Yozma ish haqida ma'lumot, diktantni baholash Reja: Yozma ish haqida ma’lumot


Download 26.65 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi26.65 Kb.
#1502781
  1   2

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOG’ISTON DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
FILOLOGIYA ÒZBEK TILI YO’NALISHI 108-GURUH TALABASI REJEPOVA MAXLIYONING ÒZBEK TILI VA ADABIYOTI TALIMIDA ILĢOR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA FANIDAN TAYYORLAGAN

MUSTAQIL ISHI


Yozma ish haqida ma'lumot, diktantni baholash
Reja:
1.Yozma ish haqida ma’lumot.
2.Yozma ishlarda takroriy va tasodifiy xatolar ustida ishlash.
3.Diktant va bayon yozish nazorat ishlarida xatolarning turlari va ularni bartaraf etish yo'llari


Fonetik xatolar. Bunday xatolar so’zlarni tog’ri talaffuz qila bilmaslik, sheva va dialektlar ta’sirida bo’ladi. Fonetik xatolar, asosan, quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi. Xatolar ustida ishlashda orfografik tahlilning ahamiyati katta. Bir necha gapni orfografik jihatdan to'la tahlil qilish kerak. Bu bilan o'quvchilar so'z ma'nosi va uning imlosini puxta o'zlashtirib oladilar. O'quvchilarning to'g'ri, xatosiz yozishga o'rgatish va yo'l qo'yilgan xatolarni bartaraf etish uchun quyidagilarga e'tibor berish kerak:
Eng avvalo, o'quvchilarni to'g'ri talaffuz qilishga o'rgatish. Ya'ni so'z aytilganda tovushlarni aralashtirmay, tovush tushirib yoki orttirib talaffuz etmaslik. Masalan, kitob o'rniga kitob, ruchka o'rniga yuchka, maktab o'rniga matab deyishga yo'l qo'ymaslik.
Har bir darsda ko'pchilik uchun bir xil uchraydigan tipik xatolar doskada ko'rsatilib, tuzatiladi.
Ayrim o'quvchilar uchun tegishli xatolar o’sha o'quvchi bilan birgalikda tuzatiladi.
4. Agar o'quvchilar biror qoidani bilmasligi natijasida xatoga yo’l qo’ygan ana shu qoidani takrorlash bilan tushuntirish kerak bo’ladi.
Shuni aytish mumkinki, o’quvchilar yozuvida xatolar bo’lmasligi uchun lug'at ishiga ta'limiy xarakterdagi yozma ishlarga ko'proq o'rin berish zarur. Imlosi qoidalashtirlmagan va qiyin so'zlar jadvali tuzilib, sinf xonasiga o'quvchilarga ko'rinarli qilib osib qo'yilishi va uni vaqti-vaqti bilan almashtirib turishsa yaxshi natija beradi.
Yozma ish atamasi ikki xil ma‟noda qo‟llanadi:
Yozma ish – ilmiy xarakterdagi yozma ishlar, yozma shaklda ba jariladigan nazorat turlari, topshiriqlar, ko’chirib yozish. Nazoratning bu turi nafaqat filologiya, balki barcha sohalarga ham tegishlidir.
Masalan, fizika, matematikaga oid yozma ishlar.Bu tipdagi yozma ishlar o’quvchilarni ilmiy bilim asoslari bilan qurollantiradi. Ilmiy xarakterdagi yozma ishlar ucun eng asosiy manba maktab darsliklaridir.
Yozma ish – yozma shaklda bajariladigan ijodiy matnlar (insho, ijodiy bayon), tinglab tushunish, xotira kuchini belgilash, tafakkur darajasi va fikrni yozma tarzda bayon etish ko‟nikmasini aniqlashga qaratilgan (bayon), so’zma-so’z tinglash va ayni tarzda yozma nutqda aks ettirish, imlo me’yorlariga amal qilish darajasini bilishga mo’ljallangan (diktant) matnlar.
Diktant qanday oʻtkaziladi
Diktant nomzodning orfografik va punktuatsion savodхonlik darajasini aniqlash uchun Ichki ishlar vazirligi tasdiqlagan qabul komissiyasi tomonidan akademik litsey binosida oʻtkaziladi. Komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan diktant mavzulari va matnlari komissiya kotibida saqlanadi va oshkor qilinmasligi lozim. Diktant oʻtkazish tartibi tushuntirilayotganda nomzodga raqamlangan daftar beriladi.
Diktant matnining hajmi 100–120 ta soʻzdan iborat boʻladi. Matn bir marotaba tushunarli va toʻliq oʻqib eshittiriladi, shundan keyin diktant yozish boshlanadi. Komissiya a’zosi har bir gapni sekin birma-bir oʻqib beradi. Nomzodlar gapni yozib boʻlganidan keyin u yana bir marotaba oʻqib beriladi. Mutaхassislar diktantni shu kunning oʻzida tasdiqlangan mezonlardan kelib chiqib 5 ballik tizimda baholaydilar. Baholar shu kunning oʻzida e’lonlar taхtasiga joylashtiriladi.



Diktantlar maqsadiga ko’ra 2 turli bo’ladi. Ta’limiy Tekshirish Lug’at Saylanma Ko’rsatuv Yoddan yozuv Ta’kidiy Izohli Ijodiy Erkin
Ta’limiy diktant Diktantning bu turi o’rgatilgan mavzularni mustahkamlash maqsadida yozuv darsining ma’lum bir qismida mashq sifatida o’tkazilib unga alohida soat ajratilmaydi. Tekshirish diktanti Diktantning bu turi o’rganilganlarni o’quvchilar qanchalik o’zlashtirganliklarini sinash va teksthirish maqsadida o’tkaziladi.
Bayon Boshlang’ich sinf o’quvchilariga bayon yozdirishdan oldin ishning maqsadi va uyushtirish tartibi belgilab olinadi. Shu bilan berga o’quvchilarning bilimi yosh hususiyatlariga moslab tekst tanlanadi. Og’zaki bayon singari yozma bayonning ham maqsadi o’quvchilarga puxta ta’lim-tarbiya berishdir, shu bilan birga o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish lug’atini boyitishdir. O’quvchilar bayon yozishda o’qilgan tekst mazmunini gapirib berishga tekstdagi asosiy fikrni topa olish, reja tuzish va shu asosida o’z fikrlarini yozma ifodalashga o’rganadilar. Ta’limiy harakterdagi bayonni 1 sinfdan boshlash mumkin 1 sinf o’quvchilar 2 yarim yildan 30-40 so’zli tekst asosida bayon yoza oladilar. O’quvchilarga 1 marta bayon yozdirganda o’qituvchi tekstni doskaga yozib beradi va ana shu tekst bo’yicha savol tuziladi. O’quvchilar shu savollarga doskadagi tekstdan javob topadilar.



Download 26.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling