamli, elektrotexnikali, magnitli, yuqori haroratga chidamli va boshqalar) va boshqa qotishmalarni ishlab chiqarishda yoyli va induksion pechlardan foydalaniladi. Bu pechlar tuzilishining oddiyligi, tok parametrini o‘zgartirish bilan pech temperaturasining rostlanishi, turli muhitlarda va vakumda ishlashi hamda arzon shixta materiallardan yuqori sifatli, maxsus xossali po‘latlar olinishi kabi afzalliklarga ega. Elektr pechlar ikki guruhga ajratiladi: 1. Elektr yoyli pechlar. 2. Induksion elektr pechlar. Quyida bu pechlarning tuzilishi, ishlashi va ularda po‘lat ishlab chiqarish texnologiyasi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Sanoatda keng qo‘llaniladigan ko‘mir grafit elektrodlari vertikal o‘rnatilgan uch fazali o‘zgaruvchan tokda ishlovchi pechning sxemasi keltirilgan. Bu pechlar devorlari magnezit yoki xromagnezit g‘ishtidan terilgan bo‘lib, sirtidan po‘lat list bilan qoplangan. Pechning shift qismi va tagligi sferik shaklda bo‘lib, segmantlari orqali roliklarga tayanadi (katta hajmli 70—200 t pechlar shixtani yuklashni osonlashtirish maqsadida shipi ajraladigan yoki suriladigan qilib quriladi). Shixta pechga maxsus mashina (badya) bilan kiritiladi. Kichik hajmli (30 t gacha) pechlarning yon devoridagi darchasi orqali unga shixta materiallari maxsus mexanizm bilan kiritiladi. Eritilgan po‘lat uning teshigiga o‘rnatilgan novi orqali kovshga chiqariladi. Buning uchun maxsus gidravlik yoki elektr yuritgich mexanizm yordamida uni teshik tomon 40—45° ga, shlakni chiqarish uchun esa darchasi tomon 10—15° ga buriladi, ish jarayonida esa bekitgichlar bilan berkitiladi. Pech bo‘shlig‘iga o‘z tutqichlariga o‘rnatilgan grafit elektrodlarni maxsus mexanizm bilan ship teshiklari orqali zaruriyatga ko‘ra tushirish yoki ko‘tarish avtomatik boshqariladi. Elektrodlar diametrlari pech hajmiga qarab 200—600 mm, uzunligi esa 3 m ga yetadi. Odatda shixta materiallari po‘lat lomlar, cho‘yan, temir ruda, flyus va ferro qotishmalardan iborat bo‘ladi. Flyus sifatida, asosli pechlardagidek odatdagi ohaktoshdan, kislotali pechlarda kvaridan foydalaniladi. Shuni qayd etish joizki, qayta eritiluvchi metallom shixtaning 85—90% hamda cho‘yan 5—10% ini ishg‘ol etishi bilan S va R dan toza bo‘lishi lozim. Aks holda po‘latni tozalashda ko‘pgina elektr energiya sarflanadi. Ma’lumki, pechda havo, kislorod haydalmasligi sababli qo‘shimchalarni oksidlash uchun pechga ma’lum miqdorda ruda kiritiladi. Hozirgi zamon po’lat eritish yoy pechlarining asosiy o’ziga xos xususiyatlari: Pechning yuqori qismidan mexanizatsiyali yuklash; Alohida ish jarayonlarini mexanizatsiyali uzatish; Ikkilamchi kuchlanish bosqichida o’zgarishni keng diapazonli pech transformatori kuchlanishni kamaytirib ta’minlashi; Eritish jarayonida elektrod aralashuvi avtomat boshqarilishida; Metallning elektromagnit aralashuvi. Hamma pechlarda yuklash bariy yordamida mexanizmlar orqali yuklatiladi, bunda yuklangan to’plam vertical o’q bo’ylab 90o burchakka aylanadi. Taglik ishdan chiqmasligini oldini olib va eritsh jarayonini tezlatish uchun pechning ustki himoya qatlamini qoplama bilan aylantirish mexanizmi bilan hamma pechlar ta’minlangan. Barcha pechlar metallni elektromagnit aylantirish moslamasi bilan jihozlangan. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling