Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


Epistolyar janr (maktub janri)


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/67
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1720027
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   67
Bog'liq
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

Epistolyar janr (maktub janri) kundalik yozishmalar orqali 
shakllantiriladi. 
Maktublar asar qahramonlariga o‘z ichki olamini ochishga 
imkon beradi. Bundan tashqari, maktublar fikrning asosliligi, 
ma’lumotning to‘g‘riligiga, ishonchli ekanligiga, haqqoniyligiga 
zamin yaratadi. Maktub shakli o‘zbek adabiyotida doston, romanlar va 
qissalarda uchraydi. Epistolyar janrda insho yozishda qahramonlar 
tilidan hikoya qilish maqsadga muvofiq emas, chunki bunday 
yondashuv matnni talqin qilishni murakkablashtiradi. 
Epistolyar janrda insho yozuvchilarga eslatmalar: 
- mavzu shakllantiriladi, qahramonlar, yozishmalar mualliflari 
aniqlanadi;
- maktub muallifi nomidan xabar beriladi, uning fikrlari, 
qarashlari, taassurotlari ifodalanadi;
- insho matni muayyan uslubda bayon etiladi. 
Rivoyat-insho ona tili mashg‘ulotlarida keng qo‘llanadi. 
Inshoning bu turi tasviriy inshodan mazmunan bir-biriga bog‘liq voqea-
hodisalar haqida fikr yuritilishi bilan farq qiladi. Shuning uchun bu 
insho “kichik hikoya”, deb ham yuritiladi. 
Ertak-insho ham ona tili mashg‘ulotlarida keng qo‘llanadigan 
insho turlaridandir. Ertak-insho muallifning xayolot dunyosini 
tasvirlash imkonini beradi. 
Yuqorida keltirilgan adabiy janrlarning xususiyati insho 
belgilarini aks ettirgani bois insho deb nomlangani ko‘rinib turibdi. 


21 
Insho termini semantik jihatdan torayib, faqat ta’lim jarayoni va 
tanlovlarda o‘tkaziladigan yozma ish turini ifoda etadi.
Pedagogik maqsadiga ko‘ra inshoslar shartli ravishda uch 
guruhga ajratiladi: 
1. 
Ta’limiy insholar. 
2. 
Nazoratga qaratilgan insholar. 
3. 
Ko‘rik-tanlov insholari
Insholarning asosiy qismini ta’limiy insholar tashkil etadi. 
Bunday insholar, asosan, o‘qitishga qaratilgan, o‘rgatishni maqsad 
qilgan insholardir. Til hodisalaridan amalda foydalanishga o‘rgatish, 
o‘zbek adabiy tilining boy imkoniyatlaridan nutqda foydalanish kabi 
zarur malakalar, asosan, ta’limiy insholar orqali shakllantiriladi. Bu 
insholarning qoralama va oq nusxalari bo‘lmaydi. Ular, odatda, 
o‘quvchilarning mashq daftarlarida bajariladi. Shuning uchun 
matndagi kamchiliklarni bartaraf etish va uni takomillashtirish 
maqsadida qabul qilingan shartli belgilardan o‘quvchi o‘z inshosida 
bemalol foydalanishi mumkin.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling